17-18-§. Osiyo mamlakatlarining O’rta asr shaharlari. O’rta asrlarda Xristianlik.
1. Ilk o’rta asrlarda Xitoy, Afrika, Arabiston va O’rta Osiyolik savdogarlar Hindistondan qanday turdagi mahsulotlarni xarid qilish maqsadida kelishardi?
1. mato; 2.zargarlik buyumlari; 3. teri-konchilik mahsulotlari; 4. atir-upalar; 5. guruch; 6. ziravorlar;
A) 1,2,3,4 B) 2,4,5,6 C) 2,3,5,6 D)1,2,4,6
2 .O’rta asr Osiyo shaharlari hayotidagi ma’lumotlardan qaysi birida tarixiy xatolik mavjud?
A) XIV asr da >?1 mln, Nankinda undan ham ko’p ahoili bo’lgan.
B) O’rta Osiyoning musulmon davlatlari shaharlari umumiy reja bo’yicha qurilgan.
C) Sharq shaharsozligida asosiy qurulish ashyolari tosh va g’ishtdan iborat edi.
D) Osiyo shaharlari aholisi Yevropanikiga nisbatan ko’proq bo’lgan.
3.O’rta asr Sharq mamlakatlari hunarmadlari qanday turdagi mahsulotlarning katta qismini chet mamlakatlarga sotish uchun ishlab chiqarganlar?
1.kulolchilik buyumlari; 2. po’latdan asalgan qurol-yarog’lar; 3. ipak gazlamalar; 4.zeb-ziynat buyumlari; 5. paxtadan tayyorlangan kiyim-kechaklar; 6. qo’g’oz
A) 1,6 B) 3,4 C) 2,5 D) 3,5
4. O’rta asrlarda Yaponiyada daryo va ko’priklar yonida qurilgan shaharni aniqlang.
A) Sapai B) Nagoya C) Xeyyan D) Otsu
5. O’rta asrlarda Ispaniyadagi qaysi jarayonini cherkov bayram tomoshasiga aylantirib, unda qirol va saroy amaldorlari, zodagonlar va minglab oddiy xalq vakillari qatnashgan ?
A) indulgensiya sotish marosimi B) interdekt e’lon qilish marosimi
C) mahkumni autodafe – gulxanda yondirish marosimi D) papaning toj kiyish marosimi
6.Yevropada mol-mulkni va aholini ilk bor ro’yxatga olish o’tkazilganidan o’n yil o’tib, bo’lib o’tgan voqeani aniqlang.
A) birinchi salib yurishlari boshlandi B) Innokentiy III ning papalik davri boshlandi
C) Yaponiyaning Xeyyan shahri yong’in ichida qoldi D) Gastings jangi bo’lib o’tdi
7. Qutb Minor minorasi qaysi shaharda va qachon bunyod etilgan?
A) Kioto, XII asr B) Pekin, XIV asr C) Dehli, XIII asr D) Agra, XI asr
8. O’rta asrlarda qaysi shaharlarda mardikor bozorlari bo’lgan?
1) Dehli; 2) Bag’dod; 3) Seviliya; 4) Osako; 5) Pekin; 6) G’arnota
A) 2, 3, 6 B) 1, 3, 4 C) 2, 6 D) 3, 4
9. O’rta asrlarda Osiyoning qaysi davlati shaharlarida 200 mingdan ortiq kishi yashagan ?
A)Eron B)Yaponiya C)Xitoy D)Hindiston
10. Qaysi Rim Papasi 1227-1241-yillarda hukmronlik qilgan ?
A)Ioann XII B)Grigoriy IX C)Innoketiy III D)Lev IX
11. Rim papasi Innokentiy III qaysi davlat hukmdorlarini interdekt orqali tavba-tazarru qilgan?
A) Italiya, Ispaniya, Gollandiya B) Bolgariya, Daniya, Irlandiya,
C) Ispaniya, Portugaliya, Belgiya D) Germaniya, Fransiya, Angliya
12. O’rta asrlarda qaysi davlatning yirik shaharlarida aholi sopol quvurlar orqali toza suv bilan ta’minlangan, shaharni axlat va chiqindilardan tozalash, o’t o’chirish ishlari yo’lga qo’yilgan?
A) Xitoy B) Yaponiya C) Fransiya D) Angliya
13. Osiyoning o’rta asr shaharlari dastlab … yoki …sifatida tashkil topgan hamda hunarmandchilik va savdoning yuksala borishi bilan juda tez rivojlangan.
A) bozor yoki harbiy qal’a B) bozor yoki ma’muriy markaz
C) ma’muriy markaz yoki harbiy qal’a D) cherkov yoki sexlar
14. Xitoyda O’rta asr shaharlarining vujudga kelishi va rivojlanishi qaysi davrga to’g’ri keladi?
A) IX-XIII asr B) IX-XI asr C) IX-XII D) X-XIII asr
15. Osiyoda mavjud bo’lgan quyidagi davlat va uning shaharlari o’rta asrlar juda ko’p marotaba chet el hujmlariga uchragan davlat tarixixga oid malumotni aniqlang.
A) Qadimda me’morlar qoyalarga o’yib ishlangan 29 ta xonadan iborat ibodatxonalarni turli haykallar, o’yma naqshlar bilan bezashgan
B) dengiz va daryo portlarida, xomashyo serob joylarda, savdo hunarmandchilik yuksalib, yangi shaharlar vujudga keldi
C) afsona va ertaklar asosida bu davlat adabiyotining ajoyib durdonasi “ Ming bir kecha” yaratilgan
D) ularning turmush madaniyati o’zining nafisligi, yuksak didliligi bilan ajralib turgan, ularning ayrim jihatlari keyinchalik yevropaliklar tomonidan qabul qilingan
16. O’rta asrlarda quyidagi qaysi davlatning shaharlari budda ibodatxonalari atrofida, aloqa bekati va yo’l usti dengiz bo’yida, qal’a atrofida vujudga kelgan?
A) Yaponiya B) Xitoy C) Hindiston D) Arab xalifaligi
17. Xitoyda shaharsozlik yuksak darajaga ko’targan davrda…
A) Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o’tdi
B) Xorazm juda keng maydonni egallagan buyuk davlatga aylandi
C) dunyo tarixida dastlabki kitob bosish dastgohining yaratilishi
D) Usmomlilar jamiyatida madaniyatning turli sohalari ravnaq topdi
18. O’rta asrlarda quyidagi qaysi davlat shaharlarida G’arbiy Yevropadan farqli o’laroq maishiy xizmat ko’rsatish yaxshi yo’lga qo’yilgan edi. Aholi sopol quvurlar orqali toza suv bilan ta’minlangan, shaharlarni axlat chiqindilardan tozalash, o’t o’chirish ishlari yo’lga qo’yilgan edi?
A) Yaponiya B) Xitoy C) Hindiston D) Arab xalifaligi
19. O’rta asrlarda qaysi davlatlarda usta va savdogarlardan soliqlarni sex oqsoqollari yig’ib bergan?
A) Angliya, Yaponiya, Xitoy B) Arab xalifaligi, Yaponiya, Xitoy
C) Hindiston, Xitoy, Vizantiya D) Germaniya, Angliya, Fransiya
20. Barcha ustalar sex a’zosi bo’lishi majburiy etib qo’yilgan davlat tarixixga oid ma’lumotni aniqlang?
A) dehqonchilik azaldan e’tiborli va faxrli kasb hisoblanib kelingan
B) matallga ishlov berish sohasida kishini lol qoldurgulik natijaga erishganlar
C) “darik” deb atalgan yagona oltin tanga muomalada bo’lgan
D) qadimgi dunyo tarixida taxtachalardan ilk kitoblar yaratilgan edi
21. Hunarmandchilikning eng muhim sohalari qaysi davlatda yuksak tarqqiyotga erishgan?
A) Yaponiya B) Xitoy C) Hindiston D) Vizantiya
22. O’rta asrlarda qaysi hudud ustalari parcha, ipak gazlamalari, jun gilamlari bilan shuhrat qozongan?
A) xitoylik B) eronlik C) yaponiyalik D) vizantiyalik
23. Yevropada monastirlar qachonga kelib tashkil etilgan?
A) V asr B) VI asr C) III asr D) IV asr
24. Yeretiklar… ?
A) xristianlarga qarshi kurashuvchi cherkov sudi B) cherkov va uning ta’limotiga qarshi kishilar
C) mamlakatda toat-ibodat marosimining to’xtatilishi D) rohiblar
25. Aynan bir yilda sodir bo’lgan voqealarni belgilang.
1) Rus knyazi Yaroslav vafot etdi 2) Angliyada Richard II hukmronligi tugadi 3) Amir Temur Hindistonga yurish boshladi 4) Xristian cherkovi katolik va provaslav cherkovlariga bo’lindi5) Birinchi salib yurishlari boshlandi
6) Mansikert jangi bo’lib o’tdi
A) 1,4 B) 2,4 C) 2,3 D) 5,6
26. Inkvizitsiya faoliyati keng tus olgan davlatda qachonga kelib dastlabki davlat birlashmasi tashkil etilgan edi?
A) V asr boshlari B) 486-yil C) 800-yil D) 962-yil
27. Xristianlik dini Yevropada qachondan boshlab tarqala boshlagan?
A) milodiy 395-yil B) 756-yil C) XI asr o’rtalari D) IV asrdan
28. Garbda cherkov va’zlari… , Sharqda esa … tilida olib borilgan.
A) lotincha va yunon B) yunoncha va arab C) lotincha va xitoy D) yunoncha va rim
29. Yevropada … davlatning muhim tashkilotiga aylanib, uning siyosiy va iqtisodiy faoliyatiga aralashgan, sud vazifasini bajargan.
A) imperator saroyi B) cherkov C) shahriston D) rabod
30. O’rta asrlarda Sharq bozorlarida ayrim hollarda ko’chma bozozrlar ham tashkil etilgan. Unda asosan kimlar to’plangan?
A) sayyor savdogarlar va atrofdagi qishloqlarning o’z mahsulotini sotish ehtiyoji bo’lgan aholisi
B) chet el savdogarlari va cherkov rohiblari C) sayyor savdogar va chet ellik savdogarlarD) mahalliy aholi hamda chet el savdogarlari
Dostları ilə paylaş: |