8-ma’ruza 8-Mavzu: O’qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi. Reja


Pedagogik muloqotda muomala madaniyati



Yüklə 428,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix28.04.2022
ölçüsü428,04 Kb.
#56551
1   2   3   4   5   6   7
Pedagogik muloqotda muomala madaniyati 

Mustaqillikdan  keyin  amalga  oshirilayotgan  ta’lim  tizimidagi  islohotlar 

tufayli  ulkan  o’zgarishlar  ro’y  bermoqda.  Odamlarning  ongi,  dunyoqarashi 

o’zgardi.  Kadrlar  tayyorlash  sohasidagi  davlat  siyosati  insonni  intellektual  va 

ma’naviy-axloqiy  jihatdan  tarbiyalash,  uning  har  tomonlama  rivojlangan  shaxs 

sifatida  namoyon  bo’lishiga  erishishni  nazarda  tutadi.  Mazkur  ijtimoiy  talabning 

amalga  oshirilishida,  har  bir  fuqaroning  bilim  olishida,  ijodiy  qobiliyatini 

shakllantirishda,  intellektual  jihatdan  rivojlantirishda  o’qituvchining  muloqot 

madaniyati va muomalasi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ta’kidlash joizki, 

o’qituvchi  kasbiga  nisbatan  talab  va  javobgarlik  ham  kuchaydi,  ularning  jamiyat 

oldidagi  vazifalari  yanada  oshdi.  Buyuk  ma’naviyatimizni  tiklash  va  yanada 

yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini 

mustahkamlash,  zamon  talablari  bilan  uyg’unlashtirish,  uni  jahon  andozalari 

darajasiga  chiqarish,  o’quvchilarda  mustaqil  va  erkin  fikr  yuritish  ko’nikmalarini 

hosil  qilish  kabi  dolzarb  vazifalarga  javobgarlik  o’qituvchilar  zimmasiga 

yuklatildi.  

O’quvchi  ma’naviy  muhitining  shakllanishi  o’qituvchining  yuksak  axloq 

namunasi  orqali  namoyon  bo’ladi.  Bu  o’rinda  o’qituvchining  shaxsiy  va  ijtimoiy 

harakati pedagogik muloqot madaniyati zamirida shakllanib, takomillashadi.  

Pedagogik  muloqotda  o’qituvchining  eng  yaxshi  fazilatlari  va  hatti-

harakatlari o’quvchining ideali sifatida namoyon bo’ladi. O’quvchining o’qituvchi 



shaxsi  haqidagi  qarashlari,  uning  hatti-harakati,  pedagogik  mahorati  ma’naviy 

madaniyatiga  mos  kelmasa,  yaxlit  pedagogik  jarayonni  mukammal  tashkil  etish 

ham  ijobiy  natijalar  bermaydi.  O’qituvchi  sub’ekti  bilan,  o’quvchi  ob’ekti 

o’rtasidagi qattiq avtoritar intizom ham o’zaro muloqot madaniyatiga salbiy ta’sir 

etadi,  natijada  o’quvchining  ichki  hissiyoti  hamda  shaxsiy  fazilatlari 

rivojlanmaydi.  

Pedagogik  muloqot  madaniyati  o’qituvchi  faoliyatini  muvaffaqiyatga 

yo’naltiruvchi  eng  muhim  vosita,  bunda  o’qituvchining  muhim  fazilati,  uning 

muloqot  madaniyatiga  asoslangan  muomalasidir.  Muomala  barcha  falsafiy  va 

psixologik  fanlarda  o’ziga  xos  ta’rifga  ega.  Pedagogikaning  kategoriyasi  sifatida 



muomala  o’quvchilar  qalbiga  yo’l  topa  olish,  ularga  yondashish  uchun  mehrini 

qozonish,  pedagogik  nuqtai  nazardan  ta’lim-tarbiya  jarayonida  o’quvchilar  bilan 

o’zaro aloqa bog’lashga qaratilgan o’qituvchining pedagogik qobiliyatidir.  

O’qituvchi o’quvchilar bilan muomalaga kirishish asosida: 

1. O’z ijodkorligini va pedagogik mahoratini namoyish qiladi. 

2.  Yosh  avlodni  milliy  mafkuramiz  va  milliy  madaniyatimiz  ruhida 

tarbiyalaydi. 

3.  Sharqona  udum  va  urf-odatlarimiz  asosida  barkamol  shaxsni 

shakllantiradi. 

4. O’zining ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlarini namoyish etgan holda, har bir 

o’quvchi qalbiga yo’l topadi. 

Muomala o’qituvchi faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo’lib, o’zida ulkan 

pedagogik  imkoniyatlarni  mujassamlashtiradi.  Pedagogik  muomalada  o’qituvchi 

quyidagilarga qat’iy amal qilishi lozim: 

-  o’qituvchida  tarbiyalash  mahoratining  shakllanganligi.  Uning  tarbiyaviy 

jarayonga oid so’z va ohangni tanlay bilishi va ta’sir o’tkaza olishi; 

-  muomala  ob’ekti  bo’lmish  o’quvchi  diqqatini  jalb  qiluvchi  nutq,  pauza, 

harakat, imo-ishoralarni o’z o’rnida ishlatishi, tarbiyaviy ta’sirni bilishi; 

-  o’quvchining  ichki  ruhiyatini,  psixologik  xususiyatlarini  bilgan  holda 

muomalaga jalb etishi, darsni boshlashdan oldin o’quvchilarni ta’lim va tarbiyaviy 

muloqotga tayyorlashi

-  o’quvchiga  og’zaki,  o’zaro  ta’sir  ko’rsatishning  tarbiyaviy  usullarini 

bilishi. O’qituvchining nutqi ravon, o’quvchi ongiga ijobiy ta’sir qiladigan bo’lishi. 

Nihoyat,  o’qituvchining  o’quvchilar  bilan  kundalik  muomalasi  shunga  olib 

keladiki,  u  o’quvchilarning  hatti-harakatlaridagi  chuqur  ma’no  va  haqiqiy 

sabablarni  turli  vaziyatlarda  payqab  oladi,  buning  uchun  namuna  sifatida  uning 

o’zi  tez-tez  qayd  qilgan  dalillardan  va  o’quvchilarning  xulq-atvop  usullaridan 

foydalanadi.  O’qituvchining  o’quvchilar  bilan  muomalasi  tarbiyani  boshqarish 

vositasi  sifatida  qaralib,  birlashtiruvchi  hamda  o’rnini  to’ldiruvchi  vazifasini 



bajaradi.  Muomala  o’zaro  munosabatlar  doirasida  sodir  bo’ladi.  Boshqarish 

vositasi bo’lgan muomala pedagogik faoliyatdan oldin sodir bo’ladi. 

Pedagogik  muloqot  o’qituvchining  pedagogik  faoliyatida  o’zaro  axborot 

almashish  jarayoni  vazifasini  bajaradi.  O’qituvchi  o’quvchilar  bilan  muloqot 

jarayonida  bevosita  o’z  tarbiyalanuvchilari,  umuman  o’quvchilar  jamoasi  haqida, 

unda ro’y berayotgan turli ichki hodisalar haqida g’oyat xilma-xil axborotlarga ega 

bo’ladi va o’zining kelgusi ta’lim-tarbiyaviy rejalarini hamda pedagogik faoliyatini 

belgilaydi.  Shu  bilan  birga,  o’qituvchi  muloqot  asosida  o’z  tarbiyalanuvchilariga 

ma’lum  bir  maqsadga  qaratilgan  axborotlar  tizimini  ma’lum  qiladi.  Bunda 

o’qituvchi tomonidan yo’l qo’yiladigan arzimas bir xatolik, adolatsizlik, qo’pollik 

o’quvchilar  bilan  o’zaro  muloqot  madaniyatining  buzilishiga  sabab  bo’ladi  va 

tuzatib  bo’lmaydigan  og’ir  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkin.  O’qituvchining 

o’quvchilar  bilan  o’zaro  muloqot  madaniyatiga  erishishi  natijasida  quyidagi 

holatlar paydo bo’ladi:  

-  pedagogik  muloqot  orqali  o’qituvchi  tarbiyalanuvchi  ob’ekt  bilan  o’ziga 

xos  muomala  muhitini  yaratadi.  Bunday  muhitda  o’qituvchi  o’zining  psixologik, 

mimik,  pantomimik,  notiqlik  san’ati,  ta’sir  o’tkazish  kabi  qobiliyatlar  tizimini 

namoyish etadi; 

-  o’qituvchining 

shirinsuxanligi,  ochiq  chehrali  bo’lishi,  samimiy 

muomalasi muloqotda ijobiy natijalarga erishish kalitidir

-  o’quvchilar  jamoasi  bilan  muomalada  o’qituvchining  doimo  psixologik 

bilimlarga tayanishi ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda bir xil muvozanatni saqlaydi

-  o’qituvchi  o’quvchilar  jamoasi  bilan  o’zaro  muloqotga  kirishar  ekan, 

yaxshi  muomalasi  bilan  ular  hissiyotida  yashiringan  eng  nozik  qatlamlarni  ham 

anglab olishga qodir bo’ladi.  

Mukammal  shakllangan  pedagogik  muloqot  madaniyati  asosida  ob’ekt  va 

sub’ektning ichki hissiyoti bilan ular harakatlarining uyg’unlashuvi sodir bo’ladi. 

Ushbu o’zaro uyg’unlashuvni yuzaga keltiradigan muloqotning asosiy bog’lovchisi 

so’zdir.  So’z  –  mazmunan  o’qituvchining  nutqida,  ma’ruzasida,  dialog,  monolog 

va deklamatsiyalarida o’z ifodasini topadi.  

Pedagogik  muloqot  madaniyati  vositasida  o’qituvchi  har  qanday  axborotni 

qarab  chiqar  ekan,  o’quvchining  shaxsi  va  psixologik  xususiyati  haqidagi 

axborotlarning  muhimligini  alohida  e’tiborga  olishi  lozim.  Pedagogik  muloqot 

madaniyati,  o’qituvchini  g’oyat  xilma-xil  sharoit  va  ko’rinishlarga  moslashishiga 

imkoniyat  yaratadi.  Bular  sirtdan  qaraganda  unchalik  ahamiyatli  bo’lmasada, 

o’quvchi  ichki  dunyosida  sodir  bo’layotgan,  uni  tushunish  uchun  juda  muhim 

bo’lgan zarur ichki jarayonlar ko’rinishlarining alomatlarini bilib, ta’lim-tarbiyaviy 

faoliyat olib boradi.  



O’qituvchi  o’quvchining  ichki  dunyosini  tushunib,  muloqotga  kirishishi 

lozim. O’qituvchining muloqot madaniyati asosida gapiradigan har bir so’zi, fikri, 

turli hodisa va jarayonlar o’quvchilar tomonidan har xil ko’rinishda tushuniladi, bu 

o’quvchining  fikr-mulohazasiga,  ichki  dunyosining  teranligiga,  tafakkuri  va 

dunyoqarashining  kengligi  bilan  izohlanadi,  bunda  o’qituvchi  mahoratining  uchta 

jihatiga alohida e’tibor qaratiladi: hayotiy tajribasi; pedagogik faoliyat jarayonida 

egallagan ko’nikma  va malakasi; muayyan o’quvchilar jamoasi  bilan  muomalada 

bo’lish tajribasi. 




Yüklə 428,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin