II bob. Ilk o’rta asrlar Osiyo
10-11-§ Arabiston ilk o’rta asrlar boshida. Arab xalifaligi.
1. Arablardagi iqtisodiy inqiroz ularni yangi yerlarni istilo qilishga undab , qo’shni Vizantiya va Eron kabi davlatlardagi iqtisodiy tanglikdan tashqari yana qanday omil ularga qo’l keladi?
A) o’zaro urushlar B) kuchli qo’shining bo’lmasligi C) tabiiy ofatlar D) hokimiyat almashuvi
2. Arab xalifaligi tarixidagi ma’lumotlaridan noto’g’risini aniqlang.
A) Arablar tabiiy va qo’lda tayyorlangan tosh ustunlarni ezozlashgan, ularni ilohlar uyi va siymosi deb bilishgan.
B) Arablarning dinlari qo’shni semit xalqlari dinlari bilan ko’plab umumiylikka ega bo’lgan.
C) Quyosh xudosi dahshatli va halokatli hisoblangan.
D) Muhim ilohlardan biri dehqonchilik va hosildorlik xudosi Astar “Tongi yulduz” ko’rinishida tasavvur etilgan.
3. Quyidagi qaysi davlatda xattotlar yozish uchun zarur bo’lgan matn mazmuniga monand yozuvning turli uslublarini ixtiro qilganlar? A) Vizantiyada B) Slavyanlar C) Arablar D) Xitoyda
4. Arab yozuvi ixtiro qilingan hududda m.avv. II ming yillikda qanday nomdagi davlatlar bo’lgan?
A) Falastin va Frakiya B) Finikiya va Mitanni C) Xett podsholigi va Mitanni D) Urartu va Xett
5. Quyidagi voqealardan yuz yil farqlanishga ega bo’lganlarini belgilang.
A) Vladimir ruslarga xristianlikni qabul qildirdi, Yaroslav hukmronlik taxtini egalladi
B) Vatslav knyazlik taxtidan ketdi, Bobak boshchiligidagi qo’zg’olon nihoyasiga yetdi
C) Svyatoslav knyazlik taxtiga o’tirdi, Iroqning Kufa shahridagi qo’zg’olon boshlandi
D) Yustinian Velisariyni Shimoliy Afrikadagi vandallarga qarshi jo’natdi, Asparux taxtni egalladi
6. …Viantiyadan janubga, Afrikaga va Hindistonga boradigan karvon yo’li o’tardi.
A) Ikki daryo oralig’I bo’lgan hududlar B) Arabiston hududlari
C) Arabistonning janubi va g’arbi D) Gaochan atroflari
7. Ayni hududlar bistilo etilgach, arab zodagonlari xalifaga bosib olingan yerlarni taqsimlash taklifi bilan murojaat qilganlar. Shu hududlar tarixiga oid ma’lumotlarni to’g’risini toping.
A) Qadimda Mitanni podsholigi vujudga kelgan, Naqshi Rustam qoyalariga o’yib yozilgan bitiklar mavjud
B) Qadimda Finikya podsholigi vujudga kelgan, “podsho tirsagi” degan yagona o’lchov joriy etilgan
C) Husnixat san’atini egallaganlar yksak saviyadagi ma’lumotli va savodxon sanalgan, og’irlik o’lchovi “mino” 550 gramm kumushga barobar bo’lgan
D) Suza va Ekbatana kabiyirik savdo markazlari bo’lgan, Nefertiti ismli malikasi bo’lgan
8. Yevropa tibbiyoti qachongacha bilim va amaliy tavsiyalarni O’rta Osiyodan yetishib chiqqan allomalar – Ibn Sino va ar-Roziy asrlaridan olishgan?
A) XVI asr o’rtalari B) XVII asr o’rtalari C) XVIII asr o’rtalari D) XV-XVI asrlar
9. Xalifalikda qanday omil hunarmandchilik va savdoning yuksalishiga olib kelgan?
A) Karvon yo’li eronliklarga qarashli Ikki daryo oralig’iga siljishi
B) Aholi karvon yo’llaridagi savdogar va sayyohlarga xizmat qilishi
C) “Bayt ul-jikma” – “Donishmandlik uyi” tashkil etilishi
D) Aniq fanlar – matematika, astronomiya va geografiyaning taraqqiyoti
10. Arab xalifaligi siyosiy inqirozi boshlanishiga nima sabab bo’ldi?
1) xalq qo’zg’olonlari; 2) urushlar; 3) jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik; 4) hokimyat uchun kurash; 5) mo’gullar bosqini;
A) 2,3,5 B) 3,4,5 C) 1,3,5 D) 1,2,4
11. VIII-IX asrlarda istilo qilingan mamlakatlarda arablarga qarshi qator xalq qo’zg’olonlari bo’lib o’tgan. Shunday qo’zg’olonlardan biri O’rta Osiyoning janubida bo’ib o’tgan hudud haqida to’g’ri ma’lumotni belgilang.
A) “Oq kiyimlilar” qo’zg’oloni shu hududda avj olib, Eloq (Ohangaron) vodiysi va Shoshga ham ta’sir ko’rsatgan
B) arablar bu hududni 651-yil jangsiz egallaganlar
C) 715-yil boshida Qutayba bu hududni uzil-kesil egalladi
D) VII asr o’rtalarida bu hudud arablar tomonidan ikki bor talon-taroj qilingan
12. Quyidagi qaysi hududlar bo’ysundirilgach, Arab xalifaligiharbiy yurishlarini bizning o’lkamizga qaratdi?
1) Misr 2) Suriya 3) Finikiya 4) Falastin 5) Kavkazorti 6)Iroq 7) Mesopatamiya 8) Eron
A) 1,2,4,6,8 B) 2,4,5,6,8 C) 1,3,5,7,8 D) 4,5,6,7,8
13. Quyidagi Vizantiya imperiyasi bilan bog’liq voqealarni xronologik ketma-ketligi to’g’ri berilgan qatorni toping.
1. Konstantinopolda Magnavr oliy maktabi tashkil etildi 2. Vizantiyaga slavyan qabilalari ko’chib kelib o’rnasha boshladi 3. “Ziroatchilik qonunlari” yozildi4. Arab xalifaligi hujmlari natijasida Suriya va Misrni boy berdi
A) 2,4,3,1 B) 3,4,2,1 C) 1,3,2,4 D) 4,3,1,2
14. 786-809-yillar davomida Arab xalifaligini kim boshqargan?
A) Marvon II B) Horun ar-Rashid C) Umar ibn Abdulaziz D) Muoviya I
15. Arablarda VI asrda aholi soni ko’payib, qabilalar orasida suv manbalari va yaylovlar uchun kurash kuchaygan. Qanday omil ular o’rtasidagi ziddiyatlarni yanada keskinlashtirgan?
A) turli ilohalarga sig’inganligi B) ushlardagi o’ljalar hisobiga harbiy yo’lboshchilarning boyib borishi C) mulkiy tabaqalanishning kuchayishi D) yagona yo’lboshchining bo’lmasligi
16. Xalifalik qo’shinlari Shimoliy Afrikani to’liq bo’ysundirgan davrda…?
A) Birinchi mustaqil amirlik Qurdoba amirligi nomini oldi
B) arablar Movarounnahr hududini to’liq bosib olishga kirishdilar
C) Musulmon adabiyoti fors tiliga tarjima qilina boshlandi.
D) arablarda urug’chilik tuzumining inqiqrozi tezlashdi
17. Arablarga qarshi ko’tarilgan qaysi qo’zg’olon natijasida Ummaviylar hukmronligi tugatilib, xalifalikda boshqaruv yangi sulola – Abbosiylarga o’tadi?
A) Abu Muslim B) Kufa shahri qo’zg’oloni C) Muqanna qo’zg’oloni D) Bobak qo’zg’oloni
18. Arab xalifaligida hukm surgan Ummaviylar va Abbosiylar sulolasi davridagi dastlabki xalifalarni belgilang.
A) Muoviya I – Umar ibn Abdulaziz B) Horun ar-Rashid – Marvon II
C) Mu’tazid – Mansur D) Muoviya – Abul Abbos Saffoh
19. Arablarning asosiy mashg’ulotlari nima edi?
A) chorvachilik va dehqonchilik B) savdo karvonlariga xizmat qilish va baliq ovlash
C) chorvachilik, dehqonchilik va savdo karvonlariga xizmat qilish D) savdo-sotiq va hunarmandchilik
20. Quyida arablarga qarshi ko’tarilgan qaysi qo’zg’olon natijasida faqat ayrim shahar va qal’alar ichida qurshovda qolgan arab istilochilari katta o’lpon va e’tiborli vakillarini qo’zg’olonchilar ixtiyoriga garovga berish bilan jon saqlaydilar?
A) Muaqanna qo’zg’oloni B) Abu Muslim qo’zgoloni C) Rofe ibn Lays qo’zg’oloni
D) Sug’d ixshidi G’urak va Panjikent hokimi Divashtich boshchiligida qo’golon
21. Quyidagi voqealarning orasida olti yil farqlanishga ega bo’lganlarini belgilang.
A) Eron shohi Xisrav I Yamanni istilo qildi, Muhammad alayhissalomga Allohdan vahiy kela boshlgan
B) Muhammad payg’ambar Makkada tavallud topganlar, Muhammad (s.a.v) ning onalari Omina vafot etganlar
C) arablarning katta qismi musulmon bo’ldi, Umar xalifa bo’ldi
D) Bulg’or podshosi Asparux taxtga o’tirdi, arablar Maymurg’ga hujm uyushtirdilar
22. Quraysh qabilasi asosan qaysi hududda yashagan?
A) Makka B) Madina C) Yaman D) Hijoz
23. Toriq ibn Said boshchiligida arablar qo’shini Gibraltar bo’g’ozidan aylanib o’tib, Ispaniyani bosib olgan vaqtda…
A) Qutayba Naxshab va Keshni bosib oldi B) Xorazm shohi Chag’on Qutaybadan yordam so’rab murojaat qildi C) Muqanna tavallud topdi D) G’urak So’g’ podsho qilib ko’tarildi
24. Xalifalarni xalifalik davrlari bilan o’zaro to’g’ri muvofiqlashtiring.
1) Mu’tazid 2) Marvon II 3) Umar 4) Abul Abbos Saffoh
a) 744-750 b) 892-902 c) 750-754 d) 634-644
A) 1-b,2-a, 3-c,4-d B) 1-b, 2-a,3-c,4-d C) 1-b,2-a,3-d,4-c D) 1-b, 2-a,3-d,4-c
25. Arablar tomonidan qurilgan Al-Hamro saroyi qaysi hududda joylashgan?
A) Granada (Ispaniya) B) Kordova (Ispaniya) C) Qohira D) Ishbiliya (Seviliya)
26. Arab sayyohlari Yevropaliklardan bir necha asr avval qaysi hududlarda bo’lib qaytganlar?
A) Hindiston, Xitoy, Afrika va Sharqiy Yevropa B) Hindiston, Xitoy, Afrika va Sharqiy Afrika
C) Hindiston, Fors korfazi, Afrika va Shimoliy Amerika D) Xitoy, Afrika, Fors Korfazi va G’arbiy Yevropa
27. Arablarda xattotlik san’atining yuksalishiga Eron, Xuroson, Movarounnahr hududlarida yashagan aholi vakillarining qo’shgan hissasi beqiyos bo’lgan chunki…
A) bu hududlarda eng mashhur xattot va naqqoshlar yashab ijod qilishgan
B) bu hududlarning til va dini yaqinligi, madaniyatning mushtarakligi
C) bu hududda yashovchi aholi qaysi tilde so’zlashmasin, arab yozuvidan foydalangan
D) bu hududlarda dastlab arablar hokimyati o’rnatilganligi
28. Musulmon adabiyoti fors tiliga tarjima qilina boshlagan davrda …
1) Misr, Eron, Movarounnahr va Xuroson mustaqillika erishdi 2) Ispaniyada tashkil topgan amirlik Qurdoba nomini oldi 3) Konstantinopolda Magnavr oliy maktabi ochildi 4) Kiyev Rusining yuksalgan davri 5) Olga Konstantinopolga tashrif buyurib, xristianlikni qabul qildi 6) Meshko I Polsha davlatiga asos soldi 7) Bolgariya yirik davlatga aylandi 8) Germaniya aholisi imperatorga nisbatan o’z gersoglarining gapiga ko’proq quloq sola boshladi 9) Daniya qiroli ingliz sohiliga o’z qo’shinini tushirdi
10) Amvrosiy Avrelian britlarni birlashtirdi 11) Chexiya davlati tashkil topdi 12) arablar Movarounnahr hududini to’liq bosib olishga kirishdilar 13) Kiyev Rusi siyosiy tarqoqlik bosqichiga kirdi
14) Vizantiya Gibraltar bo’g’ozi ustidan nazorat o’rnatdi 15) Kirill va Mefodiy yunon alifbosi asosida slavyan yozuvini yaratdi 16) Konstantinopolda huquqshunoslik va falsafa fakultetlarida iborat universitet ochiladi
A) 1,3,4,9,12 B) 7,10,13,14,15 C) 1,2,5,6,16 D) 2,5,6,8,11,
29. Yaman arabcha “haq”, “baxtli” ma’nosini bildirgan. … tarixchilari Yamanni “Baxtli Arabiston” (Arabia felix) deb nomlaganlar.
A) Rim B) Yunon C) Arab D) Italyan
30. Arablarga qarshi ko’tarilgan Movarounnahr markazidagi qo’zg’olon davom etish muddaticha keladigan voqeani belgilang.
A) Chexiya knyazi Vatslav hukmronlik yillari B) Buyuk Karl imperatorligi davri
C) Svyatoslav vorisi Vladimir hukmronlik davri D) Rus knyazi Vladimir Monamax humronlik davri
Dostları ilə paylaş: |