7-mavzu. Xalqaro transport faoliyatlari logistikasi



Yüklə 233,06 Kb.
səhifə5/8
tarix15.12.2022
ölçüsü233,06 Kb.
#75015
1   2   3   4   5   6   7   8
3 (1)

Tuzilmaviy aspektda xalqaro logistika – bu logistik jarayonlarni amalga oshirish uchun yaratilgan texnik va tashkiliy bo‘linmalar jamlanmasidir.
Jarayon nuqtai-nazaridan xalqaro logistika jahon iqtisodiyotining faoliyat ko‘rsatishining yangicha shart-sharoitlari bilan (ayniqsa, bozor iqtisodiyotida vujudga kelgan yangi tuzilmalar tomonidan) chaqirilgan barcha mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar bilan shug‘ullanadi.
Barcha logistik harakatlarni bir nechta kriteriylar bo‘yicha tasniflash mumkin, xususan:
– tadbirlarning ko‘lami;
– mahsulotlar va xizmatlarning turli-tumanligi;
– logistik xizmatlarni amalga oshirish maqsadida engib o‘tish zarur bo‘ladigan to‘siqlarning ko‘pligi;
– xazmatlar amalga oshiriladigan geografik hududlar.
Ushbu kriteriylrning qo‘llanilishi milliy logistikani xalqaro logistikadan ajratib turadi. Keltirilgan ta’riflarni, shuningdek logistik harakatlarning kriteriylarini taqqoslash bilan xalqaro logistikani bittadan oshiq mamlakatdagi sub’ektlarga xizmat ko‘rsatishni qamrab oladigan logistika sifatida ta’riflash mumkin. Bunday tushunishda xalqaro logistika milliy logistikadan quyidagi chizgilar bilan ajralib turadi:
– tadbirlar ko‘lamining kattaligi, masalan, tashiladigan va omborlarga joylashtiriladigan tovarlar massasining ulkanligi;
– xalqaro logistika xizmatlarining predmeti bo‘lib hisoblanadigan tovarlar va xizmatlarning o‘ta xilma-xilligi;
– ko‘p sonli to‘siqlarni engib o‘tish zarurligi, masalan, geografik, ma’muriy, madaniy, huquqiy va boshqa to‘siqlar;
– xizmatlarni uzoq masofadan turib boshqarish va iste’molchilarning ko‘plab tarmoqlariga takroran xizmat ko‘rsatish;
– hujjat ishlarining murakkabligi.
Xalqaro logistika tavsiflarining keltirilgan ro‘yxati uning faoliyat ko‘rsatish sferasi bilan chambarchas bog‘lanadigan barcha o‘ziga xos xususiyatlarini qamrab olmaydi. Xalqaro logistika o‘zining xalqaro tovar oqimini tavsiflaydigan spetsifik chizgilariga ega. Bundan tashqari, xalqaro logistikaning o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi eng muhim elementlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin [2, 184-bet]:
– murakkab logistik jarayonda ishtirok etadigan faol sub’ektlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan davlatlarning hukumatlari bilan hamkorlik qilish;
– kombinatsiyalangan tashishlardan foydalanish bilan zahiralarni «yo‘lda» samarali boshqarish;
– marketing kanallarini logistik tizimlar bilan integratsiyalash.
Xalqaro logistika doirasida ko‘rib chiqiladigan xalqaro yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarish sof qiymatni yaratish, raqobat infratuzilmasini qurish, xalqaro logistikaning dastaklaridan foydalanish, yetkazib berishlar va talabni sinxronlashtirish, xalqaro yetkazib berishlar zanjirining faoliyatini baholash maqsadida xalqaro yetkazib berishlar zanjiridagi faoliyatni loyihalash, rejalashtirish, amalga oshirish, nazorat qilish va monitoringlashni o‘z ichiga oladi.
Xalqaro logistikaning uslubiyatiga keladigan bo‘lsak, ushbu soha, xuddi logistikaning o‘zi kabi logistik tizimlarni tahlil qilish, sintezlash va optimallashtirishning umumiy ilmiy uslublariga tayanadi va oqimli jarayonlarni boshqarish tamoyillari, uslubiyatlari, uslublari tizimini, ularning faoliyat ko‘rsatishi va optimallashtirishning samaradorligini baholashni, shuningdek ularni modellashtirishni o‘z ichiga oladi.
Xalqaro biznesda logistik vazifalarni hal qilish uslublarini ikkita kategoriyaga (toifaga) ajratish mumkin: umumiy va spetsifik. Umumiy uslublarga quyidagilar kiradi: iqtisodiy-matematik (modellashtirish, tizimli tahlil qilish, operatsiyalarni tadqiq qilish nazariyasi, o‘yinlar nazariyasi, navbatlar nazariyasi va boshqalar) uslublar va ekspert uslublari. Spetsifik uslublar: AVS/XYZ-tahlil, trade-off tahlil.
Bundan tashqari, xalqaro logistikaning vazifalarini hal qilish va xalqaro yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishda quyidagi uslublardan foydalaniladi:

  • benchmarking, biznes-jarayonlarni reinjiniringlash uslubi va “qiymat yaratish zanjirlari” uslubi - xalqaro yetkazib berishlar zanjirini shakllantirish maqsadida biznes-jarayonlarni tahlil qilish uchun;

– muvozanatlangan ko‘rsatkichlar tizimi uslubi (balanced scorecards – BSC) – xalqaro logistikada global va mahalliy qarorlar qabul qilish uchun;
– «yetkazib berish elkasi» va «og‘irlik markazi» uslublari – taqsimlash markazini joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun vazifalar kiradi. [5, 10-bet].

Yüklə 233,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin