III BOB
JAHON XALQLARI O’RTA ASRLARNING RIVOJLANGAN DAVRIDA (XI-XV ASRLAR)
15-16-§.`Yevropa o’rta asr shaharlari. O’rta asrlarda Tovar ishlab chiqarishning yuksalishi. Bozor va yarmarkalar
1. Yevropada X-XI asrlarda ishlab chiqarish yuksalgan. Bu, eng avvalo, …dakuzatildi.
A) hunarmandchilikda B) dehqonchilikda C) savdo-sotiqda D) chorvachilikp
2. Quyidagi Yevropa shaharlarining monastirlar atrofida barpo qilinganlarini aniqlang.
A) Strasburg, Gamburg, Augsburg B) Myunster, Sen-Gallen, Sen-Denu
C) Padeborn, Bremen, Bryugge D) Sen-Gallen, Strasburg, Gamburg
3. Rivojlangan o’rta asrlarda hunarmandlar nima uchun qishloqlardan qochib, o’z buyumlarini tayyorlash va sotish imkoniyati bo’lgan joylarga keta boshlaydi?
A) hunarmandlarning yangi joyda oldi-sotdi uchun boj yoki soliqlar to’lamaganligi sababli
B) qishloqda feodal hukmronligi ta’sirida hunarmandning erkinligini cheklagan
C) hunarmandlarning ustaxona qurish uchun yeri bo’lmaganligi sababli
D) qishloqdagi raqobatning kuchliligi ularni ketishga majbur qilgan
4 . Venetsiya, Genuya, Florensiya, Marsel, Tuluza shaharlari rivojiga turtki bo’lgan omilni aniqlang.
A) bu shaharlar dengiz orqali savdo yo’lida joylshganligi
B) bu shaharlar, eng avvalo, xavfsizlik, dushman hujmidan himoyalanishga qulay, qolaversa hunarmandalar o’zlari yasagan buyumlarni sota olish imkoniyati bo’lgan joylarda tashkil topgan
C) ushbu shaharlarning salib yurishlari alohida ahamiyatga ega bo’lganligi
D) xristian dinining ushbu shaharlarda rivojlanganligi
5. Yevropaning o’rta asr shaharlari, eng avvalo, qayerlarda quriladi?
A) atrofi mudofaa devori bilan o’rab olingan, kuchli qo’shinga ega bo’lgan davlatlar hududida
B) feodal hukmronligi ta’siridan holi bo’lgan hududlarda
C) dengiz sohillaridagi yerlar dengizga burun qilib chiqarilib, yer hosil qilingan joylarda
D) xavsizlik, dushman hujmidan himoyalanishga qulay, qolaversa hunarmandlarb o’zlari yasagan buyumlarni sota olish imkoniyati bo’lgan joylarda
6. Rivojlangan o’rta asrlarda Yevropa monastir va qasrlar atrofida shahrlarning shakllanishiga nima sabab bo’lgan?
A) ko’pchilik shaharlarning feodal ruhoniylar ta’sirida boshqarilganligi
B) monastir va qal’a aholi o’rtasida dinning markazi sifatida qaralishi
C) monastir va qasrlarda yashovchilarning hunarmandlarga ehtiyoji, dushman xavf solganida yashirinishi imkoniyati mavjudligi
D) hukmdorlar tomonidan moddiy jihatdan ta’minlab turilganligi
7. Padeborn, Bremen, Sveybryukken, Bryugge shaharlari qanday geografik hududda barpo qilingan?
A) daryo sohillari bo’ylarida, ko’priklar yonida B) feodallar qal’alari atrofida
C) monastirlar atrofida D) savdo yo’llari tutashgan joylarda
Dostları ilə paylaş: |