7-mavzu. Xalqaro transport faoliyatlari logistikasi


XALQARO LOGISTIKADAGI TENDENSIYALAR



Yüklə 233,06 Kb.
səhifə2/8
tarix15.12.2022
ölçüsü233,06 Kb.
#75015
1   2   3   4   5   6   7   8
3 (1)

1.2. XALQARO LOGISTIKADAGI TENDENSIYALAR


Keyingi yillarda butun dunyoda logistika tadbirkorlik strategiyasining ajralmas bo‘lagiga aylanmoqda. Turli korxonalarda logistikadan turlicha foydalaniladi va bu innovatsion imkoniyatlar va ustivorliklarga bog‘liq bo‘ladi. Qiymat yaratish zanjiriga yuklarni tashish, yuklash-tushirish va omborlarga joylashtirish jarayonlari bilan bir qatorda, ayniqsa agar korxona xalqaro bozorga yo‘naltirilgan bo‘lsa – ularga etarlicha baho bermaslik mumkin bo‘lmagan boshqa faoliyat turlari ham kiradi. Xalqaro logistika rivojlanishining asosiy tendensiyalari qaysilar ekanligini ko‘rib chiqamiz.
Iqtisodiyotning globallashuvi korxonalar o‘rtasida bozorda joy egallash uchun kuchli raqobatni yuzaga keltirgan, xalqaro savdo esa yangi va tezkor o‘zgarishlarni boshdan kechirishda davom etmoqda. Korxonalarning birlashishi va axborot-kommunikatsiya tizimlarining shiddat bilan rivojlanishi bu jarayonlarni faqatgina kuchaytiradi. Rivojlanish tendensiyasini hisoblash imkoniyati kamayadi. Bularning barchasi rejalashtirish muddatlarining qisqarishiga olib keladi va tezda qaror qabul qilish va javob reaksiyasi ko‘rsatishni talab qiladi. Iqtisodiyotda turli distribyusiya tizimlarini hisobga olish bilan mehnatni taqsimlash baribir yana o‘sha kommunikatsiyalarga (masalan, mintaqaviy tarmoqlar, kooperatsiya munosabatlari va hokazolar) va logistikaga olib keladi. Shu sababli logistika qaerga olib borishini tushunib olish juda muhim bo‘ladi.
Hech kimga sir emaski, yaxshi faoliyat ko‘rsatuvchi logistikasiz iqtisodiyotni globallashtirib bo‘lmaydi. Mijoz bir nechta transport va logistika korxonalari bilan ishlashni hohlamaydi va shu sababli u faoliyatning har xil turlarida bitta korxonada, yoki “yagona” darcha” orqali ishini bitkazish yo‘llarini qidiradi. Avtomobil sanoatida bu quyidagicha amalga oshiriladi: ishlab chiqaruvchi konstruksiyani ishlab chiqish, yig‘ish va sotishga konsentratsiyalanadi. Bu sohada oxirgi mahsulotni ishlab chiqarishda ishtirok etishning ulushi 20% gacha tushib ketgan. Detallar va butlovchilar butun dunyodan sotib olinadi, logistik korxona ular bilan turli ishlab chiqarishlarni ta’minlaydi va savdo tarmog‘ida tovarni taqsimlaydi (yetkazib berishlar zanjirini boshqarish).
Xalqaro ekspeditorlik korxonalari endilikda logistik xizmatlarni taqdim qiladi va xalqaro tarmoqlarga ega bo‘ladi, biroq mos keluvchi nou-xauning yo‘qligi sababli yetkazib berishlar zanjiri bo‘yicha qarorlarni taklif qila olmaydi. Asosiy logistik tendensiyalarni quyidagicha tavsiflash mumkin.

  1. Ishlab chiqarish tizimining o‘zgarishi: ombor uchun ishlab chiqarishdan buyurtma bo‘yicha ishlab chiqarishga o‘tish. Butun dunyo bo‘yicha ishlaydigan ishlab chiqarish korxonalarining menejerlari uchun asosiy vazifa mahsulotni mijozlarning individual talablariga muvofiq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘lib hisoblanadi.

  2. Tovarlar distribyusiyasining o‘zgarishi. Bu darajada sotuvchilarning an’anaviy tuzilmalarini logistik korxona orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish bilan muvofiqlashtirish sodir bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchida logistik menejmentning bo‘lishi talab qilinadi. Bunda yetkazib berish muddatlariga rioya qilish bu muddatlarni qisqartirishga qaraganda yuqoriroq baholanadi.

  3. Savdo va yetkazib beruvchilarning qo‘shilishi va birlashishi. Logistika xarid qilishlar, ta’minot, tovarlarning kirib kelishi, distribyusiya yoki elektron logistika sohasida potensial sinergetik effektning amalga oshishida muhim rol o‘ynaydi.

  4. Miqdoriy tendensiyalar, aynan esa: ta’minotda yetkazib beruvchilar sonining kamayishi bilan tavsiflanadi.. Xalqaro korxonalarning to‘rtdan uch qismi yaqin besh yil ichida o‘zining yetkazib beruvchilarining sonini qisqartirishni mo‘ljallamoqda, sotishda esa, xuddi oldingiday, yetkazib berish muddatlarini qisqartirish dolzarbligicha qolaveradi.

  5. Elektron biznesning logistikaga ta’siri. V2S konsepsiyasi doirasidagi biznes-jarayonlar ko‘proq shiddatli yetkazib berishlarni avtomatlashtirishni ko‘zda tutadi, chunki mijozlarning yetkazib berish muddatlarini qisqartirish bo‘yicha kutilmalari buyurtmalarni amalga oshirishning odatdagi uslublariga qaraganda yuqoriroq. Ko‘proq xarajatli berish logistikasining paydo bo‘lishi va sotishdan keyingi xizmatlarni amalga oshiradi. Korxonaning ichida jarayonlarni elektron savdo maydonchalarini kengaytirish hisobiga modifikatsiyalash. Yangi ishtirokchilarni yetkazib berishlar zanjiriga integratsiyalash “shaffof quvur tarmog‘i” ning yaratilishiga olib keladi.

  6. Xalqaro bozorda logistikaning rolining o‘zgarishi. Uchinchi darajadagi Evropalik provayderlar (3PL) bozorda ishtirok etish va jarayonlarni amalga oshirish imkoniyatlari nuqtai-nazaridan etakchi bo‘lib hisoblanadi. Rus logistlari esa, xuddi qoidada ko‘rsatilganday, o‘zining mamlakatida ishlaydi, Amerikalik logistlar esa o‘zlarining harakatlarini Shimoliy Amerika qit’asida konsentratsiyalaydi. O‘tgan yillar davomida Amerika va Evropa bozorida Evropalik logistik provayderlarning o‘sish sur’atlari yiliga 10% ni tashkil qilgan. Kelajakda V2S ning rivojlanishini hisobga olish bilan bu ko‘rsatkich yanada oshadi.

  7. Logistika bozorining to‘rtinchi darajadagi provayderlar (4PL) tomonidan egallanishi. Bu yetkazib berishlar zanjirining menejeri bo‘lib, o‘zining texnologiyalari, resurslari va quvvatlarini, shuningdek o‘zining mijoziga yetkazib berishlar zanjiri bo‘yicha echimlarning to‘liq jamlanmasini taklif qilish uchun ular bilan kooperatsiya munosabatlarini o‘rnatgan boshqa logistik korxonalarni ham boshqaradi. Shunday qilib, to‘rtinchi darajadagi logistik provayder tarmoq integratori sifatida yetkazib berishlar zanjiridagi barcha tashkiliy va axborot jarayonlarini boshqaradi yoki butun tarmoqning unumdorligini oshirish maqsadida alohida jarayonlar uchun BestPractice uslubini qo‘llash asosida autsorsingdan foydalanishi mumkin bo‘ladi. To‘rtinchi darajaning provayderlari o‘zining qiymatini yaratishda yetkazib berishlar zanjirining ba’zi zvenolarini o‘ziga oladi va boshqa logistik korxonalarni jalb qilish bilan butun biznesni boshqarishni amalga oshiradi. Ular majmuaviy tarmoqlar yoki tarmoqning ichidagi alohida jarayonlarni boshqarish uchun yagona echimlarni ishlab chiqadi.


Yüklə 233,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin