7-sinf “Jahon tarixi” fanidan eng yangi test variantlari (2017 – yilgi nashr asosida) I bob. O’rta asrlarning ilk davri


-27-28-§. Angliyada markazlashgan davlatning tashkil topishi. Angliya O’rta asrlar so’ngida. Germaniya



Yüklə 116,05 Kb.
səhifə12/15
tarix02.01.2022
ölçüsü116,05 Kb.
#47382
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
mavzulashtirilgan test M.M.Turdiyev 7 Jahon 2021-2022

26-27-28-§. Angliyada markazlashgan davlatning tashkil topishi. Angliya O’rta asrlar so’ngida. Germaniya.

1. O’rta asrlarda Fransiyada qanday ehtiyoj feodal tarqoqlikni tugatishni talab etardi?

A) katolik cherkovi va qirolning zulmini cheklash ehtiyojlari

B) salibchi ritsarlar bosqiniga qarshi kurashish ehtiyojlari

C) viloyatlar o’rasida iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish ehtiyojlari

D) viloyatlar orasida mahsulot yetishtirishdagi notenglikni bartaraf etish ehtiyojlari

2. To’g’ri javobni aniqlang.

A) Jakeriya qo’zg’olonida yuz mingga yaqin kishi qatnashgan

B) Fransiya qiroli 1337-yil mamlakat shimoli-g’arbidagi Akvitaniya yerlarini o’z tasarrufiga olganligini e’lon qildi

C) Fransiyada qullarga nisbatan “Jak” laqabi ishlatilgan

D) qirol Lyudovik XI Burgundiyaning g’arbiy qismini Fransiyaga qo’shib oladi

3. Musavvir Rafael Santi hukmronligi tugagan Fransiya qiroli o’z siyosatini qaysi hududlarni bo’ysundirishdan boshlagan?

A) Burj va Sans B) Bretan va Anju C) Shamoan va Lion D) Bretan va Normandiya

4. Rivojlangan o’rta asrlarda Germaniyaning Kyoln, Vorms, Strasburg shaharlarida qanday mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlangan edi?

1) movut to’qish; 2) metal ishlab chiqarish; 3) zargarlik buyumlarini yasash; 4) qurol-aslahalr yasash;

5) kulolchilik buyumlarini tayyorlash;

A) 1,2 B) 1,3 C) 1,4 D) 3,5

5. Bobur Mirzoning otasi Umarshayxtavallud topgan yili…

A) Amerigo Vespuchchi tug’ildi B) Xuroson hukmdori Abulqosim Bobur Movarounnahrga bostirib kirdi

C) Usmonlilar taxtiga Mehmet II o’tirdi D) Angliyada “Oq va qizil gullar urushi” boshlandi

6. Quyidagilarning qaysi biri Florensiya, Perudja, Siyena, Kyolnda shahar kambag’allarining qo’zg’olonlari bo’lib o’tgan asrlarga taalluqli emas?

A) dastlabki banklarning vujudga kelishi B) sexlarning ishlab chiqarish rivojiga to’sqinlik qila boshlashi

C) Fransiyaning qator shaharlarida senyorlarga qarshi kurash yuz berishi

D) yuz yillik urushning yuz berishi

7. Roman uslubida bunyod etilgan inshootlardan qaysilari Fransiyada joylashgan?

1) Puate; 2) Vorms; 3) Klyune; 4) Axen; 5) Arl; 6) Shpeyr;

A) 2,4,6 B) 2,3,5 C) 1,2,4 D) 1,3,5

8. Fransiyaning markazlashuviga olib kelgan tasarrufidagi yerlarni birlashtirish jarayonini boshlab bergan qirol Lyudovik VI nechanchi asrda hukmronlik qilgan?

A) XII asrda B) XIII asrda C) X asrda D) XI asrda

9. Fransiyaning jabudagi Provans viloyati qaysi qirol davrida uning hukmiga o’tgan/

A) Lyudovik IX B) Lyudovik XI C) Karl VII D) Karl VIII

10. Nechanchi yilda Fridrix II German qiroli deb e’lon qilindi?

A) 1220-yil B) 1210-yil C) 1212-yil D) 1218-yil

11. Davlatning qonun to’plamlarida “yerdagi jonli qonun” deb e’tirof etiluvchi hukmdorni aniqlang.

A) Fridrix I Barbarossa B) Fridrix II C) Xlodvig D) Yaroslav

12. Fridrix I qaysi voqedan keyin Shimoliy Italiya shaharlariga kommuna – erkinlik huquqini berishga majbur bo’ladi?

A) 1158-yil Ronkal vodiysidagi seym (kengash) qaroqiga muvofiq

B) Lenyano jangidan keyin C) Milan boshchiligida Lombardiya shaharlari aholisi bosqinchilarga qarshi qo’zg’olon ko’targanda D) o’z hukmronligini e’lon qilishi bilan

13. Angliyada kimning hukmronligi davriga kelib, o’z kuchiga ishongan qirol gunohkor hisoblangan baronlarning mulklarini tortib olgan, vassalaridan katta to’lovlar talab etganligi sababli bu siyosat barchani qirolga qarshi qilib qo’ygan edi?

A) Vilgelm I B) Richard II C) Genrix II D) Richard I Sheryurak

14. Angliya qiroli Garold va uning qo’shini tengsiz jangda halok bo’lganidan 5 yil o’tib…

A) Yevropada ilk marotaba yer-mulk va aholi ro’yxatdan o’tkazildi

B) Lyubech shahrida knyazlarning birinchi syezdi chaqirildi

C) Vizantiyaning yo’llanma qo’shini Saljuqiylar sultoni Alp Arslon lashkari tomonidan tor-mor etildi

D) Marokash sultoni Abu Bakr katta qo’shini bilan Ganani istilo qilishi

15. Germaniyaning o’rta asr shaharlarining qaysilari bevosita Niderlandiya, Fransiya va Italiya bilan savdo-sotiq olib borgan?

1) Vevetsiya 2) Kyoln 3) Genuya 4) Augsburg 5) Vorms 6) Ulm 7) Strasburg 8) Myunster 9) Paderborn 10) Bremen

A) 1,3,5 B) 2,5,7 C) 4,6,8 D) 1,9,10

16. Angliyada qaysi qirol davriga kelib qirol hokimyati kuchayib boradi va urushlarda qirilib ketgan normand zodagonlari o’rniga, lordlar palatasiga kiritilgan yangi ang-saks zodagonlari hukmdor ishonchini qozonishga intilgan?

A) Genrix II B) Genrix VII Tyudor C) Vilgelm I D) Ioann

17. Quyidagi qaysi voqea Germaniyada ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi boshlangan davrda ro’y bergan ?

A) G’arbiy yevropada qurilish sohasi ham taraqqiy eta boshladi B) O’g’uzlar Kichik Osiyoni deyarli to’liq bosib oldilar

C) Xitoyda ekin maydonlarining yarmi yirik zamindorlar qo’liga o’tgan

D) Mo’g’ullar ijtimoiy munosabatlarida mulkiy kuchaya boshlagan

18. Germaniyaning shimolidagi shaharlarning yuksalishiga yo’l ochgan omilni aniqlang.

A) Shimoliy dengizda savdodagi raqobatchisi Daniya bilan jiddiy raqobat

B) ushbu hududlar bevosita dengiz savdo yo’llariga tutash bo’lganligi

C) salib yurishlari tufayli mulkdorlarning boyib ketishi

D) salibchi ritsarlarning Boltiq bo’yidagi istilolari

19. Baronlar kimlarning ko’magida 1215-yil isyon ko’taradilar?

A) ritsarlar va shaharliklar B) baronlar va ruhoniylar C) ritsarlar va erkin dehqonlarD) shaharliklar va ruhoniylar

20. O’rta asrlarda mavjud quyidagi qaysi hujjatda erkin kishilarga qirol amaldorlari o’zboshimchaliklari va qo’shimcha jarimalardan himoya va’da qilingan. Lekin unga amalda to’liq rioya qilinmagan?

A) “Buyuk ozodlik xartiyasi” B) “ Inson va fuqaro huquqlari dekloratsiyasi”

C) “Dahshatli sud kitobi” D) “Mustaqillik Dekloratsiyasi”

21. “Yuz yillik urush” tugaganidan so’ng Angliyada bo’lib o’tgan qo’zg’olonlar natijasida yosh qirol Richard II qo’zg’olonchilar bilan muzokaralar boshlashga majbur bo’ladi. Uchrashuvda qabul qilingan “Mayl End” dasturiga binoan :

1) dehqonlar qaramligini bekor qilish; 2) feodallardan tortib oligan yaylov va o’rmonlarni qaytarish; 3) erkin savdoga ruxsat berish; 4) ibodatxona yerlarini musodara qilib dehqonlarga bo’lib berish; 5) yer solig’ini kamaytirishga rozilik berish; 6) aholini teng huquqli bo’lishini ta’minlash;

A) 1,3,5 B) 2,4,6 C) 2,4,5 D) 1,4,6

22. O’rta asrlarda Reyn daryosi bo’ylab joylashgan shaharlar Kyoln, Vorms, Strasburglarda qaysi sohalar rivojlangan edi?

A) metall ishlab chiqarish va ip-gazlama B) movut, surp, ip-gazlama

C) metall ishlab chiqarish va movut to’qish D) vinochilik va zig’ir tolasidan surp yo’qish

23. Quyidagi hukmdorlardan qaysi biri nisbatan uzoqroq hukmronlik qilgan?

A) Fridrix I Barbarossa B) Genrix VII Tyudor C) Lyudovik XI D) Filipp IV

24. Quyidagi sulolalardan Germaniyada hukmronlik qilganlarini aniqlang.

1) saksoniyaliklar 2) frankoniya 3) kapetinglar 4) tyudorlar 5) shtaufenlar 6) lyuksemburglar 7) gabsburglar 8) merovinglar 9) valualar 10) shtatagalterlar

A) 1,3,5,7,9 B) 2,4,6,8,10 C) 2,3,5,7,9 A) 1,2,5,6,7

25. Germaniyada hukmronlik qilgan Fridrix IIning o’zi qaysi tillarda ijod qilgan edi?

A) arab va yunon B) lotin va italyan C) fors va yahudiy D) fors va pahlaviy

26. “Hamma odam teng, yer esa uni ishlayotgan kishiniki ekanligi isbotlashgan uringan” shaxsni belgilang.

A) Robin Gud B) Gilom Kal C) Jon Boll D) Uot Tayler

27. Ganza ittifoqi faqat iqtisodiy masalalar hamda savdo-sotiq bilangina emas, Shimoliy dengizda savdodagi raqobatchisi Daniya qirolligiga jiddiy zarba bergan davrda…

A) Rudolf Gabsburg taxtga o’tqazildi B) Angliyada soliq yig’uvchilar bedodligidan qo’zg’olon boshlandi

C) Angl-sakslar daniyaliklarga qarshi qo’zg’lon ko’tardi D) Angliyada qo’shimcha jon solig’I joriy etildi

28. Angliyada parlament soliqlar tayinlashdan tashqar, qonunlar qabul ishlab chiqish va qabul qilishda qatnashish huquqini qo’lga kiritgan davrda…

1) parlament lordlar va umumpalatalarga bo’lindi; 2) Angliyada qaram dehqonlar to’lov evaziga ozodlikka erishdilar;

3) Germaniya shaharlari Ganza ittifoqiga birlashdilar; 4) Rojer Bekon yashab o’tdi; 5) Marko Polo Uzoq Sharq va Xitoyda bo’ldi; 6) qog’ozdan keng foydalanish kitob ishlabchiqarishni yanada qulaylashtirdi; 7) o’g’uz qabilalarining Old Osiyoga yirik harbiy yurishlari munosabatlarida yangi xususiyat – mulkiy tabaqalanish kuchaya boshladi 10) Xioyda ipakdan shoyi so’zana - panno to’qish ixtiro qilindi; 11) Roman uslubining yorqin namunasi Germaniyadagi Laax monastirining qurilishi; 12) Xitoyda paxtadan gazlama tayyorlash yo’lga qo’yildi; 13) G’arbiy Yevropada qurilish sohasi taraqqiy eta boshladi;

14) Milan qayta tiklanib, yangi jangga hozirlik ko’ra boshladi; 15) Fransiya yaxlit markaziy hokimyatga bo’ysundirildi;

16) Robin God xalq og’zaki ijodining sevimli qahramoniga aylandi; 17) Oltin O’rda xonligida aholini ro’yxatga olish tadbiri o’tkazildi; 18) Usmoniylarda asirga olingan sog’lom va baqquvat xristian bolalaridan sultonning shaxsiy gvardiyasi shakllantirildi;

19) Min sulolasining Amir Temur saltanati bilan munosabatlari buzildi; 20) Silla qirolligining oltin davri boshlandi

A) 3,4,7,11,13,15,17 B) 2,5,9,13,17,19,20 C) A) 1,3,6,8,12,16,18D) 5,8,10,14,16,18,20

29. Angliyada qaram dehqonlar qachonga kelib to’lov evaziga ozodlikkka erishadilar?

A) XV asr davomida B) XIV asr davomida C) XIII asr davomida D) XII asr davomida

30. Fridrix II ning … dagi saroyi arab xalifalarining saroyini eslatar edi.

A) Bolonya B) Palermo C) Sitsiliya D) Axen
29-30-31-32-33-§. Rus knyazliklari. Ruslarning bosqinchilarga qarshi kuashishi. Rus knyazliklarida markazlashish jarayonlari. Yevropa madaniyati. Yevropada me’morchilik, san’at va adabiyot.

1. Sharqqa salib yurishlari va undan keyingi Levant bilan savdo va madaniyat borasidagi aloqalar ushbu xalqlarga qadimgi yunon qo’lyozmalari, antic san’at va me’morchilik yodgorliklari bilan tanishishga imkon bergan?

A) Italiyaliklarga B) Germanlarga C) Arablarga D) Ispanlarga

2. O’rta asrlar roman uslubining yorqin namunasi qaysi me’moriy yodgorlik hisoblanadi?

A) Germaniyadagi Laax monastiri B) Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi

C) Venetsiyadagi Avliyo Mark ibodatxonasi D) Granadadagi Al-Hamro saroyi

3. Novgorod knyazi Aleksandr Nevskiy nemis ritsarlari tomonidan bosib olingan Pskov va uning atrofidagi yerlarni kimlarning yordamida ozod etadi?

A) Suzdal qo’shinlari B) polyaklar C)Novgorod knyazlari D) Kiyev qo’shini

4. Quyidavgi qaysi voqealar orasidagi farq aynan bir asrni tashkil etadi?

A) Vizantiyada imperatorlar amaldorlar, ibodatxona va monastrlarga ko’plab yer-mulklar in’om etadilar va Vizantiyada to’g’ri burchakli ibodatxonalar o’rniga ko’rinishidan xochsifat, o’rtasi xoch gumbazli ibodatxonalar barpo qilingan.

B) Tver va Moskva shaharlari rus yerlarining yangi markazlari sifatida yuksla boshlaydi va Choson qirolligi iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksaladi

C) Kiyev Rusida knyaz Vladimir hukmronligi boshlandi va Gana davlati Marokashga qaram bo’lib qoldi

D) Oltin O’rta davlati qator xonliklarga bo’linib ketdi va Xitoyda Chju Yuan-Chjan boshchiligida dehqonlar qo’zg’oloni butun mamlakatni qamrab oladi

5. Quyidagi qaysi voqealar orasidagi farq ikki asrni tashkil etadi?

A) Mali davlati aholisi islom dinini qabul qildi va Yaponyada Mulkchilik munosabatlarining shakllanish jarayoni tugadi

B) Germaniyada Fridrix I Barbarossa hukmronligi boshlandi va Germaniya shaharlari Ganza ittifoqiga birlashdilar

C) Angliyada parlament qonunlar ishlab chiqish va qabul qilishda qatnashish huquqini qo’lga kiritdi va Angliyada Robin Gud boshchiligidagi dehqonlar qo’zg’oloni bo’lib o’tdi

D) Fransiyada yangio o’zlashtirilgan yerlarda denqonlar qaramligi bekor qilindi va Mali o’z taraqqiyotining yuqori cho’qqisiga erishdi

6. Nemis feodallarining Boltiq boyidagi est va lit qabilalariga qarshi yurishidan ko’zlangan maqsadni aniqlang.

A) mahalliy aholini katolik diniga o’tkazish B) ruslarga qarshi kurashgda ittifoqchi bo’lishga ko’ndirish

C) Boltiq dengizidagi savdo yo’llari ustidan o’z nazoratlarini o’rnatish

D) Rus yerlariga bostirib kirishdan oldin qo’shinlarining orqa tomonini xavfsizlantirish

7. Quyidagi qaysi voqealar orasidagi farq ikki yilni tashkil etadi?

A) Vladimir Monamax Lyubech shahrida knyazlarning 1-syezdini chaqirdi va Urban II Klermon shahrida nutq so’zlab, Yevropa xalqlarini salib yurishlariga da’vat etdi

B)Anqara jangi bo’lib o’tdi va Kolyuchcho Salyutati vafot etdi

C)Xristianlik dinida dastlabgi bo’linish yuz berdi va Vilgelm I Angliya qiroli unvonini oldi

D)Koreyada Li sulolasiga asos solindi va Amir Temur va To’xtamishxon o’rtasida dastlabki bo’lib o’tdi

8. Vladimir Monamaxning Lyubech shahrida knyazlarning birinchi syezdini chaqirishdan maqsad nima edi?

A) o’zaro qonli urushlarga chek qo’yish B) har kim o’z yeriga egalik qilishi

C) qipchoqlar hujumlariga qarshi ittifoq tuzish D) keng ko’lamli bosqinchilik urushlarini olib borish

9. Yevropada aniq vaqt haqidagi tushuncha qachon tarqala boshlagan edi?

A) o’rta asrlar so’ngida B) antic davrda C) Iso tug’ilgan davrda D) o’rta asrlar boshida

10. Qaysi javobda nomlari keltirilgan sahxslar XIV-XV asrlar Yevropadagi ilk uyg’onish va gumanizm davri vakillari hisoblanadi?

A) Avitsenna, Alkuin, Eyngard B) Eyngard, Bakachcho, Alkuin

C) Bekon, Robert de Sarbonn, Salyutati D) Petraraka, Bokachcho, Salyutati
11. Quyidagi qaysi shaxs Angliyadagi “Qizil va oq gular urushi” (1455-1485) dan keyin hokimyat tepasiga kelgan?

A) Buyuk Alfred B) Genrix VII Tyudor C) Genrix VIII Tyudor D) Richard II

12. O’rta asrlarda ochilgan quyidagi universitetlarni hududlari bilan o’zaro muvofiqlshtiring.

1) Italiya 2) Ispaniya 3) Fransiya 4) Angliya

a) Tuluza b) Kembridj C) Valensiya D) Bolonya

A) 1-d,2-c,3-a,4-b B) 1-a,2-c,3-d,4-b C) 1-c,2-a,3-b,4-d D) 1-b,2-c,3-d,4-a

13. Quyidagilardan noto’g’ri javobni aniqlang.

A) XIV asr boshlarida Kiyev knyazligining Tver va Moskva shaharlari Rus yerlarining yangi markazlari sifatida yuksala boshlaydi

B) Knyaz Meshko I o’z qo’shini bilan xristianlikni qabul qilgan

C) XIV asr o’rtalarida Oltin O’rda siyosiy nizolar davriga kirdi

D) XII asr o’rtalarida Rusda 15 ta mustaqil knyazlik bo’lgan edi

14. Amir Temurning Oltin O’rda ustidan Qunduzcha va Tarak daryosi bo’yidagi janglardagi g’alabalari natijasida…

1) Rus yerlarini mo’g’ullar zulmidan ozod etdi 2) Moskva Oltin O’rdaga boj-yasoq to’lamay qo’ydi 3) To’xtamish hukmronligi qayta tiklandi 4) Sharqiy Yevropa xalqlarini mo’g’ullar zulmidan ozod etdi 5) Rus yerlari va Sharqiy Yevropa xalqlarini Amir Temurga qaram qilib qo’ydi 6) Boyazid Yildirimga zarba berish uchun yetarlicha ittifoqchilar topildi

A) 1,4 B) 2,5 C) 3,6 D) 4,6

15. Nima sababdan Italiya G’arbiy Yevropadagi Uyg’onish davrining vatani hisoblanadi?

A) G’arbiy Yevropadagi boshqa davlatlarga nisbatan Italiyada sanoat to’ntarishining tugallanishi ertaroq yuz bergan

B) Italiyada konstitutsiyaviy monarxiya tuzumi tashkil topgan

C) G’arbiy Yevropaning boshqa davlatlariga nisbatan Italiyada kapitalizm ertaroq vujudga kelgan

D) O’rtayer dengizida Italiyaning hukmron mavqeyi yuqori bo’lgan va Atlantika okeanidagi savdoda yetakchilik qilgan

16. Germaniya tarixidagi XII-XV asrlardagi ma’lumotlaridan noto’g’risini aniqlang.

A) Fridrix II ning Palermodagi saroyi arab xalifalarining saroylarini eslatar edi.

B) Neapol universiteti cherkovyoki shahar kengashi tomonidan emas, hukmdor tomonidan tashkil etilgan universitet edi.

C) Lenyano jangidan keyin Fridrix I shimoliy Italiya shaharlariga kommuna-erkinlik huquqini berishga majbur bo’ladi.

D) Reyn daryosi bo’ylab joylashgan g’arbdagi shaharlar Kyoln, Vorms, Strasburglarda metal ishlab chiqarish va movut to’qish rivojlangan.

17. G’arbiy Yevropa madaniyati qaysi asrlarda yuksala boshlagan?

A) XI-XII asrlarda B) XIV-XV asrlarda C) XII-XIII asrlarda D) XIII-XV asrlarda

18. Mo’g’ullar qaysi hududga hujm qilganlarida dushman askarlarini otliq qo’shin harakati uchun qulay maydonga chiqarib, tor-mor qiladilar?

A) Rus yerlariga B) Xitoyga C) Movarounnahrga D) Arab xalifaligiga

19. Venetsiyalik savdogar va sayyoh Marko Polo o’zining “Marko Polo kitobi” da Uzoq Sharq va Xitoyda ko’rganlarini tasvirlagan yillar oralig’ida bo’lib o’tgan voqeani belgilang.

A) Ivan Kalita knyazlik taxtiga o’tirdi B) Filipp IV Fransiya taxtini egalladi

C) Angliyada jon solig’I uch barobar oshirildi D) Iogann Guttenberg kitob bosish dastgohini kashf qildi

20. Oltin O’rda tumanboshisi Mamay ustidan g’alaba qozongan Donskoydan so’ng, oradan ikki yil o’tib To’xtamish yanamo’g’ullar hukmronligini o’rnatdi. To’xtamish hukmronligi rus knyazliklarida qancha vaqt davom etdi?

A) 15 yil B) 11 yil C) 17 yil D) 20 yil

21. Botuxonning Sharqiy Yevropada istilochilik yurishlari qancha vaqt davom etgan?

A) 7 yil B) 5 yil C) 12 yil D) 3 yil

22. Yevropada dastlabki banklar paydo bo’lgan davrda …

A) Dehli sultonligining barcha hududlarida musulmonlar hokimyati uzil-kesil o’rnatildi

B) yapon qishloqlarida ocharchilik tez-tez takrorlanib turdi

C) Fransiyaning qator shaharlarida senyorlarga qarshi kurash bo’lib o’tdi

D) G’arbiy Yevropa madaniyati yuksala boshladi

23. 30 yil hukmronlik qilgan humdorlar ro’yxati qaysi qatorda to’g’ri ko’rsaqtilgan.

A) Lyudovik XI, Ivan Kalita B) Fridrix I, Ioann C) Usmon I, Karl VII D) O’zbekxon, Mexmet II

24. O’rta asrlarda yevropaliklar uchun dunyoga darcha ochgan…

A) renessans B) dengiz yo’llarining ochilishi C) savdo-sotiq va hunarmandchilikning rivojlanishi D) salib yurishlari

25. Rus yerlarida mo’g’ullar hukronligi qancha vaqt davom etgan?

A) 243 yil B) 238 yil C) 257 yil D) 260 yil

26. Quyidagi voqealarni xronologik ketma-ketlikda muvofiqlashtiring.

1) nemislar qo’shini Pskovni egalladilar; 2) “Muz ustida jang” nomli jang bo’lib o’tdi; 3) Voja daryosi bo’yida jang bo’lib o’tdi;

4) nemis ritsarlari Novgorod chegaralariga yaqinlashdi 5) Don daryosi sohilidagi Kulikovo maydonida jang bo’lib o’tdi; 6) knyaz Aleksandrga Nevskiy nomi berildi; 7) Qunduzcha jangi; 8) Botuxonning Sharqiy Yevropada istilochilik urushlari boshlandi;

A) 1,4,6,8,2,5,3,7 B) 7,1,4,2,3,6,8,5 C) 5,6,7,4,2,1,3,8 A) 8,1,6,4,2,3,5,7

27. Novgorod qachonga kelib uzil-kesil feodal respublikaga aylandi?

A) 1136-yil B) XI asrda C) Lyubechdagi syezddan so’ng D) Botuxon bosqinlaridan keyin

28. XIV asrdan boshlab quyidagi qaysi hududlar Rus yerlarining birlashuviga asos bo’lgan?

A) Kiyev, Galich-Volin B) Novgorod, Novi-Pazar C) Vladimir-Suzdal, Moskva D) Vladimir-Suzdal, Kiyev

29. O’rta asrlarda kollejlarga asos bo’gan atama yangi davrda Rossiyada qanday vazifa bajargan?

A) senat B) vasilevs C) aktyor D) vazirlik

30. Gotika uslubida qurilgan Fransiyadagi eng mashhur inshootlarni belgilang.

1) Ruan; 2) Reyms; 3) Puate; 4) Laax; 5) Shartr; 6) Klyuni; 7)Bibi Maryam ibodatxonasi; 8) Shpeyer; 9) Vorms;

10) Maynts

A) 3,5,8,9 B) 2,4,6,8 C) 7,8,9,10A) 1,2,5,7




Yüklə 116,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin