Shaharlar va aholi punktlarini ko‘kalamzorlashtirish siste- masida o‘lchamlari bo‘yicha eng katta va ahamiyati bo‘yicha eng muhim o‘rinda parklar turadi. Bu keng ko‘kalamzor- lashtirilgan hududlar qoida bo‘yicha 5 ga dan kam bo‘lmaydi, shuningdek, u daraxt va butalarning ko*p turlari, xiyobonlar, yo‘laklar, maydonlardagi dekorativ gulzorlar kompozitsiyalari va chim bilan boyitilgan bo'ladi. Parklarda fontanlar, hovuz- lar, haykallar, har xil kichik arxitekturaviy shakllar joylashtiriladi.
Foydalanish xususiyatiga ko‘ra parklami ikki asosiy kate- goriyaga boiish mumkin: polifunksional parklar — funksional foydalanilishiga ko‘ra ko‘p tarmoqli, monofunksional parklar — funksional foydalanishning qandaydir tarmog'i rivojlantirilgan parklar.
Polifunksional parklarga shahar va tuman madaniyat va istirohat bog‘lari, ba’zan bir-biriga yaqin bo‘lgan aholi punktlari mayjud bo‘lgan shaharlar aglomeratsiya parklari kiradi
Monofunksional parklarga istirohat, tarixiy, memorial, etno- grafik, bolalar parklari; attraksionlar parklari, ommaviy tomosha parklari, shuningdek, maxsus parklar sirasiga kiruvchi dendro- paklar, ko'rgazma parklari, hayvonot bog'lari, sport parklari kiradi. Maxsus parklar turiga tematik parklar kiradi.
Yuqorida keltirilgan tasnif parkning xilma-xilligini chegara- lamaydi. Kelajakda shaharlarni ko'kalamzorlashtirish sistemasi- dagi o*mi va funksional vazifasiga ko*ra parklaming har xil turlari rivojlanishi mumkin.
Park tasnifini tanlashda uning geografik joylashuvi va park hududining landshaft xususiyatlari katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ko*p funksiyali parklaming ba’zi turlari quyida ко‘rib chi- qiladi. Madaniyat va istirohat bog‘lari umumiy parklar tipidir.
Shahar va tuman madaniyat va istirohat bog‘lari
Parkning bu o‘ziga xos turi dastlab turmush, madaniyat, maishiy xizmatning ijtimoiy shartlari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo'lgan ijtimoiy davlatlarda paydo bo'ldi. Madaniyat bog‘lari- ning ajralib turuvchi xususiyatlari bu keng ko'lamda madaniy- oqartuv va davolash-sog‘lomlashtirish ishlari bilan aholining ommaviy dam olishining uyg‘unlashuvi hisoblanadi.
Madaniyat bog'i bir-biridan qp‘hanilish xarakteriga ko'ra farq qiluvchi bir qancha hududlami o‘z ichiga olishi lozim. Masalan, ommaviy-tomosha hududi odamlar ko‘p to‘planadigan parkning markaziy qismida joylashishi kerak. Bu yerda uch- rashuvlar, tantanalar, mitinglar, kamavllar o‘tkazish uchun ochiq maydonlar loyihalash maqsadga muvofiq. Bu hududda tribuna, estrada sahnalari, orkestr uchun jdy, raqs maydonchasi, arg'imchoq va boshqa attraksionlar joylashtiriladi. Madaniy- oqartuv hududiga ko‘igazma pavilyonlari, kinoteatrlar, o‘quv zallari, klublar va h.k’ lar kiradi.
Jismoniy tarbiya va sport hududida voleybol, basketbol, tennis, gimnastik mashqlar maydonlari, shaharchalar, ba’zan fut- bol maydoni bb£lishi kerak.
Bolalar hududini odatda parkning tinchroq hududida ajratilgan holda joylashtiriladi va bolalar o'yinlari uchun maxsus moslamalar bilan jihozlanadi.
Madaniyat va istirohat bog'ida tinch dam olish hududi ham loyihalanadi. Bu hudud manzarali ko'rinishlar, toza havo bo‘lgan gamaka, kachalka, shezlonglarda yoki shunchaki maysa ustida dam olish mumkin bo‘lgan parkning tinch hududida joylashtiriladi.
Butun park hududi bo‘ylab tashrif buyuruvchilaiga xizmat ko‘rsatish uchun ovqatlanish joylari, ob-havo buzilganda pana joylar, ma’lumotlar berish joylari; va boshqa tarmoqlar tashkil etiladi.
Madaniyat va istirohat bog'larini rejalashtirishda aralash re- jalashtirish usuli tarqalgan:
muntazam rejalashtirish usuli odatda markaziy kirish, parkning tantanavor qismi, park inshootlari hududi, sport, attraksionlar hududi va boshqalar bo‘yicha loyihalanadi;
manzarali va landshaft hududi shovqinli magistrallar va faol hududlardan uzoqroq joylashtirilishini talab qiladi, shuning uchun bu hududni parkning shahar shovqiniga kamroq aloqador boshqa hududlariga, masalan, mahalliy o'tish yoilaii hududi yoki tabiiy landshaftlar bilan chegaralangan hududlarga o‘tish imkoniyati bo'lgan holda parkning o‘rtaroq qismiga joylashtirish Ifhi’qulroq; '
• markaziy madaniyat va istirohat bog'lariga uzoq masofa tufayli tez yetib borish ilojisi bo'lmagan katta shaharlarda uzoq tuman aholisi uchun tuman rejaviy parklari loyihalanadi.