8-ma’ruza 8-Mavzu: O’qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi. Reja



Yüklə 428,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix28.04.2022
ölçüsü428,04 Kb.
#56551
1   2   3   4   5   6   7
harakat omili ta’minlaydi. 

2. 


Ma’naviy  qadriyatlarning  mohiyati,  ma’naviy-axloqiy  tajriba, 

o’qituvchining ta’sirchan nutqiy muloqoti vositasida o’quvchi ongiga singdiriladi. 



Nutqiy  aloqalar  tarbiya  jarayoni  ob’ektlari  va  sub’ektlari  orasida  kechadi  va 

o’quvchi  ma’naviy  madaniyatini  shakllantiruvchi  omil  bo’lib  xizmat  qiladi. 

O’quvchining  xulq  namunasi,  ma’naviy  harakati,  nutqiy  aloqalar  samaradorligi 

o’qituvchi  va  o’quvchining  muloqoti  asosidagi  faoliyat  munosabatlari  bilan 

belgilanadi. 

3. 


 Ma’naviy  qadriyatlarning  tarbiyaviy  mohiyatidan  ta’sirlanish  va 

amaliy  faoliyatda  ularga  tayanish,  umuminsoniy  qadriyatlar  darajasiga 

ko’tarilishini  ta’minlab,  o’quvchi  ma’naviy  madaniyatini  tarbiyalashdagi 

ahamiyatini  takomillashtirish  ta’lim-tarbiya  jarayonining  ishtirokchilaridan 

(o’qituvchi  va  o’quvchi)  doimiy  ijodkorlikni  talab  qiladi.  Ijodkorlik  –  milliy-

ma’naviy  qadriyatlar  asosida  o’quvchi  ma’naviy  madaniyatini  shakllantirishda 



muhim 

omil 

hisoblanadi.  O’qituvchi  ta’lim-tarbiya  jarayonida  uning 

imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi.  

4. 


O’quvchi ma’naviy madaniyatini shakllantirishning muvaffaqiyati 

o’qituvchining  muloqot  olib  borish  psixologik  taktikasi  omillariga  ham  bog’liq. 

Ushbu omilni harakatlantiruvchi sharoitlar:  

– 

o’qituvchining  pedagogik-psixologik  bilimlar  va  maxsus  fanlar 



integratsiyasi bo’yicha chuqur bilimga ega bo’lishi;  

– 

mutaxassisligi bo’yicha kasbiy mahorati;  



– 

o’quvchilar bilan o’zaro do’stona muloqot madaniyati;  




– 

o’quvchilarning ruhiy holatini tez bilib olishi;  

– 

o’qituvchi ma’naviy madaniyatining shakllanganlik darajasi;  



– 

ta’lim-tarbiyaning zamonaviy usul va metodlarini tanlay bilishi

–  zamonaviy  pedagogik  va  axborot  texnologiyalari  to’g’risida  chuqur 

ma’lumotlarga ega bo’lishi;  

– 

o’qituvchining pedagogik jamoa orasidagi hurmat – e’tibori. 



5. 

O’qituvchi muloqot asosida  o’quvchilarda ham ijodkorlik omilini 

takomillashtirib  boradi.  O’quvchida  uning  sifatlari  quyidagi  belgilar  bilan 

namoyon bo’ladi: 

–  ma’naviy  qadriyatlarni,  an’analarni  o’zlashtirishga qiziqishda ehtiyoj  va 

talabning kuchliligi;  

–  o’rganilayotgan fanlar asoslarini egallashga ijobiy munosabat

–  ma’naviy madaniyat saviyasi, dunyoqarashi;  

–  o’z-o’ziga nisbatan talabchanlik 

–  tabiatga, atrof-muhitga ongli munosabat 

–  yangiliklarni va axborot texnologiyalarini o’rganishga qiziqish; 

–  ijtimoiy va shaxsiy faolligi;  

–  nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olish ko’nikmasi;  

–  tashabbuskorligi va ijodkorligi. 

O’quvchilarda 

ma’naviy 

madaniyatni 

shakllantirish 

jarayonining 

muvaffaqiyatli  borishi  ta’lim  mazmuniga  asoslanib,  o’qituvchi  va  o’quvchining 

o’zaro  hamkorlikdagi  faoliyatini  to’g’ri  tashkil  etish  saviyasiga  bog’liq.  Bu 

quyidagi faoliyat turlarini mukammal bilishni taqozo etadi:  



Birinchidan,  o’zaro  hamkorlikdagi  faoliyat  ijodkorlikni,  mas’uliyatni, 

faollikni va eng asosiysi muloqot madaniyatiga rioya etishni talab qiladi.  



Ikkinchidan,  har  bir  darsda  o’qituvchi  ham,  o’quvchi  ham  belgilangan 

maqsadni aniq qo’ya bilishi, amalga oshiriladigan vazifalarni to’g’ri belgilab olishi 

lozim.  

Uchinchidan,  dars  jarayonida  bilimlar  mazmunining  ilmiyligi,  uzluksizligi, 

izchilligi  va  tarbiyaviy  xarakteri,  o’qituvchining  notiqlik  san’ati  asosida  bayon 

etish  shaklining  mukammalligi,  qiziqarliligi  o’quvchilarda  ta’limiy  va  tarbiyaviy 

tomondan  o’rganiladigan  qadriyatlarga  qiziqishni  kuchaytiradi,  ularda  tarixiy, 

adabiy,  milliy  va  diniy  xarakterdagi  milliy  qadriyatlar  bo’yicha  o’z  bilim  va 

ko’nikmalarini oshirish ishtiyoqi rivojlanadi.  



To’rtinchidan,  o’qituvchining  pedagogik  mahorati,  nazariy  va  uslubiy 

tayyorgarligi, o’z  kasbiga,  faniga  munosabati,  olib boradigan darsi  andozasini  va 

uning  natijasini  oldindan  ko’ra  bilish,  har  bir  dars  samaradorligini  ta’minlovchi 

texnik va texnologik belgilardan biridir.  




Beshinchidan, dars jarayonida o’quvchilar jamoasiga erkin fikr yuritish, o’z 

fikr-mulohazasini  erkin  bayon  etishga  imkoniyat  yaratish,  o’quvchilar  jamoasi 

fikriga  tayanish,  ularning  fikr-mulohazalari,  istak-xohishlarini  e’tiborga  olish, 

o’quvchilarning mustaqil ishlaridan keng foydalanish zarur.  



Oltinchidan, o’quvchilar bilimiga, xulqiga beriladigan bahoning xolisona va 

adolatli  bo’lishi  barcha  ta’lim  va  tarbiyaviy  faoliyatni  to’g’ri  tashkil  etilishiga 

ijobiy ta’sir etuvchi omil ekanligini unutmaslik kerak.  

Xulosa  qilib  ta’kidlash  joizki,  ta’lim  va  tarbiya  jarayonida  o’quvchilar 

ongiga muloqot asosida milliy qadriyatlar va ma’naviy madaniyatni shakllantirish, 

o’qituvchi  va  o’quvchining  o’zaro  muloqotini  hozirgi  zamon  pedagogik  talablari 

asosida mukammal tashkil etilishini ta’minlaydi. 


Yüklə 428,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin