7-mavzu. XALQARO TRANSPORT FAOLIYATLARI LOGISTIKASI
1.1.O‘zbekistondagi tashkilotlarning jahon logistika tarmog‘iga integratsiyalanishi
1.2.Xalqaro logistikadagi tendensiyalar
Kalit so‘zlar: jahon logistika tarmog‘I, ,integratsiy, globallashuv, ustivor yo‘nalishlar, transport yo‘lagi, tranzit transport xizmatlar, tabiiy ko‘prik, tashqi savdo, tadbirkorlik strategiyasi, axborot-kommunikatsiya tizimlari, yetkazib berishlar zanji, kooperativ
1.1. O‘ZBEKISTONDAGI TASHKILOTLARNING JAHON LOGISTIKA TARMOG‘IGA INTEGRATSIYALANISHI
Hozirgi zamon sharoitlarida O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biri uning savdo va transport majmualarini jahon logistika kengligiga tezlashtirilgan integratsiyalash, tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining erkin ko‘chishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘lib hisoblanadi. Bu vazifalarni hal qilishga («O‘zbekiston yo‘llari», «O‘zbekistonning ichki yo‘llari») Prezident dasturlari, «2010-2018 yillarda O‘zbekistonda tovar bozorlarining infratuzilmasini rivojlantirish, O‘zbekistonda transport siyosati konsepsiyasi, maqsadli dasturlar, O‘zbekistonning MDH mamlakatlari bilan transport va energetika sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha bir qator kelishuvlar amalga ochirich rejalachtirilgan.
O‘zbekistonning transport yo‘laklariga qo‘shimcha ravishda yangi transport yo‘lagining loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu loyiha ustida ishlashga O‘zbekiston va MDX davlatlari mutaxassislari jalb qilingan. Ekspertlarning fikriga ko‘ra, O‘zbekistondagi transport sxemalarida O‘zbekiston –suvli daryolarga ega bo’lmagan mamlakat ekanligi amalda hisobga olingan, xuddi o‘sha masofaga 1 t yukni daryo bo‘yicha ko‘chirish uchun esa temir yo‘l bo‘yicha ko‘chirishga qaraganda 6 marta, avtomobil yo‘li bo‘yicha ko‘chirishga qaraganda esa 25 marta kam energiya sarflanadi. Shu sababli transport tarmog‘ining magistral temir yo‘l trassalari kemalar suzadigan daryolar bilan kesishadigan nuqtalarda terminal tugunlariga ega bo‘lmagan nursimon-tarmoqli (O‘zbekistonning Evropa qismida) va to‘g‘ri burchakli kenglik-meridional (O‘zbekistonning Osiyo qismida) konfiguratsiyasini tanlash oqilona echim bo‘lib hisoblanadi.
Transport yo‘lagi – bu milliy yoki xalqaro transport tarmog‘ining bir qismi bo‘lib, alohida geografik rayonlar o‘rtasida katta xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishlarini ta’minlaydi. U o‘z ichiga berilgan yo‘nalishda ishlaydigan barcha transport turlarining harakatlanuvchi tarkiblari va statsionar qurilmalarini, shuningdek bu tashishlarni amalga oshirishning texnologik, tashkiliy-huquqiy shartlari jamlanmasini oladi.
Transport yo‘laklarini shakllantirishni moliyalashtirish Evropa Ittifoqining maxsus dasturlariga muvofiq xalqaro transport tashkilotlari tomonidan, shuningdek manfaatdor mamlakatlar va xususiy investorlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yo‘laklarni obodonlashtirish yangi bog‘lanish yo‘llarini qurish, mavjud bo‘lgan asosiy texnik inshootlarni konkret yo‘lakdan qatnaytigan transport vositalariga moslab rekonstruksiyalash va ta’minlashni o‘z ichiga olishi mumkin. Yangi inshootlarni qurish va eskilarini rekonstruksiyalashda ekologik jihatlarga alohida e’tibor qaratiladi.
Bugungi kunda O‘zbekiston MDX davlatlarini gaz va metall bilan bir qatorda yangi milliy mahsulot – tranzit transport xizmatlarini eksport qilishni taklif qilmoqda. O‘zbekiston bu mahsulotni xorijiy sheriklarga o‘zaro foydali shartlarda sotish imkoniytiga ega. O‘zbekiston orqali tranzit qilish yagona qonunlar amal qiladigan yagona bojxona hududi orqali amalga oshirilishi ham muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Tranzit transport xizmatlarini eksport qilish O‘zbekistonga katta foyda keltiradi. Bu avvalambor transport xizmatlari va hamrohlik qiluvchi boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar ko‘rinishidagi pul kirimlaridir. Bundan tashqari, tranzit mamlakatlarga transport infratuzilmasini rivojlantirishga investitsiyalar yo‘naltiriladi, va ular zamonaviy transport texnikasi va texnologiyalarini joriy qilish maydonlariga aylanadi, chunki tarkib topgan va faoliyat ko‘rsatayotgan yo‘laklarning barcha ishtirokchilari uning barqaror ishlashi va logistik xarajatlarning kamayishidan manfaatdor bo‘ladi. Bularning barchasi, o‘z navbatida, milliy tashqi savdo va ichki tashishlarning rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni yaratadi, shuningdek tranzit yo‘laklar o‘tadigan mintaqalarning rivojlanishini o‘z izidan ergashtiradi. Shuningdek tranzit mamlakatning xalqaro arenadagi ta’sirini kuchaytirishning ishonchli vositasi bo‘lib hisoblanadi.
Intermodal tashish – yukni bir nechta transport turi bilan tashishdir, bunda tashuvchilardan biri bitta jo‘natish punktidan bitta yoki undan ko‘p belgilangan punktlar orqali butun yetkazib berishni tashkil qiladi va tashish uchun javobgarliuning bo‘linishiga bog‘liq ravishda har xil transport hujjatlari beriladi [8, 38-bet].
O‘zbekistonning xalqaro transport yo‘laklarini shakllantirishda faol ishtirok etishi keyingi yillarda mamlakat transporti sohasidagi birinchi galdagi vazifalardan biriga aylangan. O‘zbekiston uchun bu masalaning muhimligi shu bilan shartlanadiki, xalqaro mehnat taqsimoti va transport xizmatlarini eksport qilish uchun mamlakatning foydali geografik joylashuvidan maksimal darajada foydalanish O‘zbekistonda tarkib topgan iqtisodiy vaziyatning yaxshilanishiga katta hissa qo‘shishi mumkin.
Butunjahon Internet tarmog‘i orqali xalqaro elektron savdolarning rivojlanishi tufayli transportga tovarning harakatini tezlashtirish, yuklarni yetkazib berishning yanada aniqroq muddatlarini ko‘rsatish kabi qo‘shimcha talablar qo‘yilmoqda.
Mamlakatning transport tizimini takomillashtirish va Evroosiyo bog‘lanishlarini ta’minlash uchun qudratli tranzit salohiyatidan foydalanish O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy zvenolaridan biriga aylanmoqda. Bu O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sishiga transport ishi hajmining ortishi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi multiplikativ samara bilan shartlanadigan ulkan hissasiga aylanadi. Tranzit (milliy transport tizimining yuklar va yo‘lovchilarni tranzit tashishdan keladigan daromadi) valyuta kirimlarining muhim qismiga aylanadi.
Evropa qit’asining 30% dan oshiqroq qismini egallagan va yuqori darajada rivojlangan transport tizimiga ega bo‘lgan Rossiy bu yo‘nalishda tranzit bog‘lanishlarni ta’minlaydigan tabiiy ko‘prik bo‘lib hisoblanadi. Hozircha O‘zbekistonning qudratli tranzit potensialidan etarlicha foydalanilayotgani yo‘q.
Shu bilan birgalikda O‘zbekiston hududini aylanib o‘tish bilan Evroosiyo bog‘lanishlarini amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi bir qator yirik xalqaro transport loyihalari ishlab chiqilmoqda. Hozirgi kunda xalqaro tashkilotlarning mablag‘lari hisobidan, xalqaro moliya institutlarini ham o‘z ichiga olgan holda, bu loyihalarni moliyalashtirish boshlanganligini hisobga oladigan bo‘lsak, mamlakatning samarali tranzit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, milliy transport tizimining rezervlaridan foydalanish, yirik tranzit va tashqi savdo yuk oqimlarini mamlakat transport kommunikatsiyalariga jalb qilish maqsadida transport loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish uchun O‘zbekistonda vaqt juda oz qolmoqda.
O‘zbekistonning transport kommunikatsiyalariga yo‘lovchi va yuk oqimlarini jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida davlat va hokimiyat organlarining harakatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha maqsadli yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshirishi zarur bo‘ladi.
Mamlakatning geografik joylashuvining afzalliklaridan to‘laroq foydalanish, tashqi savdo faoliyatining o‘sib borayotgan hajmlarini ta’minlash, O‘zbekistonning jahon xo‘jalik tizimidagi o‘rnini mustahkamlash uchun yaratiladigan xalqaro Evroosiyo transport infratuzilmasining elementlari sifatida O‘zbekistonda xalqaro transport yo‘laklarini shakllantirish va rejali tarzda rivojlantirish zarur bo‘ladi.
Tashqi savdo va tranzit tashishlarning asosiy yuk oqimlari O‘zbekistonning mintaqalararo bog‘lanishlarda tashishning asosiy yo‘nalishlari bilan mos tushadi, ular o‘tadigan rayonda O‘zbekistonning 80% dan oshiq aholisi va sanoat potensiali jamlanadi. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, xalqaro tarnsport yo‘laklarining rivojlanishi O‘zbekistonning tashqa iqtisodiy manfaatlariga ham, ichki iqtisodiy manfaatlariga ham javob bera oladi.