8 – sinf o’zbekiston tarixi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə17/51
tarix27.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#199650
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51
8-o\'zbek

Adabiyot va san'at. XVII-XVIII asr birinchi yarmida adabiyot ancha rivoj topdi. Adabiy muhitda Bedil (asli ismi Mirzo Abdulqodir, 1644-1721) ning o’rni katta. U Kesh (Shahrisabz)lik, turkiy barlos urug’idan, Hindistonga ko’p marta safar qilgan, Dehlida vafot etgan. Bedil inson erkinhgi, tafakkuri haqida falsafiy, axloqiy qarashlarini she'riy va nasriy asarlarida bayon etgan. Bedil 120 ming misradan ortiq she'riy va nasriy asarlar yozgan. Uning yirik asari „To’rt unsur" nasrda yozilgan bo’lib, havo, suv, yer, olov haqida, shuningdek, o’simliklar, hayvonlar va odamning kelib chiqishi haqida o’z qarashlarini bayon etadi. Bedilning „Irfon" dostonida falsafa, tarix va ilohiyotning xilma-xil masalalari bayon etilgan. Bedilning fikricha, dunyo abadiy bo’lib, to’xtovsiz harakat qiladi va o’zgarib turadi. U she'rlarida jamiyatdagi jabr-zulm, adolatsizlik kabi illatlarni qoralaydi. Bedil asarlarining ko’pchiligi 16 jildli „Kulliyofiga kirgan (Bombey, 1882). Bedil Turkistonda „Abulma'oniy" („Ma'nolar otasi") degan nom olgan. Sayido Nasafiy (asl ismi Mirobid 1637-1710) to’quvchilik bilan shug’ullangan, ko’pgina she'rlarida ijtimoiy tengsizlikka, jabr-u zulmga qarshi norozilik bayon etilgan. U 212 xil kasb hunar egalari haqida fikr bildirib, hunar ahlini ulug’lagan. Uning „Bahoriyat" („Hayvonotnoma") majoziy-munozara asarida, g’azallarida o’z davrining ijtimoiy-siyosiy hayoti qalamga olingan. Turdi (XVII asr) hajviy she'rlari bilan tanilgan shoir. Turdining merosi 18 she'rdan iborat bo’lib, ulardan 12 tasi g’azal, 5 tasi muxammas janriga oid. 434 misra hajmdagi bu merosning 165 misrasi Subhonqulixon haqidagi hajviyalardir („Subhonqulixon to’g’risidahajviya", 1691). Uning tasavvufiy she'rlari g’oyat go’zal va teran falsafry mazmunga boy bo’lgan. U yurtni boshqarayotgan beklarga shunday murojaat qiladi:
Tor ko 'ngullik beklar, manman demang, kenglik qiling,
To 'qson ikki bovli o 'zbek yurtidir, tenglik qiling...

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin