2. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning tayanch o‘quv rejasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarni otaliqqa olish va rivojlantirish uchun biriktiriladigan oliy ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilarga: a) ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarni otaliqqa olgan oliy ta’lim muassasalariga:
ixtisoslik yo‘nalishlaridan kelib chiqib maktablarga oliy ta’lim muassasalarining yuqori malakali professor-o‘qituvchilarini dars mashg‘uloti o‘tishga yo‘naltirish tartibini tegishli kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
maktablarda o‘qituvchilarni yuqori malakali mutaxassislardan iborat tarkibda shakllantirishga ko‘maklashish, xususan, ularda magistrlik darajasiga ega bo‘lgan pedagoglar sonini bosqichma-bosqich oshirib borish choralarini ko‘rish;
ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogik usul va texnologiyalarni joriy qilishning ilmiy asoslarini yanada mustahkamlash choralarini ko‘rish;
yuqori sinf o‘quvchilarini ixtisoslik fani bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida ta’limni davom ettirishga yo‘naltirish;
bolalarning ijodiy qobiliyati va iqtidorini rivojlantirish, shuningdek, ularning maktabdan tashqari vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida zamonaviy usul va uslublarini joriy etish;
b) ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga:
Agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda biriktirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash va ijrosini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi doirasida maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish;
- o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini kamol toptirish maqsadida taniqli davlat va jamoat arboblari, sohaning ijodkor va ilg‘or yoshlari bilan uchrashuvlar tashkil qilish;
- o‘quvchilarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan, ularning zehnini charxlovchi va ilmiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlovchi tadbirlarni tashkil qilish;
- maktablarning kuzatuv kengashlariga ularni otaliqqa olgan tashkilotlarning rahbarlariga raislik qilish vazifalari yuklansin.
Ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quvchi yoshlarga buyuk ajdodlarimiz va adiblarimizning boy ijodiy merosini o‘rgatish, ularga munosib voris etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan kompleks o‘quv-tarbiya jarayonlari yo‘lga qo‘yildi.
Ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini takomillashtirish, yosh iste’dodlarni yanada qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish hamda ularga zamon talablaridan kelib chiqib ta’lim va tarbiya berish tizimini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: