usullarini yaratadi. Narx bilan bog‘liq bo‘lmagan raqobat usullarida firmalar o‘z
mahsulotining o‘ziga xos hislatlariga zo‘r beradi, mahsulot sotish, tovarlar harakati,
reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing qismlariga katta e’tibor beradi.
Bozorda narx uchta guruh omil natijasida shakllanadi:
1.
Talab omillari (bozorda o‘xshash tovarlar mavjudligi va ularga bo‘lgan narxlar,
bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, xaridorni talablari, talabga yo‘naltirilgan narx);
2.
Xarajat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari, marketing xarajatlari, foyda).
3.Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan o‘xshash import
tovarlari,raqobatchilar tovarlariga bo‘lgan narxni bilish.
Asosiy narxni belgilash uslubi quyidagilardan iborat:
- narxlashtirish masalasi qo‘yiladi,
- talabi aniqlanadi,
- xarajatlari baholanadi,
- raqobatchilar tovari va narx tahlil qilinadi,
- narxni shakllantirish uslubi tanlanadi,
- oxirgi natijaviy narx o‘rnatiladi.
Firma talab hajmiga asoslanib, xarajatlarning miqdorini belgilab, raqiblar
narxlarini o‘rganib, o‘z mahsulotlariga narx belgilashga kirishadi. Bunda narx
belgilashning turli usullaridan foydalanish mumkin (9.2-rasm).
Dostları ilə paylaş: