8 – amaliy mashg’ulot
Tokarlik vintqirqish dastgohining tuzilishi va sozlanishi.
1.8.1-rasm.
16K20 rusumli tokarlik vintqirqish dastgohi
16K20 rusumli tokarlik vintqirqish dastgoh
hamma tokarlik operatsiyalarni,
parmalash ishlarini hamda besh xil (metrik, dyuymli, modulli, pitch va arximed)
rezbalarni ochish imkoniyatini beradi. Boshqa dastgohlardan shpindelning bikrligi
bilan ajraladi.
Shpindelning tezliklar soni – 23, aylanishlar tezligini 12,5ayl/min 2000 ayl/min
gacha o’zgartirish mumkinligi dastqohni keng imkoniyatlarini ko’rsatadi. Dvigatel
quvvati – 10 kVt teng va bunday yuqori quvvat hamda
tezliklarni keng doirada
o’zgartirish mumkinligi dastgohni yuqori samaradorligini ta’minlaydi.
Ishdan maqsadi
. 16K20 dastgohining asosiy qism va mehanizmlari bilan
tanishish. Dastgohni boshqarishni va sozlashni o‘rganish.
Topshiriq
. 1. 16K20 dastgohining bosh harakati (1.8.2-rasm) tahlil qiling (vallar
soni, tishli uzatmalarni bir-biriga ilashishi, tishli g’ildirak bloklarning vazifasi, to’g’ri va
teskari harakatlar kinematikasi).
2. Variantda berilgan xomaki diametri D va kesish tezligi V bo’yicha
shpindelning aylanish nezligini aniqlang va dastgohda mavjud aylanishlar tezligini
yozib oling.
3. Tezliklar grafigidan variant bo’yicha shpindelning aylanish tezligi grafigini
chizing (1.8.4-rasm).
4. Ushbu grafik bo’yicha kinematik zanjir tenglamasini tuzing.
Umumiy ma’lumotlar
Mashinasozlikda va metallqirishda tokarlik dastgohlari
silindr va konus ichki
hamda tashqi yuzalarni yo‘nishda, xomakini yonidan teshiklarni parmalashda va
kengaytirishda, metrik, modulli va dyuymli rezba qirqishda keng ishlatiladi.
Tokarlik dastgohining qismlari va mehanizmlarining vazifasi.
1.8.2-rasm. Tokarlik dastgohni tuzilishi
Tokarlik dastgohning asosiy qismlari 1.8.2-rasmda keltirilgan.
Stanina va uning tumbalari dastgohning barcha qismlarini o‘rnatish va
mahkamlash uchun mo‘ljanlangan.
Oldingi babka staninaga qo‘zg‘almaydigan qilib mahkanlangan va unga tezliklar
qutisi o‘rnatilgan. Tezliklar qutisidan shpindelga har-xil aylanishlar soni uzatiladi.
Surishlar qutisi - reversiv mehanizm va almashtiruvchi g‘ildiraklar orqali
tezliklar qutisidan harakat oladi. Surishlar qutisi surish qiymatlarni o‘zgartirish
va har
hil qadamli rezьbalar ochish uchun hizmat qiladi.
Ketingi babka staninanig o‘ng tomoniga o‘rnatilgan bo‘lib markazlar orasida
siqilib yo‘niladigan homakilarni tutib turish va homakining yon tomonidan teshikka
ishlov berishda ishlatiladi.
Fartuk surish valning va surish vintning aylamma harakatini supportning to‘g‘ri
chiziqli ilgarilanma harakatiga keltirish uchun mo‘ljanlangan.
Support ustiga keskich tutqich va bo‘ylama surish mehanizmi o‘rnatilgan
bo‘ladi.
16K20 tokar- vintkir_ish dastgohining kiskacha tehnik tavsifi.
Homakining eng katta diametri ............... 200 mm
Homakining eng katta uzunligi ............... 1400 mm
Dvigatelь quvvati ...................................... 10 kVt
Shpindelning minutiga aylanishlar sonlari, ayl/min: 12,5; 16; 20; 25; 31,5; 40;
50; 63; 80; 100; 125; 160; 200; 250; 315; 400; 500; 630; 800; 1000;
1250; 1600; 2000.
Bosh harakatni yuritmasi uch fazali tokda ishlaydigan asinxron elektrodvigatel va
mexanikaviy tezliklar qutidan iborat (1.8.3-rasm).
Harakat aylanishlar soni
n
dv
=1460ayl/minga teng bo’lgan M elektrodvigateldan shkiv diametrlari 160 va 268mm
teng bo’lgan ponasimon tasmali uzatma orqali tezliklar qutisini I valiga uzatiladi. Bu
valda shpindelni to’g’ri aylanishini ta’minlaydigan tishlar soni z=56 va z=51 va teskari
aylanishini ta’minlaydigan z=50 ga teng tishli g’ildiraklar o’rnatilgan.
To’g’ri va teskari alanishlar M
1
friktsion mufta yordamida amalga oshadi.
III val ikkita aylanishni z=34 yoki z=39 g’ldiraklardan oladi. Keyin z=29, z=21
yoki z=38 g’ldiraklarni tegishli ravishda uchtalik blokni tashkil qiladigan z=47, z=55
yoki z=38 g’idiralklar bilan ilashish natijasida harakat (aylaniah) IV valga uzatiladi.
IV valdan harakat bevosita shpindelga z=60 yoki z=30 tishli g’ildiraklardan z=48,
z=60 g’ildiraklar bilan ilashish orqali yoki V va VI vallardan quyidagi guruh
orqali uzatiladi. Bu holda harakat tishlar soni z=45 yoki IV valdagi tishlar soni z=15
g’ldiraklar yordamoda V valda joylashgan z=45, z=60 va 18/72 hamda 30/60tishli
g’ildiraklar bilan ilashadi.
Shpindel babkada tezliklar qutisidan tashqari maxsus tishlar uzatmasi o’rnatilgan,
u shpindelni aylanishlar sonini oshiradi. Bundan tashqari bu maxsus tishlar uzatmasi
qutidan chiqish valida past aylanishlar sonini va tegishli yuqori aylantiruvchi
momentlarni olish imkoniyatini beradi.
Kinematik zanjiri tenglamasi quyidagicha bo‘ladi:
Bunda:
-
shpindelni aylanishlar tezligi, ayl/min;
- dvigatelni aylanishlar
tezligi, ayl/min;
- tasmali uzatmani uzatish nisbati;
=0,985 –
tasmali uzatmani
sirpanish koeffitsienti;
- tezliklar qutisini uzatish nisbati