3.2-rasm. Globallashishning harakatlantiruvchi kuchlari. jahon iqtisodiyotining o‘sishda davom etishi;
eng yangi texnologiyalarning ekspansiyasi;
makromintaqaviy xo‘jalik tuzilmalarining rivojlanishi va integratsiyalanishi;
global logistika zanjirlarini (kanallarini) shakllantirish uchun yangi imkoniyatlar;
moddiy oqimlarning harakatini tezlashtirish va arzonlashtirish uchun ko‘plab mamlakatlar tomonidan o‘tkaziladigan tartibga solish protseduralari.
Hozirgi kunda iqtisodiy o‘sish faqatgina sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun emas, uchinchi dunyoning ko‘pgina mamlakatlari uchun ham xarakterlidir. Eng yangi texnologik yutuqlar, samarali ilmiy ishlanmalarning natijalari, kashfiyotlar bilan almashinish turli mamlakatlarning iqtisodiy darajalarini yaqinlashtirishga, ularning ijtimoiy va xo‘jalik integratsiyasiga ko‘maklashadi.
Evropa Ittifoqi, Janubi-Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerika mamlakatlarida mintaqaviy makrologistik tuzilmalar va tizimlarni muvaffaqiyatli shakllantirishga misollar ma’lum. Ularning tajribasi mamlakatlarning mintaqaviy integratsiyalanishga bo‘lgan intilishini ko‘rgazmali tarzda tasdiqlaydi. Bunga siyosiy tizimlar, aholining hayot kechirish ukladlari, an’analarning o‘xshashligi, tarixiy ildizlarning yaqinligi, energiya va xomashyo resurslarining yagona manbalaridan foydalanish amaliyoti, kommunikatsiyalarning tutashganligi, savdo va bojxona to‘siqlarining bo‘lmasligi ko‘maklashadi. Shu bilan birgalikda o‘sishning yangi rezervlarini qidirish va raqobatning kuchayishi ko‘pgina kompaniyalar va firmalarning o‘zlarining mamlakatining chegaralaridan tashqarida yangi sotish bozorlari, arzonroq xomashyo manbalari va mehnat resurslarini qidirishga bo‘lgan intilishini dunyoga keltiradi.
Xalqaro mehnat taqsimoti va kooperatsiya biznesda global logistika zanjirlari va kanallaridan foydalanadigan ko‘p sonli transmilliy korporatsiyalarning yaratilishiga olib kelgan. Ularning rivojlanish istiqbollari avvalambor qo‘yilgan kapitalning foyda keltiruvchanligining ortishi, boshqa mamlakatlardagi logistik vositachilarning pastroq tariflari, yaxshiroq moliyaviy shartlari bilan bog‘lanadi. Logistik kanallarning yaratilishiga global telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanadigan yirik xalqaro transport-ekspeditorlik firmalari va sug‘urta kompaniyalari ko‘maklashadi.
Va nihoyat, global logistikani amalga oshirish uchun xalqaro savdo-sotiq, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadida savdo, bojxona, transport va moliyaviy to‘siqlarni bartaraf qilish uchun ko‘pgina mamlakatlar tomonidan o‘tkaziladigan tartibga solish protsduralari katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu protseduralar kapital, tovarlar va axborotning milliy chegaralarni kesib o‘tishini osonlashtiradi [12, 325-bet].
Hozirgi kunda xalqaro logistikada tovarlarni global bozorlarga qarab harakatlantirishning to‘rtta konseptual omilidan foydalaniladi, ularga quyidagilar kiradi: pozitsiya egallash, integratsiyalanish, qayishqoqlik, o‘lchanuvchanlik [13, 7-bet].
Pozitsiya egallash konsepsiyasi o‘zida firmaning global logistik strategiyasini qurishni taqdim qiladi. U kompaniyaning raqobatchilardan ajralib turuvchi o‘ziga xos xususiyatlarini, yetkazib beruvchilar va buyurtmachilar bilan bo‘lgan munosabatlarni, axborot oqimlari va jismoniy taqsimlash operatsiyalarini belgilaydi.
Integratsiyalashga zaruriy axborotdan global logistika zanjirlari va kanallaridagi barcha sheriklar birgalikda foydalanishi uchun zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish bilan erishiladi. U sheriklar o‘rtasida yuqori o‘zaro aloqalar darajasini, ularning standartlashtirilgan formatlarda ma’lumotlar bilan almashinishini ko‘zda tutadi.
Qayishqoqlik – uchinchi asosiy omil bo‘lib hisoblanadi: iste’molchilarning spetsifik talablariga muvofiq ishlab chiqarishga ham, taqsimlashga ham mos keluvchi o‘zgarishlarni kiritish bilan iste’molchilarning talablariga tezkor reaksiya ko‘rsata oladigan firma har doim raqobatchilarga qaraganda muvaffaqiyatliroq faoliyat ko‘rsatadi.
O‘lchanuvchanlik kompaniyaning logistik menejment yutuqlarining darajasini va kelgusida jahon bozorida uning faoliyatining yanada yaxshilanish imkoniyatlarini tavsiflaydi.
Globallashish davomida yangi global logistik strategiyalar dinamik rivojlanishga ega bo‘lgan. Xalqaro logistikaning potensiali firmaning strategik maqsadlariga erishishga va o‘zining tovarlarining raqobat ustivorliklarini yaratishga yo‘naltirilishi lozim, uning asosiy omillari quyidagilar bo‘lib hisoblanadi:
– mahsulotlar va xizmatlarning sifatida etakchilik qilish;
– xarajatlarda etakchilik qilish;
– differensiatsiya;
– strategik fokuslanish.
Differensiatsiya birinchi ikkita omilni to‘ldiradi va o‘zida global kompaniyaning o‘zining global sotish bozorida potensial xaridorlarning ehtiyojlarini ko‘proq to‘liq darajada qanoatlantiradigan tovarlar va xizmatlarni pozitsiyalashini taqdim qiladi. Strategik fokuslanish kompaniyaning kuchlarni ma’lum bir yo‘nalishlarga fokuslash hisobiga jahon bozorining bitta yoki bir nechta segmentida raqobat ustunligini qo‘lga kiritishga intilishini ifodalaydi [10, 292-bet].
Bundan tashqari, jahon bozorlarida muvaffaqiyatli raqobat qilish uchun global kompaniya doimo mahsulotning sifatini oshirish, xarajatlarni kamaytirish, xaridorlarning ehtiyojlarini qanoatlantirishga yo‘naltirilgan yangi texnologiyalar va innovatsion g‘oyalarni joriy qilishlari lozim bo‘ladi.
Shuni qayd qilish lozimki, keyingi yillarda global logistikaning rivojlanishining ba’zi bir old yo‘llanmalari vujudga kelgan, ulardan asosiylariga quyidagi faktlarni kiritish mumkin:
– bozor mexanizmlarini yangicha tushunish va global logistikani transmilliy kompaniyalar va boshqa biznes tashkilotlarining raqobat qilish imkoniyatlarida strategik element sifatida tushunish tarkib topgan;
– xalqaro logistik sheriklarning integratsiyalanishi, yangi tashkiliy munosabatlarni qurishning etarlicha ko‘p istiqbollari mavjud;
– texnologik imkoniyatlar, xususan qayishqoq ishlab chiqarish, axborot-kompyuter texnologiyalari, shuningdek telekommunikatsiya tizimlaridagi texnologik imkoniyatlar tubdan o‘zgargan va xalqaro integratsiya uchun yangi ufqlarni ochgan.