7-sinf “Jahon tarixi” fanidan eng yangi test variantlari (2017 – yilgi nashr asosida) I bob. O’rta asrlarning ilk davri


O’rta asr Yevropasida sex nizomida ustaning dastgohlari, o’quvchi-shogirdlari, xalfalari soni belgilab qo’yilgan. Bu xildagi tadbirlar nima maqsadida qo’llanilgan?



Yüklə 116,05 Kb.
səhifə8/15
tarix02.01.2022
ölçüsü116,05 Kb.
#47382
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
mavzulashtirilgan test M.M.Turdiyev 7 Jahon 2021-2022

8. O’rta asr Yevropasida sex nizomida ustaning dastgohlari, o’quvchi-shogirdlari, xalfalari soni belgilab qo’yilgan. Bu xildagi tadbirlar nima maqsadida qo’llanilgan?


A) hunarmandchilik soliqlarining bir xilda bo’lishini

B) sex oqsoqoli tomonidan sexlarni boshqarishning yengillashishini

C) dastlab sex mahsulotlariga ehtiyojning kam bo’lganligi va ortiqcha sarf-xarajatga yo’l qo’ymasligi

D) ustalar uchun bir xil sharoit yaratish, raqobatga yo’l qo’ymaslik

9. Shaharlar hayotida sexlar qanday o’rin tutgan?

1) Ommaviy hasharlarning boshida turgan; 2) sexlar shaharni qo’riqlashda, urushlar paytida uni mudofaasida alohida bo’linma tarzida qatnashgan; 3) bozorlarni o’z buyumlari bilan ta’minlaganlar; 4) sekin-asta shahardagi boshqaruvni o’z qo’llariga olganlar; 5) sex o’z a’zolarining bayramlarini tashkil etgan; 6) bozorlar sexlar qo’lida bo’lgan

A) 1, 2, 5, 6 B) 2, 3, 5 C) 1, 6 D) faqat 2

10. Birjalar tashkil topgan shaharlarni ularning yillari bilan to’g’ri aniqlang

A) Bryuggeda – 1403, Antverpenda – 1470, Lionda – 1469-yilda

B) Bryuggeda – 1409, Lionda – 1460, Antverpenda – 1462-yilda

C) Antverpenda – 1409, Bryuggeda – 1462, Lionda- 1460-yilda

D) Bryugge – 1409, Antverpenda– 1460, Lionda – 1462-yilda

11. XIV-XV asrlarga kelib Yevropaning qaysi shaharlarida sexlarning tabaqalainishi kuzatildi?

A) Florensiya , London , Bristol , Parij , Bazel

B) Florensiya , Perudja , Siena , Kyoln

C) Parij , Konstantinopol , Milan, Florensiya, Kordova

D) Venetsiya, Genuya , Florensiya, Marsel , Tuluza

12. Dastlabki banklar…ning yirik shaharlarida paydo bo’lgan.

A) XIV-XV asrlarda Italiya B) XIV-XV asrlarda Ispaniya C) XII-XIII asrlarda Germaniya D) XV-XVI asrlarda Fransiya

13. Dastlab shaharlar qishloqlardan … bilan farq qilgan, xolos

A) mudofaa devori bilan o’ralganligi B) dengizga yaqin yoki uzoqligi

C) faoliyat yuritayotgan sexlarning mavjudligi D) aholisining ko’pligi bilan

14. Xalfa sex - ziyofat uyushtirib so’ng ustalikka ruxsat olgan davlat tarixiga oid ma’lumot berilgan qatorni toping.

A) olimlar matematika, astronomiya, tibbiyot sohalarida katta yutuqlarga erishgan, ayrim shaharlarida osmon jismlarini kuzatish uchun rasadxonalar qurilgan

B) yangi shaharlar dengiz va daryo portlarida, xomashyo serob joylarda savdo-hunarmandchilik yuksalishi tufayli vujudga keldi

C) ularning ko’pchiligi ma’jusiy bo’lishgan va ularning dinlari qo’shni xalqlar dinlari bilan ko’plab umumiylikka ega bo’lgan

D) cherkov zodagonlari har qanday kishini hukmdor irodasiga bo’ysundirishga qodir edilar

15. XIV-XV asrlarda Yevropaning qaysi shahrida shahar kambag’allari qo’zg’olonlari bo’lib o’tmagan?

A) Siena B) Kyoln C) Perudja D) Bazel

16. O’rta yer dengiz sohillari bo’ylab qaysi hudud savdogarlari o’zlarining savdo manzilgohlari – faktoriyalar tizimini yaratishgan?

A) ispaniyalik B) italiyalik B) fransiyalik D) angliyalik

17. O’rta asrlarda savdoning jonlanishi yo’llar yaxshilanishini talab etgan. Qaysi davlatda qirol farmoniga binoan asosiy yo’llarga tosh yotqizila boshlangan?

A) Angliyada B) Italiyada C) Fransiyada D) Germaniyada

18. Dastlab ishlab chiqarishning rivojlanishiga xizmat qilgan sexlar unga to’sqinlik qila boshlagan davrda…?

A) Florensiya, Perudja, Siyena, Kyolnda shahar kambag’allari qo’zg’olonlari bo’lib o’tadi

B) Vengriya, Boltiqbo’yi, Rus yerlarida yangi shaharlar vujudga kela boshlagan

C) Xitoyda o’rta asr shaharlarining vujudga kelishi va rivojlanish davri

D) Angliyada dehqonlar kurashi kuchaygan

19. G’arbiy Yevropada XIII-XV asrlarda mavjud qaysi savdo yo’lida joylashgan Venetsiya va Genuyalar kuchli dengiz floti tuzib, ularning savdodagi raqobati ba’zida urushlarga ham aylangan?

A) Levant yo’li B) Shimoliy savdo yo’li D) Ganza ittifoqi yo’li D) Shvabiya ittifoqi yo’li

20. Fransiyaning qator shaharlarida senyorlarga qarshi kurash bo’lib o’tgan davrda…?

A) Venetsiya, Genuya, Florensiya, Marsel, Tuluzalar yuksala boshladi

B) Italiyaning yirik shaharlarida dastlabki banklar paydo bo’la boshladi

C) Vengriya, Boltiqbo’yi, Rus yerlarida yangi shaharlar vujudga kela boshlagan

D) Florensiya, Perudja, Siyena, Kyolnda shahar kambag’allari qo’zg’olonlari bo’lib o’tadi

21. Yevropaliklardan birinchi bo’lib Sharq mamlakatlari o’lkalarni kitobida tasvirlagan tarixiy shaxsni aniqlang.

A) Marko Polo B) Rui Gonsalez de Klavixo C) Xristofor Kolumb D) Chjan Syan
22. Levant yo’li haqida berilgan to’g’ri fikrni aniqlang.

A) Ispaniya, Italiya, Shimoliy Fransiyani dengiz orqali Vizantiya hamda Old Osiyo malakatlari bilan bog’lagan

B) London, Bryugge, Lyubek, Novgorod shaharlarini o’zaro bog’lagan

C) Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro shaharlarini bog’lagan

D) Ispaniya, Italiya, Janubiy Fransiyani dengiz orqali Vizantiya hamda Osiyo malakatlari bilan bog’lagan

23. Quyidagi qaysi voqea Arab xalifaligidan birinchi mustaqil amirlik tashkil topgan vaqtda sodir bo’lgan?

A) Qarluqlarning kattagina qismi musulmon bo’ldi

B) O’g’uzlar islom dinini qabul qildi

C) Italiyada Rim papalari davlati – Papa viloyati tashkil topdi

D) Qoraxoniylar davlati tashkil topdi

24. O’rta asrlarda Yevropa dehqonchiligida uch dalali almashlab ekishga o’tish natijasida yer maydonining qancha qismi ekin bilan band bo’lgan?

A) uchdan ikki qismi B) teng yarmi C) uchdan bir qismi D) barcha ekin maydoni

25. Yevropada hunarmandchilikning alohida soha sifatida taraqqiy etishi qaysi asrlarga to’g’ri keladi?

A) milodiy yil hisobi boshlanishiga B) mil.avv. 1-mingyillikda C) X-XI asrlarga D) V-VI asrlarga

26. O’rta asrlarda ko’pincha shaharlar o’z erkinligini qanday holatda qo’lga kiritgan?

A) to’lov, pul evazigaB) katta shaharlar tarkibiga qo’shilish C) sexlar tashkil etish D) feodal hukmronligini bekor qilish

27. O’rta asrlarda Yevropa shaharlarining 80-100 ming aholi yashagan qaysi hududida dastlab sexlarning tabaqalanishi boshlangan edi?

A) Bristol B) Florensiya C) Bazel D) Seviliya

28. Malumki, kasb uyushmalari hamma bajarishi majburiy bo’lgan nizom bo’yicha ish olib borgan. Mazkur nizomlar …

A) shahar hokimlari tomonidan tasdiqlangan B) uyushma oqsoqollari qurultoyida tasdiqlangan

C) ustalarning umumiy yig’ilishida qabul qilingan D) uyshma oqsoqoli tomonidan ishlab chiqilgan

29. Shimoliy savdo yo’li bo’ylab joylashgan Germaniyaning 70 dan ziyod shaharlari … ittifoqiga kirgan.

A) Ganza shaharlari B) Shvabiya C) Levant yo’li D) faktoriyalar ittifoqi

30. XIII asrda Marko Poloning kitobidagi Sharq mamlakatlarining afsonaviy boyliklari …genuyalik dengizchi Xristofor Kolumbda shunchalik taassurot qoldiradiki, u nima bo’lganda ham Hindistonning boy sohillariga yetishga qaror qiladi.

A) 200 yildan so’ng B) 300 yildan so’ng C) 6 asrdan so’ng D) 7 asrdan so’ng


Yüklə 116,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin