7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja


Sutemizuvchilar ichki tuzilishi



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   103
7 - maruza (4)

Sutemizuvchilar ichki tuzilishi
Sut emizuvchilar hayvonot olamining eng yuksak darajada taraqqiy etgan va 
progressiv sinfi hisoblanadi. Ularning asosiy progressiv belgilari quyidagilar:
1. Bosh miyasi juda katta va bunda oliy nerv faoliyatining markaziy, ya’ni 
kulrang miya moddasidan tashkil topgan yarim sharlar po’stlog’i, ayniqsa, yaxshi 
rivojlangan, Hidlov, ko’ruv va eshituv organlari ham kuchli rivojlangan. Tashqi 
quloq va quloq suprasi bor. O’rta quloq bo’shlig’ida 3 ta – uzangi, sandon va 
bolg’acha kabi eshituv suyakchalari joylashgan. 
2. Tishlari guruhlarga, ya’ni kurak, qoziq va oziq tishlariga bo’lingan va 
ustki jag’i bevosita miya qutisiga birikib ketadi. Pastki jag’ esa faqat 1 ta tish 
suyagidan tashkil topadi. 
3. Issiqqonli, yuragi 4 kamerali bo’lib, undan faqat chap aorta yoyi chiqadi 
va qon aralashmaydi. Gavda haroratining doimiy bo’lishligi termoregulyatsiya 
moslamalari borligi tufayli yuzaga keladi. 
4. Ko’pchilik sut emizuvchilar uchun tirik bola tug’ish, embrionning ona 
qornida maxsus organ – yo’ldoshda rivojlanishi, tug’ilgan bolasini sut bilan 
ovqatlantirish kabi xususiyatlar xosdir. 
Sut emizuvchilar gavda shakli nihoyatda xilma-xildir. Besh barmoqli to’rtta 
oyoqlarda baland ko’tarilib turadigan uzunchoq tana hammadan ham xarakterlidir, 
bunday gavdada o’rtacha kattalikdagi bosh, ajralib turuvchi bo’yin va dum mavjud 
bo’lib sudralib yuruvchilardan farq qiladi. Bir tomondan oldingi oyoqlari suzuvchi 
kurakka aylanib, keyingi oyoqlari yo’q bo’lib ketgan kitsimonlar mavjud. 
 
Mavzu bo’yicha boshlang’ich bilimni tekshirish
Kirish testlarini ishlang: 
1. Sut emizuvchilarning gavdasi necha bo’limdan iborat?
A-2, B-3, V-4, G-5. 
2. Qaysi sut emizuvchida ter bezi bo’lmaydi?
A-eshaklarda, B-itlarda, V-
maymunlarda, G-cho’chqalarda. 
3.
Sut emizuvchilarning teri bezlari terining qaysi qavatida joylashadi? 
A-derma 
qavatida, B-malpigi qavatida, V-ter osti yog’ qatlamida, G-barcha qavatida. 
4. Qalqonsimon, uzuksimon va cho’michsimon tog’aylar sut emizuvchilarning 
qaysi organida bo’ladi?
A-xalqumida, B-tarxeyasida, V-bronxida, G-xiqildog’ida. 


105 
5. Sut emizuvchilarda embrion ona organizmi bilan qaysi organ orqali 
bog’lanadi?
A-bachadon, B-tuxum yo’li, V-yo’ldosh, G-amnion. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin