II bob. Ilk o’rta asrlar Osiyo
12-13-14-§. Hindiston. Xitoy ( IV-X asrlarda). Osiyo mamalakatlari madaniyati
1. Germanlar jamiyatida zodagonlar, erkin kishilar va yarim ozod kishilar toifalari shakllangan vaqtda qaysi davlatda yer egaligini munosabatlari vujudga keldi?
A) Arab xalifaligida B) Hindistonda C) Vizantiyada D) Xitoyda
2. Ilk o’rta asrdagi qaysi hudud olimlari o’zlari ishtirok etgan voqealarni batafsil bayon etishar, xarita va shahar chizmalarini chizishardiki, o’sha vaqtlarda Yevropaning boshqa qismida bunday ishlar qilinmagan edi?
A) Arab xalifaligida B) Hindistonda C) Vizantiyada D) Xitoyda
3. Ilk o’rta asrlarda Xitoy, Afrika, Arabiston va O’rta Osiyolik savdogarlar Hindistondan qanday turdagi mahsulotlarni xarid qilish maqsadida kelishardi?
1. mato; 2.zargarlik buyumlari; 3. teri-konchilik mahsulotlari; 4. atir-upalar; 5. guruch; 6. ziravorlar;
A) 1,2,3,4 B) 2,4,5,6 C) 2,3,5,6 D)1,2,4,6
4. Xitoy imperatorlari 668-yilda qayerga qarshi urush boshlaydi?
A) Koreya B) Gaochan C) Yaponiya D) Indoneziya
5. O’rta asrlarda qaysi davlatda sex a’zosi bo’lish majburiy etib qo’yilgan?
A) Fransiyada B) Arab xalifaligi C) Xitoyda D) Hindistonda
6. Quyidagi ma’lumotlardan noto’g’risini aniqlang.
A) Arablar tabiiy va qo’lda tayyorlangan tosh ustunlarni ezozlashgan, ularni ilohlar uyi va siymosi deb bilishgan.
B) Eng qadimgi yozuvlardan birini yaratgan xitoyliklar undan hozirga qadar foydalanib kelmoqdalar
C) Xalifalik tarkibiga kiruvchi noibliklarda ham soliqlar joriy etilgan
D) Muhim ilohlardan biri dehqonchilik va hosildorlik xudosi Astar “Tongi yulduz” ko’rinishida tasavvur
7. O’rta asrlarda mavjud quyidagi qaysi davlatda tarixiy solnomalar tuzishga alohida e’tibor berilgan?
A) Xitoy B) Angliya C) Arab xalifaligi D) Hindiston
8. Mo’lton o’rta asrlarda qaysi hududda joylashgan edi?
A) Xitoy B) Hindiston C) Arab xalifaligi D) Vizantiya
9. Quyidagi fikrlarni o’zaro muvofiqlashtiring.
Tabiblar murakkab jarrohlik asboblari va og’riqni bosadigan dori-darmonlar ko’magida jarrohlik muolajalarini o’tkazganlar. Davolashda maxsus tayyorlangan suyuq va quyuq dorilardan foydalanilgan (a); Murakkab jarrohlik muolajalarini o’tkazib, turli o’simliklarning shifobaxsh xususiyatlarini aniqlab, ulardan dori-darmonlar tayyorlaganlar (b)
1) Germanlar 2) Xitoyliklar 3) Inglizlar 4) Hindlar 5) Arablar
A) 1-a, 2-b; B) 5-b, 4-a; C) 2-b, 4-a; D) 3-a, 2b;
10. Xitoyda shahar hunarmandlari kasb uyushmalari (sexlar) ni tuza boshlagan davrda…
A) Xitoyda tog’-konchilik sohasi, chinni va sopol buyumlr ishlab chiqarish yuksalgan
B) Angliya qirolligi Daniya qonunlari viloyatini qo’shib oladi
C) Musiqachi va qo’shiqchi Ziryab yashagan
D) arablarda aholi soni ko’payib, qabilalar o’rtasida suv manbalari va yaylovlar uchun kurash kuchaygan
11. VIII asrda tashkil etilgan Xanlin akademiyasi qay tariqa vujudga keldi?
A) Arablardagi “Bayt ul-hikma” negizida B) Solnomlar tuzishga e’tibor berish natijasida
C) Yirik shaharlarda maktablar tashkil etilib, bo’lajak amaldorlar tayyorlash natijasida
D) Imperator saroyida olimlarning oliy yig’inlari tashkil etilishi natijasida
12. Xitoyda qachnga kelib yerga egalik munosabatlari shakllana boshlagan?
A) milodiy III B) mil.avv III C) IV asr so’ngida D) VII-VIII asrlarda
13. VI asrning ikkinchi yarmiga kelib Xitoyning birlashuviga turtki bo’lgan omil – bu …
A) yer egaligi munosabatlari shakllanishi B) to’rt asr davomida iqtisod va madaniyatning rivojlanishi
C) Ichki boshboshdoqlikning tugatilishi D) Turk xoqonligining hujmi xavfi
14. Astronomlarning tadqiqotlari ularga yerning aylana shaklda ekanligi va o’z o’qi atrofida aylanishi faraziga kelish imkonini bergan (a); Rassomchilikning devoriy rasmlar chizish sohasi ayniqsa rivoj topgan (b); yirik yer egalari tabaqasi dehqonlarning soliq to’lashidan tashqari mehnat majburiyatlarini o’tashni ham joriy etganlar (c); Istilo etilgan mamlakat hukmdorlari, janglarda halok bo’lgan amaldorlar, hokimyat vakillari yerlari davlat xazinasi ixtiyoriga o’tgan (d); yirik feodallar viloyatlarga egalik qilsalar, mayda feodallarga ma’lum qishloq yoki uning bir qismi taqdim etilishi mumkin bo’lgan(e);
1) Hindiston 2) Franklar 3) Arab xalifali 4) Xitoy 5) Angliya
A) 1-a,d, 2-b,3-d,4-e; B) 1-a,2-d,e,3-b,5-d; C) 1-b,2-ad,4-c,5-e D) 1-a,c,2-e,3-d,4-b;
15. Buddizmning tarqalishi nafaqat xitoyliklar hayotiga, balki ularning…
A) pantamimo – imo teatriga ham ta’sir ko’rsatgan B) me’morchiligiga ham ta’sir ko’rsatgan
C) qadimgi davrda paydo bo’lgan yozuvlariga ham ta’sir ko’rsatgan
D) siyosiy jihatdan birlashuviga ham ta’sir ko’rsatgan
16. Quyidagi qaysi davlatda o’rta asrlarda dengiz va daryo portlarida, xomashyo serob joylarda, savdo-hunarmandchilik yuksalib yangi shaharlar paydo bo’la boshlaydi?
A) Xitoy B) Arabiston C) Hindiston D) Angliya
17. Voqealarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring.
1) Arab xalifaligining parchalanishidan vujudga kelgan musulmon davlatlari hukmdorlari Hindistonga yurish boshladi2) Xitoyliklar selitradan porox olishni kashf qilishdi 3) Ajanta (Markaziy Hindiston) Ibodatxonasi qurib bo’lindi 4) kitoblar monastirlar kutubxonalarida saqlangan 5) Xitoyda shaharlar birmuncha yuksala boshlandi 6) Pekinda “Poytaxt axboroti” nomli gazeta chiqarila boshlandi 7)Platon Afina akademiyasiga asos 8) Bolgariyada Simeon hukmronligi davri boshlandi
A) 5, 3,2,1,4,7,6,8 B) 7,5,3,6,8,2,1,4 C) 7,5,3,2,8,6,1,4 D) 5,3,2,1,7,4,6,8
18. Xitoyda…imperatorlari shahrda kechasi ko’chaga chiqiqshni taqiqlaydi. Kechasi shahr darvozalari yopib qo’yilgan; shahar devoridan oshib o’tganlar 70 darra kaltaklanishi joriy etilgan.
A) Suy sulolasi B) Tan sulolasi C) U Day D) Sun sulolasi
19. VII asrda Hinsistonda bo’lgan Xitoy tarixchisi…ning yozishicha, unda 70 dan ortiq katta-kichik knyazliklar bo’lgan.
A) Syuan Szyan B) Chjan Syan C) Chjan Xe D) Sim Syan
20. Xitoyga oid ma’lumotlardan to’g’risini toping.
A) Sin Shixuandi o’z davlati hududini 37 ta viloyatga taqsimlagan
B) milodning boshlarida Xitoyda “qizil ko’ylaklilar” qo’zg’oloni bo’lib o’tgan, qo’zg’olon ko’targanlar o’z odamlarini chalkashtirib qo’ymasliklari uchun shunday kiyim kiygan edilar
C) Butun Shimoliy Xitoy Chjou davlati tarkibiga kirar edi
D) Guanchjou shahri qadimda Panyuy deb atalgan
21. Ilk o’rta asrlarda Xitoyda Buyuk kanal qurilishidan ko’zlangan maqsadni aniqlang.
A) Suy sulolasi o’z kuch-qudratini namoyish etish va G’arbiy turk xoqonligi zulmidan ozod bo’lish
B) Xitoyning sharqiy qismini dengizga chiqiqshiga sharoit yaratish va Yaponiya bilan savdo-sotiqni rivojlantirish
C) Mamlakat viloyatlari orasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, Xuanxe va Yansizi daryolari oralig’idagi hududlarni savdo-sotiq munosabatlariga tortish
D) mamalakat miqyosida yagona suv yo’lini barpo etish va Hindiston bilan savdo aloqalarini kengaytirish
22. Qadimda o’ziga xos yuksak madaniyat yaratilib, mahalliy aholining kundalik hayoti ziroatchilik, hunarmandchilik, binokorlik va boshqa sohalar bilan bo’g’liq bo’lib, ilmiy bilimlarning rivojlanishini taqoqzo etgan davlat tarixiga oid to’g’ri ma’lumot berilgan qatorni toping.
A) Sharq xalqlari ertaklarida afsonaviy boyliklar mamlakati sifatida tasvirlangan
B) Yirik shaharlarda maktablar tashkil etilib, ularda bo’lajak amaldorlarni tayyorlashgan
C) tabiiy va qo’lda tayyorlangan tosh ustunlarni e’zozlashgan, ularni ilohlar uyi va siymosi deb bilishgan
D) O’rta asrda shishasozlik, kulolchilik va bo’yoq tayyorlash bu davlatga shuhrat keltirgan
23. Qaysi javobda Ajanta ibodatxonasi haqida berilgan ma’lumotlar to’g’ri ko’rsatilgan.
1) g’or ichiga o’yib ishlangan; 2) mil.avv IV-III asrlarga oid; 3) mil.avv II- milodiy VII asrlarga oid; 4) jezdan yasalgan podsho va a’yonlari bo’rtma rasmlari topilgan; 5) 29 xonadan iborat; 6) xudolar, odamlar va hayvonlarning tosh va jezdan yasalgan ajoyib haykallari o’rnatilgan; 7) jezdan ishlangan jangchi-nog’orachi bugunga qadar saqlanib qolgan;
A) 1,2,5,6 B) 2,4,5,7 C) 1,3,5,6 D) 3,4,6,7
24. …da shakllangan ijtimoiy munosabatlar sof feodal ko’rinishda bo’lmasdan, qulchilik udumlari ham ma’lum darajada saqlanib qolgan. Ammo qullar mehnatidan ishlab chiqarishda emas, ko’pincha uy yumushlarida foydalanishgan. Xo’jayin qulni ygulik bilan ta’minlashdan tashqari, unga yilda bir marta kiyim ham olib bergan.
A) Arabiston B) Vizantiya C) Hindiston D) Xitoy
25. Hindistonda patta (“yorliq” yoki “yorliqqa olingan yer”) kimlarga berilgan?
A) O’z xonadoniga mansub bo’lmagan amaldorlarga B) erkin dehqonlarga
C) alohida xizmat ko’rsatgan kishilarga D) davlat xizmatidagi amaldorlarga
26. Quyidagi sulolalarni o’zaro davri bilan muvofiqlashtiring.
a) 589-618 b) 750-1258 c) 960-1279 d) 661-750 e) 618-907
1) ummaviylar2) Tan 3) abbosiylar 4) Suy 5) Sun
A) 1-d,2-e,3-b, 4-a,5-c B) 1-d, 2-a,3-c,4-b,5-e C) 1-b,2-a,3-c,4-d,5-e D) 1-c,2-d,3-a,4-b,5-e
27. Xitoyda qaysi sulola davriga kelib imperatorlar saroyida olimlarning oliy yig’inlari tashkil etilgan edi?
A) Suy sulolasi B) Tan sulolasi C) U Day D) Sun sulolasi
28. Xitoyda yozuv uchun bambuk o’rnida shoyidan faoydalanishga o’tilgan davrda…
A) qog’oz ixtiro qilindi B) Yunonistonda teatr vujudga keldi
C) Rimning barcha fuqarolari mavqeyidan qat’iy nazar teng huquqli deb e’lon qilindi
D) Buyuk Xitoy devorini qurish boshlandi
29. “Jon bir tanadan boshqasiga ko’chib o’ishiga e’tiqod qiluvchi” davlat tarixiga oid ma’lumotni toping.
A) me’morchilik O’rta asrlarda o’zining rang-barangligi bilan ajralib turgan
B) eng yirik bozozri joylashgan shahar suv va quruqlik yo’llari kesishgan joyda joylashgan edi
C) “Qirq yil qul bo’lib yashagandan bir kun ozozd bo’lib yashagn ma’qul” shioridagi qo’zg’olon bo’ldi
D) “grek olovi” davlatning janglardagi muvaffaqiyatini ta’minlagan
30. Buyuk ipak yo’li ustida joylashgan Gaochan davlati Xitoy tomonidan mag’lub etilgandan so’ng, qaysi xalqlarga qarshi uzoq yillar urushlar boshlanadi?
A) uyg’urlarga B) G’arbiy Turk xoqonligiga C) Koreyaga D) arablarga
Dostları ilə paylaş: |