7-sinf “Jahon tarixi” fanidan eng yangi test variantlari (2017 – yilgi nashr asosida) I bob. O’rta asrlarning ilk davri


-40-41-42-43-44-§. YAPONIYA. KOREYA. HINDISTON. AMERIKA O’RTA ASRLARDA. AFRIKA XALQLARI O’RTA ASRLARDA. OSIYO, AFRIKA, AMERIKA XALQLARI MADANIYATI



Yüklə 116,05 Kb.
səhifə14/15
tarix02.01.2022
ölçüsü116,05 Kb.
#47382
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
mavzulashtirilgan test M.M.Turdiyev 7 Jahon 2021-2022

39-40-41-42-43-44-§. YAPONIYA. KOREYA. HINDISTON. AMERIKA O’RTA ASRLARDA. AFRIKA XALQLARI O’RTA ASRLARDA. OSIYO, AFRIKA, AMERIKA XALQLARI MADANIYATI.

1. So’ngan imperiya haqidagi xotiralar ushbu asrda ham G’arbiy Yevropaning turli xalqlari va qabilalari xotirasida saqlanib qolgan davrda yuz bergan voqealarni belgilang?

1) Koreys milliy universitetiga asos solinadi; 2) Bog’dod akademiyasi tashkil etildi; 3) Xanlin akademiyasi ish boshladi; 4) Vizantiyada “Ziroatchilik qonunlari” yozildi; 5) Bolgariya davlati tashkil etildi; 6) Rim papasi viloyati tashkil topdi; 7) Aksum qo’shinini Arab xalifaligi lashkari mag’lubiyatga uchratib, Arabiston yarimorolining janubidagi yerlaridan mahrum qilishi ; 8) Karl Franklar qirolligini boshqarishni boshladi;

A) 1,2,4,6,8 B) 1,3,4,6,8 C)1,3,5,7,8 D) 1,2,5,7,8

2. Viloyat noiblarining mustaqil boshqarishga intilishi aksari hollarda mamlakatni siyosiy tarqoqlikka olib kelgan davlatga oid ma’lumot berilgan qatorni toping?

A) XI-XII asrlarda yer egaligi munosabatlari uzil-kesil shakllangan

B) Sultonlikning barcha hududlarida musulmonlar hokimyati uzil-kesil shakllangan

C) XV asr davomida qaram dehqonlar to’lov evaziga ozodlikka erishgan

D) X-XI asrlarda qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik va savdoning o’sishi boshlandi

3. Dehli sultonligida kimning davriga kelib Hindiston yarimoroli to’liq birlashtirilgan?

A) Aloviddin Xiljiy B) Feruzshoh Tug’luq C) Qutbiddin Oyboq D) Muhammad Tug’luq

4. Koreyada Sechjon Buyuk davrida ilk bor milliy koreys universitetiga asos solinib, unda …o’rgatilgan?

A) xitoy adabiyoti B) koreys adabiyoti C) yapon adabiyoti D) arab adabiyoti

5. Silla qirolligi qachonga kelib Koreya yarimorolini o’z hokimyati ostida birlashtirgan?

A) VII asrda B) VIII asr o’rtalari C) IX asr birinchi yarmi D) X asr

6. Aholining asosiy qismi qishloqlarda yashovchi jamoalardan, jamoalar o’z navbatida , yirik patriarxal oilalardan tashkil topgan tashkil topgan davlat tarixiga oid ma’lumot to’g’ri berilgan qatorni toping?

A) Shaharlarda hashamatli saroy, masjidlar quriladi, hunarmandchilik va savdo rivojlanadi, biroq ijtimoiy hayotda qabila zodagonlari mavqeyi saqlanib qolinadi

B) Bu davlat Afrikaning sharqida Misr, Arabiston va Hindiston bilan savdo aloqalari ta’sirida tashkil topgan

C) VII asrda ushbu davlat qo’shinini Arab xalifaligi lashkari mag’lubiyatga uchratib, Arabiston yarimorolining janubidagi yerlaridan mahrum etgan

D) Arabiston bilan aloqalar qadimdan yaxshi bo’lgan, sulolaning nomi esa tarixiy asosga ega bo’lgan

7. Quyidagilardan noto’g’ri javobni aniqlang.

A) Musulmonlar bosib olgan hududlarda Dehli sultonligi tashkil topadi

B) Qutbiddin Oyboq qo’shini asosini turkiy qabilalardan tuzilgan suvoriylar tashkil etgan

C) Muhammad Tug’luq tomonidan amalga oshirilgan harbiy islohot shimoldan mo’g’ullar hujumlarini qaytarish imkonini beradi

D) XII-XIII asrlarda Dehli sultonligining barcha hududlarida musulmonlar hokimiyat uzil-kesil o’rnatiladi

8. Quyidagi Dehli sultonlaridanq aysi biri harbiy islohot o’tkazgan?

A) Feruzshoh Tug’luq B) Alouddin Xiljiy B) Muhammad Tug’luq D) Mahmud Sulton

9. Qaysi Amerika xalqlari o’ziga xos yerlar ya’ni tomorqalar tarmog’ini joriy qilishgan?

A) asteklar B) mayyalar C) inklar D) songailiklar

10. Amir Temur Dehli sultonligiga bostirib kirgan yildan qirq yil oldin qaysi davlatda kambag’al dehqonlar qo’zg’oloni bo’lib o’tgan?

A) Xitoyda B) Fransiyada D) Angliyada D) Koreyada

11. Yevropada ilk marotaba yer-mulk va aholi ro’yxati o’tkazilgan yildan o’n yil avval qaysi davlat o’ziga qo’shni bo’lgan davlat tomonidan talanadi?

A) Koreya B) Bolgariya C) Gana D) Fransiya

12. Qaysi koreys yarim orolidagi davlat ko’chmanchi kidanlar zarbasidan parchalanib ketadi?

A) Parxe qirolligi B) Silla qirolligi C) Choson qirolligi D) Pekche qirolligi

13.Qutbiddin Oyboq qanday masalalarda yirik zamindorlar madaddiga tayangan?

A) xalqni qattiq itoatda tutish va soliq yig’ish B) qo’shin to’plash va qurilish ishlariga safarbarlik qilish

C) qurilish ishlariga safarbarlik qilish va soliq yig’ish D) davlat xarajatlarini va maxsus qo’shinni ta’minlash

14. XIV-XV asrlarda Amerika xalqlaridan qaysi birlari boshqalariga nisbatan tibbiyot sohasida anchagina mohir bo’lishgan?

A) mayyaliklar B) inklar C) asteklar D) tolteklar

15. Olimlarning fikrichaAmerika qit'asiga dastlabki odamlar qayerdan o'tishgan?

A) Sharqiy OsiyodanAdan bo'g'ozi orqali; B) Shimoliy Osiyodan Bering bo'g'ozi orqali; B)Sharqiy Osiyodan Bering bo'g'ozi orqali; D) Shimoliy Osiyodan Suvaysh kanali orqali;

16. Quyidagi voqealardan qaysi biri Dehli sultoni Shamsiddin Eltutmish hukmronligi davri oralig’ida bo’lib o’tgan? A) Mog’ullar tomonidan shimoliy Xitoy hududlari egallandi B)Knyaz Dolgorukiy tomonidan Kiyev shahri egallandi C) Innokentiy III ning papalik davri boshlandi. D) Mali hukmdori Sundiata Keyt taxtga 17. O’rta asrlarda Afrikaning qaysi davlatida jamiyatda qullarga munosabat o’ziga xos bo’lib,xorijdan keltirilgan qullar xo’jaliklarda oila a’zolaridek yashaganlar?

A)Gana B)Aksum C)Songai D)Mali

18. O’rta asrlarda qayerlik tabib ,olim,hunarmandlar hozirgi Yaponiyaning ijtimoiy-madaniy hayoti asoslari shakllanishiga kata ta’sir ko’rsatgan?

A)xitoylik B)koguryolik C)pekchelik D)sillalik

19. O’rta asrlarda Xitoylar yaponlardan nimalarni ishlab chiqarishni o’zlashtirib olganlar? A) tegirmon qilishni, javdar qilishni B) shoyi,ipak,metalalr,lak ishlab chiqarish

C) qog’oz, mum, taxta ishlab chiqarish D) bo’z, har xil gazlama, tegirmon qilish 20. Dehli sultoni Alouddin Hiljiy qanday tadbirlarnni amalga oshirgan?

1)islohotlar o’tkazib, davlat xazinasi daromadlarini oshiradi; 2) kuchli qo’shinlar tuzib, o’zboshimcha feodallarni bo’ysundiradi; 3) davlat poytaxtini Davlatobod shahriga ko’chiradi; 4) kumush tanga pullar zarb qildirdi.

A)1,4 B)1,2 C)3,4 D)2,4

21. Muhammad Tug’luq o’z hukmronligini nimadan boshladi? A) kumush tanga pullar zarb qildirishdan B)otasi paytida mustaqillik yo’lini tutgan knyazliklarni bo’ysundirishdan

C)davlat xazinasi daromadlarini oshirishdan D) davlat poytaxtini Davlatobod shahriga ko’chirishdan

22. Feruzshoh Tug’luq davriga oid voqealarni ko’rsating?

1) islohotlar o’tkazib davlat xazinasi daromadlarini oshiradi; 2) kuchli qo’shin tuzib,o’zboshimcha feodallarni bo’ysundiradi; 3) davlat poytaxtini Davlatobod shahriga ko’chirdi; 4) soliqlar kamaytirilib,davlat yerlari dehqonlarga ijaraga bo’lib beriladi;5) qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik yuksaldi; 6)oqilona boshqaruvi sultonga xalq homiysi sifatida shuhrat keltiradi. 23. Buyuk Alfred Daniyaliklar bilan sulh tuzgandan 400 yil o’tib… .

1) Berka Sulton halok bo’di; 2) Xitoyni mo’g’ullar to’liq bo’ysundiradi; 3)Xitoyda Sun sulolasining hukmronligi yakun topdi; 4) Chju Yuan Chjan qo’zg’olon ko’tardi; 5) Xitoyda Yuan sulolasining hukmronligi o’rnatildi.

A)1,2,5 B)2,4 C)1,5 D)2,3,5

24. Mali davlatiga xos bo’lgan javobni aniqlang. A) Dastlab 1-ming yillik boshlarida maliliklar tuzgan davlat birlashmasi Gana ta’sirida bo’lgan B) Marokash sultoni Malida yuz bergan qurg’oqchilik va tabiiy ofatlardan foydalanib uni bosib oldi C) Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida Mali XIII asrda o’z taraqqiyotining cho’qqisiga erishadi D) Malining daromad manbalaridan biri savdodan keladigan boj to’lovlari edi 25. O’rta asrlarda yashagan Afrika xalqlari tomonidan tayyorlangan qanday buyumlar odamlarni hozirgi kungacha hayratlantirib kelmoqda? A) tovusdek tovlanuvchi matolar va fil suyagidan yasalgan taqinchoqlar B) oltin va kumushdan yasalgan uy-ro’zg’or buyumlari va toshdan yasalgan shaxmat donalari C) yog’och va jezdan yasalgan haykallar va niqoblar D) jezdan ishlangan podsho va ayonlarning bo’rtma rasmlari va suyakdan yasalgan buyumlar 26. Koreya tarixiga oid noto’g’ri javobni aniqlang.A) IV asr boshlarida Koguryo har jihatdan rivojlangan davlatga aylanadiB) Koreya yarim orolining janubiy qismida III-IV asrlarda Pekche davlati vujudga keladiC) Parxe qirolligi o’ziga qo’shni bo’lgan Yaponiya bilan elchilik aloqalarini o’rnatadiD) O’zaro kurashlar va ichki nizolar mil.avv. I asrda Qadimgi Chosonni uch qirollikka bo’linib ketishiga olib keladi 27. Amerika xalqlaridan qaysi birlari qush patlaridan tovus kabi tovlanadigan kashtalar tikishda mohir bo’lishgan? A) mayyaliklar B) inklar C) asteklar C) tolteklar 28. 1414 yilda Sayyidlar sulolasi hokimiyat tepasiga kelgan mamlakatda ilk sivilizatsilarga qachon asos solingan? A) mi.avv.IV asrda B) mil.avv.VII asrda C) mil.avv. III ming yillikda D) mil.avv. III asrda 29. Inklar tomonidan Kusko shahriga asos solingan davrda Fransiyada…

A) Dehqonlar to’lov evaziga ozodlikka chiqa boshlashdi B) Qishloq xo’jaligi, savdo va hunarmandchilikning o’sishi boshlandi C) Viloyatlar o’rtasida mehnat taqsimoti kuchaydi D) Fransiyada feodallar o’z yerlarini dehqonlarga ijaraga bera boshladilar 30. O’rta asrlarning ayni bir vaqtiga taalluqli ma’lumotlarni belgilang. A) Xitoyda ekin maydonlarining yarmi yirik zamindorlar qo’liga o’tadi va G’aznaviylarning Hindiston shimoliga o’n yetti marotaba harbiy yurishlari uyushtiriladi. B) G’arbiy Yevropada savdogar negosiant va bankirlar burjuaziyaning yuqori qatlamiga aylana borishadi va Savdo yo’llari ustidan nazorat Afg’onistondan Eronga o’tadi. C) Germaniyaning shimolidagi shaharlar Ganza ittifoqiga birlashadilar va Yevropada kitob bosish dastgohi yaratiladi. D) Choson qirolligi iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksaladi va Fransiya yaxlit markaziy hokimiyatga bo’ysundiriladi.



Yüklə 116,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin