7-mavzu. Xalqaro transport faoliyatlari logistikasi



Yüklə 233,06 Kb.
səhifə4/8
tarix15.12.2022
ölçüsü233,06 Kb.
#75015
1   2   3   4   5   6   7   8
3 (1)

Shartli belgilar
I-resurslarning turlari (lt ning zvenolari bo‘yicha)
II-logistik tizim resurslarining kenglik (makon) tarkib toptiruvchisi
1-asosiy mablag‘lar
2-aylanma mablag‘lar
3-investitsiyalar
4-tasniflar
5-bilimlar
6-faollik
7-qurilish aktivlari
8-o‘zining texnologiyalari
9-mavqe aktivlari, “gudvill”
3.1-rasm. Logistik tizim resurslarining shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlari.
Logistikaning resurslarigi moddiy ishlab chiqarish vositalari, jumladan, tashish, omborlarga joylashtirish, o‘rash, yukka qayta ishlov berish vositalari, axborot vositalari, moddiy bo‘lmagan resurslar va odam resurslari (xodimlar) kiradi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi va aylanmaga yangi resurslarning jalb qilinishi, yangi mahsulotlar va tarmoqlarning paydo bo‘lishi bilan ularning o‘rtasidagi differensiatsiya ham chuqurlashgan (resurslar nuqtai-nazaridan). Resurslarning bir qiymatliligi, biroq ularga erishishning bir xil emasligi almashinish zaruratiga olib keladi, shu sababli ishlab chiqarish omillariga erishishdagi farqlar – almashinishning asosi va shartlari bo‘lib hisoblanadi. Transport vositalari va logistik texnologiyalarning rivojlanishi dunyoni yaxlit kenglikka aylantirgan, biroq jahon bozorining rivojlanish sharti bo‘lib faqatgina transport sohasidagi rivojlanish emas, balki aloqa sohasidagi rivojlanish ham xizmat qilgan. Jahon bozorining har bir ishlab chiqaruvchi uchun erishiluvchanligi keyingi mehnat taqsimoti va resurslarning differensiatsiyasiga ko‘maklashgan.

3.4. Xalqaro logistikaning spetsifikasi, uning predmeti va uslubiyati


Xalqaro logistikaningg fanlararo bilimlarning spetsifik sohasi sifatidagi mohiyati to‘g‘risida gapirganda, «logistika», «yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarish (SCM)» va «xalqaro logistika» atamalirining talqin qilinishidagi amaldagi farqlarga e’tibor qaratish muhim bo‘ladi. Ularning qiymatlari to‘g‘risidagi kelishmovchiliklar adabiyotlarda hozirgi kungacha ham uchraydi, xususan, ko‘pgina mutaxassislar SCM atamasini hozirgacha ham «logistika» atamasining sinonimi yoki uning o‘rnini bosuvchi atama sifatida qo‘llaydi, bu unchalik ham to‘g‘ri emas.
Shu bilan birgalikda bu terminologik muammoni hal qilishga bo‘lgan ilmiy yondashuv 1998 yilda Krenfild logistika va transport instituti (Buyuk Britaniya) tomonidan taklif qilingan. Unda logistika bilan yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarish o‘rtasidagi asosiy farq zanjir turli firmalarni birlashtirishida emas, balki logistika butun yetkazib berishlar zanjirini strategik boshqarish sifatida mahsulotlarning turli assortiment ro‘yxatlari, buyurtma berish, ishlab chiqarish, taqsimlash jarayonlarini qamrab olishidan iborat ekanligi ta’kidlanadi. Bunda yetkazib berishlar zanjiri (supply chain) tovarlarning xomashyo va materiallar bosqichidan tayyor mahsulotni oxirgi iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan ko‘chishi va qayta shakllanishi bilan bog‘lanadigan, shuningdek bularning barchasi bilan bog‘lanadigan axborot oqimlari bilan bog‘lanadigan barcha tashkilotlar va faoliyat turlarini birlashtiradi.
«Logistika»va «xalqaro logistika» atamalari o‘rtasidagi asosiy farqqa keladigan bo‘lsak, P.B. Sheri va T.S. Larsonning fikriga ko‘ra, keyingisi xalqaro yetkazib berishlar zanjirining barcha punktlaridagi qarorlar jamlanmasi bo‘lib hisoblanadi. Bu jamlanma faoliyatni global ko‘lamlarda amalga oshirishning asosini yaratadi [5, 9-bet].
Umuman olganda xalqaro logistika alohida davlatlar o‘rtasida tovar va axborot oqimlarini rejalashtirish, amalga oshirish va nazorat qilish jarayoni bo‘lib hisoblanadi. Unga shuningdek xalqaro darajada moddiy oqimlarni – ya’ni quyidagi turlardagi oqimlarni boshqarish sifatida qaraladi:
– tashqaridan keladigan oqimlar – yetkazib beruvchilar va yondosh korxonalardan (sheriklardan) keladigan oqimlar;
– korxonaning ichki bo‘linmalari o‘rtasidagi oqimlar (xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, ehtiyot qismlarning harakati ko‘rinishida);
– iste’molchilarga yo‘naltirilgan tayyor mahsulot, tovarlar va xizmatlar oqimlari.
Zamonaviy terminologik lug‘at-spravochnikda «xalqaro logistika (xalqaro biznesdagi logistika)» tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: bu vujudga kelish nuqtasidan boshlab oxirgi iste’molchigacha makon va zamonda milliy chegaralarni kesib o‘tadigan oqimlarning (moddiy, moliyaviy, axborot va boshqalar) harakatini rejalashtirish, tashkil qilish, nazorat qilish va boshqarishdir [6, 146-bet].
Xalqaro logistikaning asosiy o‘ziga xos xususiyati tovarni ishlab chiqaruvchi va uni iste’mol qiluvchi turli mamlakatlarda joylashishi va shundan kelib chiqqan holda, tovarni iste’molchiga yetkazib berish jarayoni davlat chegaralari va bojxona chegaralarini kesib o‘tishni o‘z ichiga olishi bo‘lib hisoblanadi.
Xalqaro logistikaning o‘rganish ob’ekti unda zvenolar sifatida turli mamlakatlardagi korxonalar chiqadigan xalqaro yetkazib berishlar zanjiri bo‘lib hisoblanadi. Xalqaro logistikaning predmetini xalqaro yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarish tashkil qiladi.
Xalqaro logistikaning asosiy maqsadlari turli-tuman tovarlarni bir davlatdan boshqasiga tashish, shuningdek tovarlarni ishlab chiqaruvchidan oxirgi iste’molchiga yetkazib berishda vaqt sarfini ham, moliyaviy xarajatlarni ham optimallashtirish bo‘lib hisoblanadi [7, 173-bet].
Xalqaro logistika jarayonining asosiy ishtirokchilari quyidagilar bo‘lib hisoblanadi:
eksportyorning yetkazib beruvchisi, tovarlar va xizmatlarni eksport qiluvchi, vositachilik kompaniyasi (masalan, tovarlarni tashuvchi), tovarlar va xizmatlarning importyori;
tovarlar va xizmatlarning oxirgi iste’molchisi.
Xalqaro logistikaning asosiy maqsadlariga erishish uchun logistika kompaniyalari har kuni ko‘plab vazifalarni hal qilishiga to‘g‘ri keladi. Xalqaro biznesda logistikaning oldiga qo‘yiladigan vazifalarning asosiylarini ajratamiz:
– xarid qilinadigan, ishlab chiqariladigan va yetkazib beriladigan tovarlar va xizmatlarga narxlarni shakllantirish jarayonini optimallashtirish;
– xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlarning optimal miqdorini tanlash;
– mahsulot va xizmatlar sifatining optimal darajasini ta’minlash;
– konkret ichki va tashqi bozorda berilgan tovar yoki xizmatga bo‘lgan ehtiyoj darajasini aniqlash;
– oraliq omborlarga joylashtirish bilan yoki joylashtirmasdan yetkazib berish variantini tanlash;
– logistik servisning optimal darajasini aniqlash;
– tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning ko‘proq takomillashgan texnologiyalarini tanlash;
– kompaniyaning xorijdagi filiallarining ishini tashkil qilish;
– xalqaro raqobat muhitini tashkil qilish va raqobat ustunligini qo‘lga kiritish [8, 307-bet].
Xalqaro logistikani uchta aspektda ko‘rib chiqish mumkin: funksional, tuzilmaviy va jarayonli [2, 183-bet].
Xalqaro logistika funksional aspektda jo‘natish punktlari va iste’molchilar o‘rtasida kechadigan tovarlarni tashish va hamrohlik qiluvchi axborotning barcha funksiyalari va jarayonlarini qamrab oladi. Bu quyidagi funksiyalarda namoyon bo‘ladi: tovarlarni omborlarga joylashtirish, tashish, o‘rash, tamg‘alash, ishlov berish, uzatish va boshqalar. Bu nuqtai-nazardan xalqaro logistika xalqaro korxonaning logistik vazifalari va jarayonlarini tasvirlaydi.

Yüklə 233,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin