7-mavzu. Xalqaro transport faoliyatlari logistikasi


Evropa Ittifoqining Sharqqa qarab kengayishi oqibatida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarga alohida to‘xtalamiz



Yüklə 233,06 Kb.
səhifə3/8
tarix15.12.2022
ölçüsü233,06 Kb.
#75015
1   2   3   4   5   6   7   8
3 (1)

Evropa Ittifoqining Sharqqa qarab kengayishi oqibatida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarga alohida to‘xtalamiz:

  • Logistikada mintaqalarning qo‘shilishi boshlangan. U yangi mintaqalarga tarqalishda davom etadi, biroq zamonaviy tendensiya saqlanadi – Evropadagi logistik korxonalar narxlar va o‘zlarining tijorat takliflarini yangi mamlakatlarning sharoitlariga moslashtiradi.

  • Savdoda distribyusiya tizimi o‘zgaradi. Evropa logistika tarmog‘i yangi mamlakatlarga ham tarqaladi. Yangi sotish yo‘llari va logistika markazlarini yaratishga qo‘shimcha investitsiyalar yo‘naltiriladi. Hozirgi kunda, masalan, O‘zbekistonda Evropadagi namunalar bo‘yicha logistika parklari yaratilmoqda, ular A klassdagi omborlarning talabini qoplaydi. Bunda yuklarni multimodal tashishlarni tutashtirish asosiy masala bo‘lib qolaveradi.

  • Temir yo‘llardagi o‘zgarishlar. Evropadagi temir yo‘llar tizimni boshqarish va sheriklar bilan kooperativ munosabatlarda etakchilikka intilishi lozim. yangi narx shakllantirish tizimlari hisobiga temir yo‘llarning o‘zgarishlarga reaksiya ko‘rsatish tezligi ortishi lozim.



8-mavzu.XALQARO TRANSPORT FAOLIYATLARI LOGISTIKAS

1.1.LOGISTIKANING MOHIYATI VA MANBALARI,

1.2UNING RIVOJLANISH EVOLYUSIYASI




Logistika tushunchasi uzundan-uzoq tarixga ega, u o‘zining evolyusion ibtidosini Qadimgi Yunoniston va Rim Imperiyasi davrlaridan oladi. “Logistika” atamasi etimologik (tilshunoslik) pozitsiyasidan logos (fikrlash), logismos (hisoblash, fikrlash, rejalashtirish), logo (o‘ylash, fikrlash), logistica (hisoblash san’ati) kabi yunoncha ildizlarga ega.
Aksariyat tadqiqotchilar shunday fikrga kelganlarki, “logistika” so‘zining o‘zi Qadimgi Yunonistondan kelib chiqqan. Qadimgi yunonlar uchun logistika “sanoq san’ati” yoki “hisoblash, fikrlash san’ati” ni bildirgan, xo‘jalik faoliyati, savdo va moliyaviy faoliyatni nazorat qiladigan yuqori davlat arboblari esa logistlar deb atalgan. Arximedning guvohlik berishicha (taxminan eramizdan oldingi 287-212 yillar) Qadimgi Yunonistonda 10 ta logist bo‘lgan [1, 11-bet].
“Logistika” atamasi Rim imperiyasida ham qo‘llanilishga ega bo‘lgan. Bu erda undan oziq-ovqatni taqsimlash qoidalari sifatida foydalanilgan, oziq-ovqatlarni taqsimlash bilan shug‘ullanadigan davlat xizmatchilari esa “logistlar” yoki “logistiklar” deb atalgan.
Zamonaviy tadqiqotchilarning qayd qilishicha, “logistika” atamasidan foydalanish inson faoliyatining asosan uchta sohasiga tegishli bo‘ladi: matematika, harbiy soha va iqtisodiyot.
Matematikada logistika antik davrlardayoq sof “nazariy” matematikaga qarama-qarshilik sifatida hisoblash va geometrik o‘lchashlar san’ati sifatida tushunilgan va matematik logikaning sinonimi bo‘lib hisoblangan. “Logistika” atamasi “matematik logika” ma’nosida Leybnits tomonidan qo‘llanilgan, keyinchalik esa logistikani matematik logika sifatida tushunish 1904 yilda Jenevada bo‘lib o‘tgan faylasuflar kongressida mustahkamlangan.
Logistika bevosita amaliy qiymatni undan harbiy sohada foydalanish (harbiy logistika ko‘rinishida) tufayli qabul qilgan. Vizantiya imperatori Donishmand Lev VI (865–912) davrida logistikaning vazifalari armiyani harbiy anjomlar bilan ta’minlash, uning oziq-ovqatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli qanoatlantirish, har bir harbiy yurishga tayyorgarlik ko‘rishdan iborat deb hisoblangan. Vizantiya imperiyasi armiyasida maxsus lavozim – logist lavozimi bo‘lgan.
Logistika bo‘yicha ilmiy ishlarning birinchi muallifi fransuz generali baron Antuan Anri Jomini (1779–1869) bo‘lgan deb hisoblanadi, u logistikani «qo‘shinlar harakatining amaliy san’ati» sifatida ta’riflagan va 1812 yilda Napoleon armiyasini qurol-yarog‘, o‘q-dori, oziq-ovqat, qo‘nalg‘a bilan ta’minlashni rejalashtirishda bu fanni birinchi bo‘lib amaliyotda qo‘llagan. U logistika faqatgina tashishlarni emas, balki masalalarning anchagina keng doirasi – rejalashtirish, boshqarish va ta’minot, qo‘shinlarning joylashish joyini aniqlash, shuningdek ko‘priklar va yo‘llar qurish va hokazolarni o‘z ichiga olishini ta’kidlagan.
Harbiy logistika va matematik logika logistikaning iqtisodiy rivojlanishi (biznes-logistika) uchun asos bo‘lib hisoblangan. Hozirgi kunda logistika shiddat bilan rivojlanayotgan iqtisodiy fan bo‘lib hisoblanadi, shu munosabat bilan uning tushuncha apparati va terminologiyasi doimo aniqlashtiriladi,to‘ldiriladi va yangi mazmun bilan boyitib boriladi.
Tadqiq qilinayotgan sohada ko‘pgina mutaxassislar logistikaning iqtisodiy jihatiga ustivorlikni beradilar va uni «...unga konkret ehtiyojlar mavjud bo‘lgan zaruriy miqdordagi mahsulotni belgilangan vaqtda va belgilangan joyda eng kam xarajatlar bilan olish maqsadida amalga oshiriladigan faoliyat turlari jamlanmasi» sifatida ta’riflaydilar [2, 13-bet]. Shu bilan birgalikda logistikani keng ma’noda talqin qilish tarafdorlari bugungi kunda u o‘zining tor ta’riflanishi chegaralaridan tashqariga chiqqanligi va tashkilotda strategik boshqarish va rejalashtirishda katta ahamiyat kasb etishini e’tirof etadilar.
Masalan, B.A. Anikin logistikani ularning boshlang‘ich manbasidan oxirgi iste’molchigacha moddiy oqimlar va axborot oqimlarining harakatini makon va zamonda (kenglik va vaqtda) rejalashtirish, tashkil qilish, boshqarish va nazorat qilish to‘g‘risidagi fan sifatida ta’riflaydi.
S.A. Uvarov, L.B. Mirotin va V.I. Sergeev logistikani ma’lum bir mikro-, mezo- yoki makroiqtisodiy tizimning oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun moddiy oqimlar, xizmatlar oqimlari va ular bilan bog‘lanadigan axborot va moliya oqimlarini boshqarish va optimallashtirish to‘g‘risidagi fan sifatida ta’riflaydilar.
Terminologik lug‘atda quyidagi ta’rif keltiriladi: logistika – bu xomashyo va materiallarni ishlab chiqarish korxonasiga yetkazib berish, xomashyo, materiallar va yarim fabrikatlarga korxonaning ichida ishlov berish, tayyor mahsulotni iste’molchilarning manfaatlari va talablariga muvofiq ularga yetkazib berish, tashish, omborlarga joylashtirish, shuningdek tegishli axborotni uzatish, saqlash va ishlov berish jarayonida amalga oshiriladigan moddiy va moddiy bo‘lmagan operatsiyalarni rejalashtirish, nazorat qilish, boshqarish to‘g‘risidagi fandir.
Iqtisodiyotda logistikaning yangi ilmiy yo‘nalish sifatida rivojlanishida tadqiqotchilar bir nechta bosqichlarni ajratadilar. Zamonaviy logistikaning evolyusiyasi va uning bosqichlari logistik zanjirni tarkib toptiruvchilarning integratsiya darajasi, shuningdek boshqariladigan oqimlarning turlari bilan farqlanadi, bu 3.1 jadvalda aks ettirilgan.
3.1-jadval.
Logistika evolyusiyasining bosqichlari va ularning xarakterli chizgilari [1, 17-bet].

Bosqichning vaqt tavsifi va uning nomi

Logistikaning bosqichda amalga oshiriladigan funksiyalari

Oqimlarning turlari

Boshqarish konsepsiyasi

1920-1950 yillar (fragmentlash (bo‘laklarga ajratish))

Moddiy-texnik ta’minot;materiallarni xarid qilish bosqichida o‘rash va omborlarga joylashtirish ishlarini tashkil qilish; tashish

Moddiy

Moddiy-texnik ta’minotni boshqarish; materiallar menejmenti

1950-1970 yillar (oyoqqa turish)

Moddiy-texnik ta’minot;materiallarni xarid qilish bosqichida o‘rash va omborlarga joylashtirish ishlarini tashkil qilish; taqsimotni boshqarish (sotishni rejalashtirish, sotiladigan zahiralarni boshqarish, buyurtmalarga ishlov berish); tashish; marketing

Moddiy

Material menejmenti, jismoniy tavsimlash

1970-1990 yillar (rivojlanish)

Moddiy-texnik ta’minot; taqsimotni boshqarish; tashish; ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish; o‘rash va omborlarga joylashtirish ishlarini tashkil qilish; marketing; sifatni boshqarish

Moddiy, axborot

Logistika

1990 yillardan hozirgi kungacha (integratsiyalanish)

Moddiy oqimni boshdan-oyoq boshqarish; axborot oqimlarini boshqarish; moliyaviy oqimlarni boshqarish; majmuaviy logistik servis

Moddiy, axborot, moliyaviy, servis

Logistika; yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarish

Zamonaviy rivojlanish bosqichida (1990 yillardan boshlab) logistika nazariyasi va uni mikro- va makrologistik tizimlarda qo‘llash amliyotini chuqur tadqiq qilish o‘z o‘rniga ega. Bu bosqich yangi logistik konsepsiya SCM (supply chain management) – yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishning paydo bo‘lishi va faol tarzda foydalanilishi, shuningdek logistik xizmatlar bozorining transformatsiyasi, iqtisodiyotda tarmoq ishlab chiqarish-tijorat va savdo tuzilmalarining shakllanishi va shiddat bilan rivojlanishi, yangi tipdagi logistik vositachilar - 3PL-, 4PL- va 5PL-provayderlarning vujudga kelishi bilan tavsiflanadi [3, 12-bet]. Zamonaviy logistikaning o‘ziga xos xususiyati iqtisodiy kelishuvlar va mijozlarga qaratilishga asoslangan faoliyat bo‘lib hisoblanadi. 3.1 rasmda [4, 32-bet] logistika resurslarining shakllanish jarayoni keltirilgan.


Yüklə 233,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin