7 O`simlik hayvonat resurslari va uni muhofaza qilish. Reja


Jahon “Qizil kitobi”, O`zbekiston «Qizil kitobi»ning yaratilishi. O`zbekistonda «Qizil kitobi»ga kiritilgan hayvon va o`simliklar. Ekoturizm va agroturizm



Yüklə 191,8 Kb.
səhifə15/17
tarix16.12.2023
ölçüsü191,8 Kb.
#183245
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
7 мавзу

4.3 Jahon “Qizil kitobi”, O`zbekiston «Qizil kitobi»ning yaratilishi. O`zbekistonda «Qizil kitobi»ga kiritilgan hayvon va o`simliklar. Ekoturizm va agroturizm.
Kishilar o'zlarining faoliyatida o'simliklardan haddan tashqari ko'p va betartib foydalanishlari oqibatida sayyoramizning o'simlik qoplamida jiddiy, salbiy o'zgarishlar sodir bo'lmoqda, juda qup o'simliklar turlari kamayib, noyob turga aylanib bormoqda. Shu sababli hozirgi kunda Yer sharining yashil boyliklarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish, qayta boyitib borish muhim masalaga aylanib qoldi.
1948 yilda BMT qoshidagi Tabiatni muhofaza qilish bo'yicha ishlarni boshqaruvchi va konsultasiya beruvchi organ – Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro ittifoqi tuzildi. Bunga 100 dan ortiq mamlakatlarning 450 davlatlar va jamoat tashkilotlari birlashtirildi. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi ilmiy jamoatchilikka murojaat qilib barcha mamlakatlardagi nodir va yo'qolib borayotgan xayvonlarning holatini har tomonlama o'rganishda yordam berish, ularni muhofaza qilish choralarini topishga chaqirdi. Noyob va kamayib borayotgan hamda yo'qolish xavfi ostida turgan barcha turlarni o'rganiuvchi diomiy komissiya tuzdi. Bu komissiya bir necha yillar (1949-1966) mobaynida nodir va kamayib borayotgan hamda yo'qolshi xavfi ostida turgan barcha turlar haqida material to'plab, maxsus “Qizil kitob” (The Red Data Book) va hozirgi foydalanish joyi, soni, biologik xususiyatlari, dunyo hayvonot bog'laridagi miqdori va har xil mamlakatlarda ximoya qilish uchun qabul qilingan chora-tadbirlar haqida ma'lumotlar keltiriladi.
Xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvon turlari 5 ta toifaga bo'lingan:

  1. Yo'qolib borayotgan turlar;

  2. Kamayib borayotgan turlar;

  3. Noyob-nodir turlar;

  4. Noaniq turlar;

  5. Tegishli chora-tadbirlar

Sobiq ittifoqda 1974 yilda “Qizil kitob” ta'sis etilgan bo'lib, 1978 yilda “Qizil kitob” chop etildi. Unga 63 tur va kenja tur sut emizuvchilar, 63 ta qush, 8 ta amfibiy, 21 ta sudralib yuruvchi mavjudotlar kiritilgan edi. “Qizil kitob” ning O'zbekistonga ta'luqli joylari ko'pgina olimlar tomonidan ishlab chiqildi.
O'zbekiston respublikasining turli mintaqalarida 650 dan ortiq umurtqali hayvonlari, shu jumladan, 79 dan ortiq qushlar, 99 ta sutemizuvchilar turlari va tur vakillari uchraydi. Faqat Sirdaryo va Amudaryo vohasida joylashgan suv omborlari va ko'llarda baliqlarning 60 turi, ambfibiyalarning 3 turi uchraydi. Respublikamizda sudralib yuruvchilarning 57 turi, suvemizuvchilarning 91 turi va qushlarning 410dan turi uchraydi.
Turlar qonun tomonidan saqlansada, toki ularning tabiiy muhiti saqlanmaguncha ular hayot kechira olishmaydi. Atrof muhitni muhofaza qilish ko’pincha, tabiiy muhitni yoki butun ekotizimni saqlashga asoslangan bo’ladi. Buni bajarishning usullaridan biri bu tabiat muhofazasini yaratish bo’lib, u xuddi, xalqaro bog’lar va yovvoyi hayot hududlarini saqlash kabi bo’ladi .
1872-yilda birinchi Xalqaro bog’ Yellow Stone National Park hisoblanib, AQSH da tashkil qilingan. O’sha davrda Kulrang ayiq, loss va bug’ular Shimoliy Amerika hududi tomonga ko`chirilib, joyi o’zgartirilgan edi. Bu hayvonlar ozuqa to’plash uchun yerning ko’plab hududlarini darbadar kezardilar. Agar ularning tabiiy muhiti kichik bo’lsa ular yashay olmaydilar. Misol uchun, kulrang ayiq kuniga katta miqdorda ozuqaga muhtoj bo’ladi. Kulrang ayiqga o’z qornini to`ydirishi uchun bir necha yuz km hududlar kerak bo’ladi. Milliy bog’lar va yovvoyi hayot hududlarisiz ba’zi hayvonlar hozir mavjud bo’lgandan ancha kam bo’lishlari mumkin edi .
1Peter Rillero, Dinah Zike Ecology, 2005. (139-140-141- betlar)

Yüklə 191,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin