xarajatlar asosida narx belgilash.
2. Raqobatchilarning narxiga qarab narx belgilash.
3. Marketingga yo‘naltirilgan narx belgilash usuli.
Bunda muayyan bozorda
iste’molchi uchun qimmatli bo‘lgan xususiyatlari va marketing strategiyasi hisobga
olinib narx belgilanadi.
Sarf xarajatlarga asosan narx belgilashning 2 ta usuli mavjud:
1. Tannarx asosida narx belgilash
2. To‘la xarajatlar asosida narx belgilash
Tannarx(ishchi kuchi,
materiallar, yoqilg‘i, energiyaga ketadigan xarajatlar,
amortizatsiya, sug‘urta, ustama xarajatlar, boshqaruvga ketadigan xarajatlar hisoblab
chiqiladi.)
Ko‘pincha korxonalar mahsulot sotish narxini aniqlashda
sodda formulalardan
foydalanadi. Formulalarga ko‘ra, narx belgilashning boshqa jami usullari kabi, birinchi
navbatda e’tiborni foydaga qaratadi, talabni hisobga olmaydi.
«O‘rtacha xarajatlar plyus foyda» tamoyili bo‘yicha narx belgilash tovarning
tannarxiga muayyan ustama qo‘yishdan iborat bo‘lib, narx
belgilashning eng oddiy
usuli hisoblanadi. Ustama narx miqdori tovar turiga qarab,
juda keng chegaralarda
tebranib turadi. SHuningdek, tovarning ishlab chiqaruvchidan
pirovard natijada
iste’molchiga etib borishga qarab oxirgi narx ulgurji va chakana savdo qo‘yadigan
ustama narxlar yakunini ifodalaydi.
«Ko‘zlangan foyda normasi» olishni ta’minlaydigan narx belgilash usulini
qo‘llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun muayyan qaytim
foiz olishga intiladilar. Bu usul o‘rtacha solishtirma xarajatlarni hisoblashga asoslanadi.
Narxni chegaraviy xarajatlar bo‘yicha belgilash usulini qo‘llash
bilan firma
mahsulotning qo‘shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning alohida
qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi koplanadi,
foyda amalga
oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi agar firma ishni to‘xtatish xavfi ostida
qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni hohlagan sharoitlarda naf
keltirishi mumkin.
Savdoda do‘konlarga xaridorlarning kelishini ko‘paytirish
uchun sotuvchilar
ayrim tovarlarni to‘liq xarajatlaridan pastroq baholab, «jalb etuvchi»
narxlar
yaratadilar. Xaridorlar ko‘payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga bunga
qo‘shimcha ravishda narxi me’yorda bo‘lgan tovarlarni ham xarid qiladilar.
Dostları ilə paylaş: