7-sinf Jahon tarixi darsligi yuzasidan mavzulashgan test to’plami


German qabilalari va Rim imperiyasi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə2/41
tarix02.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#151494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
7-jahon test 2017

German qabilalari va Rim imperiyasi
11. Nechanchi asrlar Yevropa tarixiga "Xalqlarning buyuk ko’chishlari" nomi bilan kirgan?
A) I-III asrlar B) IV-VI asrlar
C) VII-VIII asrlar D) IX-XI asrlar
12. "Xalqlarning buyuk ko’chishlari" jarayonini kimlar boshlab bergan?
A) Germanlar B) Slavyanlar
C) Arablar D) Xunlar
13. German qabilalarida aholi sonining ko’payib borishi natijasida yangi0 yerlarga bo’lgan talabning oshishi va mulkiy tabaqalanishning kuchayishi ularning yangi hududlarni egallashga undaydi Bu nimaga sabab bo’ldi?
A) "Xalqlarning buyuk ko’chishlari"
B) "Buyuk geografik kashfiyotlar"
C) "Yuz yillik urush" D) "Sovuq urush"
14. Xunnlarning IV asrdan Sharqdan hujumlari ko’olab varvar qabilalari o’z makonlaridan siljishga majbur etadi. Bu nimaga sabab bo’ldi?
A) "Xalqlarning buyuk ko’chishlari"
B) "Buyuk geografik kashfiyotlar"
C) "Yuz yillik urush" D) "Sovuq urush"
15. Yevropada II asrdan iqlimning soviy boshlashi V asrga kelib ekinzorlarni qo’riqqa, suv havzalari va ularga yaqin yerlarni esa botqoqlikka aylantirdi. Bu nimaga sabab bo’ldi?
A) "Xalqlarning buyuk ko’chishlari"
B) "Buyuk geografik kashfiyotlar"
C) "Yuz yillik urush" D) "Sovuq urush"
16. Nechanchi asrda Xunnlarning Sharqdan hujumlari ko’payib varvar qabilalarini o’z makonlaridan siljishga majbur etadi?
A) I asrda B) II asrda C) III asrda D) IV asrda
17. Yevropada nechanchi asrdan iqlim soviy boshladi?
A) I asrda B) II asrda C) III asrda D) IV asrda
18. Yevropada iqlimning soviy boshlashi nechanchi asrga kelib ekinzorlarning qo’riqqa, suv havzalari va ularga yaqin yerlarni esa botqoqlikka aylantirdi?
A) V asrda B) VI asrda C) VII asrda D)VIII asrda
20. Qadimgi german qabilalari ( franklar, vestgotlar, ostgotlar, vandallar, burgundlar, langobardlar) qayerda joylashganlar?
A) Amudaryo va Sirdaryo havzasida B) Frot va Dajla daryolari havzasida
C) Volga va Ural daryolari havzasida D)Reyn va Elba daryolari havzasida
21.Germanlarning asosiy mashg’uloti nima bo’lgan?
A) Dehqonchilik B) Chorvochilik C) Hunarmandchilik D) Savdo-sotiq
23. Germanlarda nima mehnat unumdorligini va olinadigan hosilni oshirgan?
A) Bosqinchilik urushlari B) Omochdan temir plugga o’tilishi C) Fosfor topilishi D) Davlatning vujudga kelishi
24. Rimliklar Rimdan chetda yashab, noma’lum tilde gaplashadigan barcha xalqlarni nima deb ataganlar?
A) "Vikinglar" B) "Jaklar" C) "Varvarlar" D) "Varyaglar"
25. Kimning yozishicha, germanlar temir va boshqa ma’danlarni qazib olish, eritishni bilishgan?
A) Yuliy Sezar B) Mavrikiy C) Arrian D) Tatsit
26. Qadimgi germanlar tarixi haqidagi boy ma’lumotlarni kimlarning qaysi asarlaridan uchratamiz?
A) Geradotning "Tarix", Strabonning "Geografiya"
B) Arrianning "Aleksandrning harbiy yurishlari", Kvint Kursiy Rufning " Buyuk Aleksandr tarixi"
C) Yuliy Sezarning "Galliya urushi haqida hotiralar", Tatsitning "Germaniya"
D) Gomerning "Illiada", Dantening " Ilohiy komediya"
27. Germanlarda qachondan bahorgi va kuzgi bug’doy o’rniga dukkakli ekinlar ekish, haydalgan yerni ikki dalaga bo’lib, biriga don sepib, ikkinchisini shudgor qilib dam berish hamda ularni har yili almashtirib turish yo’lga qo’yildi?
A) I asrda B) II asrda C) III asrda D) IV asrda
28. Germanlarda II-IV asrlarda hunarmandchilikning qaysi sohalari taraqqiy etgan?
A) Kulolchilik, degrezlik B) To’qimachilik, yog’ochsozlik C) Zargarlik, teri-konchilik D) B, C
29. Germanlarda ichki savdoda eng muhim ashyo nima hisoblangan?
A) Mis buyumlar B) Oltin buyumlar C) Kumush buyumlar D) Temir buyumlar
30. German qabilalari qo’shnilari rimliklarga nimalar yetkazib bergan?
A) Qullar, chorva mollari, teri, qahrabo
B) Nafis gazlamalar, spool idishlar, zebu-ziynat buyumlar, vino
C)Zaytun yog’i, g’alla, metallar, gilam D) Paxta chigiti, kema, qurol-aslaha, tuz
31. German qabilalari rimliklardan nimalar olishgan?
A) Qullar, chorva mollari, teri, qahrabo
B) Nafis gazlamalar, spool idishlar, zebu-ziynat buyumlar, vino
C)Zaytun yog’i, g’alla, metallar, gilam D) Paxta chigiti, kema, qurol-aslaha, tuz
32. Germanlar jamoasi davlat vujudga kelgunga qadar qaysi bosqichni boshdan kechirgan?
A) Ibtidoiy jamoa B) Quldorlik C) Feodalizm D) Urug’chilik jamoasi
33. Germanlarda nechanchi asrlarda urug’chilik jamoasi qo’shnichilik jamoasiga aylanishi uchun sharoit yetarli edi?
A) I-II asrlarda B) III-IV asrlarda C) V-VI asrlarda D) VII-VIII asrlarda
35. Qachon germanlarda mulkiy tengsizlik kuchayib jamoalar boylar va kambag’allarga ajrala boshlaydi?
A) I asrda B) II asrda C) III asrda D) IV asrda
36. Qattiq, qatronli ( smolali) va tiniq sariq rangli ma’dan?
A) Feruza B) La’l C) Olmos D) Qahrabo
37. Germanlarda qabila boshlig’i, zodogonlarning oily vakili, normann qabilalarida harbiy yo’lboshchi nima deb ataladi?
A) Konung B) Senor C) Tungin D) Vasilevs
38. German qabilalari nechanchi asrlarda keng hududlarni nazorat qiluvchi qabila ittifoqlariga birlasha boshlaydi?
A) II asrlarda B)IV-V asrlarda C) VI-VII asrlarda D) VIII-IX asrlarda
39. Germanlarning eng katta qabilalari?
A) Xunn, vandal, tyuring B) Kelt, pikt, skotl C) Alemann, got, frank D) Angl, saks, yut
41. Dastlabki varvarlar davlati bu?
A) Vandal qirolligi B) Franklar qirolligi C) Vestgot qirolligi D) Ostgot qirolligi
42. V asr boshlarida Pireneya yarim oroli va Galliyaning bir qismida tashkil topgan varvarlar davlati?
A) Vandal qirolligi B) Franklar qirolligi C) Vestgot qirolligi D) Ostgot qirolligi
43. Vandallar qayerni bosib olib o’z davlatlarini tuzganlar?
A) Italiya B) Britaniya C) Galliya D) Shimoliy Afrika
44. Ostgotlar qayerni bosib olib o’z davlatlarini tuzganlar?
A) Italiya B) Britaniya C) Galliya D) Shimoliy Afrika
45. Franklar qayerni bosib olib o’z davlatlarini tuzganlar?
A) Italiya B) Britaniya C) Galliya D) Shimoliy Afrika
46. Angl-sakslar qayerni bosib olib o’z davlatlarini tuzganlar?
A) Italiya B) Britaniya C) Galliya D) Shimoliy Afrika
47. Qachon G’arbiy Rim imperiyasi quladi?
A) 476-yil B) 486-yil C) 534-yil D) 536-yil


2-mavzu
48. Buyuk ko’chishlar boshlanishiga qadar qaysi qabilalar Reyn daryosi quyi oqimidagi hududlarda yashaganlar?
A) Vandallar B) Sakslar
C) Alernanlar D) Franklar
49. Kimlarning tashqi ko’rinishlari ham boshqa german qabilalaridan ancha farqlangan?
A) Vandallar B) Sakslar
C) Alernanlar D) Franklar
50. Kimlar gotlar va langobardlar kabi hayvon terisidan emas, matodan kiyim-bosh kiyishgan va soch-soqollarini olib yurishgan?
A) Vandallar B) Sakslar
C) Alernanlar D) Franklar
51. Kimlarda faqat qirol oilasiga mansub kishilargina uzun soch bilan yurishlari mumkin bo’lgan?
A) Vandallar B) Sakslar
C) Alernanlar D) Franklar
52. G’arbiy Rim imperiyasining inqirozidan keyin franklarga qo’shni bo’lgan Galliyada kim mustaqil knyazlik tuzadi?
A) Siagriy B) Egidiy
C) Xilperik D) Dezideriy
53. Franklarning Galliyaga hujumiga kim boshchilik qiladi?
A) Pipin Pakana B) Buyuk Karl
C) Karl Martell D) Xlodvig
54. Franklar davlatiga kim asos soladi?
A) Pipin Pakana B) Buyuk Karl
C) Karl Martell D) Xlodvig
55. Franklar davlatiga qachon asos solingan?
A) 476-yil B) 486-yil C) 534-yil D) 536-yil
60. Kimlar tuzgan davlat dastlab sulolalar nomi bilan atalgan?
A) Vandallar B) Sakslar
C) Alernanlar D) Franklar
61. Nechanchi asrdan Parij atrofidagi viloyat Il de Frans davlat nomiga asos bo’ladi va u Fransiya deb atala boshlandi?
A) IX asrda B) X asrda C) XI asrda D) XII asrda
62. Kim varvar qabilalari yo’lboshchilari ichida birinchi bo’lib xristianlik Rimdan qabul qiladi?
A) Pipin Pakana B) Buyuk Karl C) Karl Martell D) Xlodvig
63. Kimning xristianlikka o’tishi rimliklardan biri “sizning yangi diningiz bu bizning g’alabamiz!”- deb yozgan edi?
A) Pipin Pakana B) Buyuk Karl C) Karl Martell D) Xlodvig
64. Kimning xristianlikka o’tishi unga aholi orasida ta’siri kuchli galleyepiskopligi qo’llashini ta’minlaydi?
A) Pipin Pakana B) Buyuk Karl C) Karl Martell D) Xlodvig
65. Xildebert, Xlotar, Xlodomer va Teodorix kimning o’gillari?
A) Pipin Pakana B) Buyuk Karl C) Karl Martell D) Xlodvig
66. Senorning o’z vassaligi harbiy xizmati evaziga in’om etgan yer-mulk qanday atalgan?
A) Benefitsiy B) Patta C) Allod D) Domen
67. O’rta asrlarda G’arbiy Yevropada ixtiyorida qaram dehqonlari va mayda feudal-vassallari bo’lgan yer egasi qanday atalgan?
A) Konung B) Senor C) Tungin D) Vasilevs
68. Senor so’zi lotincha so’z bo’lib qanday ma’noni anglatadi?
A) Maslahatchi B) Xo’jayin C) Katta D) Otliq
69. G’arbiy Yevropa mamlakatlarida bir feodalning boshqa feodalga bo’ysinish tartibi qanday atalgan?
A) Separatchilik B) Vassallik
C) Gegemonlik D) Monarxlik
70. Frank qirolligi qayerda tashkil topgan?
A) Janubiy Italiyada B) Shimoliy Afrikada
C) Britaniyada D) Shimoliy Galliyada
73. German qabilalari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping?
A) Xunn, angl, saks B) Got, frank, slavyan
C) Tyuring, alemann, bavar.
D) Vandal, fors, skif
74. Franklarda Xlodvig davridayoq mamlakat viloyatlarga bo’linib, ularni qirol boshqara boshlaydi?
A) Sherif B) Gergos
C) Graf D) Markgraf
75. Qaysi davlatda viloyatlarni graflar boshqargan?
A) Vandallar B) Sakslar
C) Alernanlar D) Franklar
76. Franklar soliq tartiblarini kimlarqan qabul qilganlar?
A) Arablardan B) Yunonlardan C) Misrliklardan D) Rimliklardan
77.Franklarrda mahalliy boshqaruv asosini erkin franklarning yuzlik yig’inlari tashkil etib, uning boshlig’i, yuzboshchisi nima deb nomlangan?
A) Konung B) Senor C) Tungin D) Vasilevs
78. VI asr oxiridan-franklarning chek yerlari dehqon oilasining sotishi yoki in’om etishi mumkin bo’lgab mulki nimaga aylanadi?
A) Benefitsiy B) Patta C) Allod D) Domen
79. Yerga to’la egalik qilish: G’arbiy Yevropada feudal jamiyatida avloddan avlodga meros bo’lib o’tadigan yer-mulk qanday atalgan?
A) Benefitsiy B) Patta C) Allod D) Domen
80 Franklarda qaysi qirol davrida yangi qonun chiqarib u o’g’il voris bo’lmasa yerni avvalgidek jamoaga emas, marhumning qizi, singlisi yoki ukasiga o’tish huquqini tasdiqlaydi?
A) Siagriy B) Egidiy C) Xilperik D) Dezideriy
82. “Sali haqiqati” kimlarning qonuni to’plami hisoblanadi?
A) Vandallar B) Sakslar C) Alernanlar D) Franklar
83. “Sali haqiqati” kimlarning buyurug’iga binoan yozilgan?
A) Pipin Pakana B) Buyuk Karl C) Karl Martell D) Xlodvig
Tuzuvchi: Fazliddin Burxonov “ Qaqnus” o’quv markazi Tarix fani o’qituvchisi



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin