1. Tashkiliy qism– salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik– yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish:
Funksiyaning aniqlanish sohasi
Agar sonlarning biror to’plamida olingan x ning har bir qiymatiga y son mos keltitilgan bo’lsa, shu to’plamda y(x) funksiya berilgan deyiladi. Bunda x erkli o’zgaruvchi yoki argument, y esa erksiz o’zgaruvchi yoki funksiya deyiladi. Siz y=kx+b chizili funksiya va y=ax2+bx+c kvadrat funksiya bilan tanishsiz.
Bu funksiyalar uchun argumentning qiymati istalgan haqiqiy son bo’lishi mumkin.
Endi har bir nomanfiy x songa sonni mos qo’yadigan funksiyani, ya’ni y= funksiyani qaraymiz. Bu funksiya uchun argument faqat nomanfiy qiymatlarni qabul qilishi mumkin: x 0. bu holda funksiya barcha nomanfiy sonlar to’plamida aniqlangan deyiladi va bu to’plam y= funksiyaning aniqlanish sohasi deb ataladi.
Umuman, funksiyaning aniqlanish sohasi deb uning argumenti qabul qilinishi mumkin bo’lgan barcha barcha qiymatlar to’plamiga aytiladi.
Agar funksiya formula bilan berilgan bo’lsa, u holda funksiya argumentning berilgan formula ma’noga ega bo’ladigan (ya’ni formulaning o’ng qismiga turgan ifodada ko’rsatilgan hamma amallar bajariladigan) barcha qiymatlarida aniqlangan, deb hisoblash qabul qilingan.
Masala. Funksiyaning aniqlanish sohasini toping:
1) 2)
3) 4)
ifoda x ning istalgan qiymatida ma’noga ega bo’lgani uchun, funksiya barcha x larda aniqlangan.