8-ma’ruza 8-Mavzu: O’qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi. Reja



Yüklə 428,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix28.04.2022
ölçüsü428,04 Kb.
#56551
1   2   3   4   5   6   7


Muloqot 

asosida 

ma’naviy 

madaniyatni 

shakllantirish 

mezonlari va omillari 

muhim jihatlari uyg’onish davrida rivojlangan bo’lib, bu davrda yashab ijod 

etgan al-Xorazmiy, al-Kindiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon 

Beruniy,  Firdavsiy,  Umar  Xayyom,  Yusuf  Xos  Hojib,  Ahmad  Yassaviy,  Shayx 

Sa’diy,  Tusiy,  Mahmud  Qoshg’ariy,  Ahmad  Yugnakiy,  Lutfiy,  Mirzo  Ulug’bek, 

Abdurahmon  Jomiy,  Alisher  Navoiy  kabi  ko’plab  mutafakkirlarning  ijodlari 

pedagogik  tafakkur  taraqqiyotida,  insonning  ma’naviy-axloqiy  kamolotida, 

umumbashariy ma’naviy qadriyatlarning yuksalishida muhim bosqich bo’ldi. Ular 




Sharqona  axloq-odob  talablari  asosida  komil  insonni  tarbiyalashning  ma’naviy 

asosini yaratishga muvaffaq bo’ldilar.  

Ushbu  davr  ma’naviy  qadriyatlari  mazmunida  avvalo,  insonning  ichki  va 

tashqi  holati,  hissiyoti,  mehnatga,  turmushga  munosabati,  mehr-oqibati, 

muhabbati,  sadoqati,  bilim  o’rganishga  intilishi,  ma’naviy  kayfiyati,  aql  idroki, 

erki, insonni tabiatning eng buyuk mahsuli sifatida kuylash, tasvirlash, oliy axloqli, 

yuksak insoniy fazilatlarga ega bo’lgan adolatli jamoa vakilini tarbiyalash g’oyasi 

ilgari  surilgan.  Ularning  yosh  avlod  ma’naviy  madaniyatini  tarbiyalashdagi 

ahamiyati ham naqadar bebaho ekanligini ta’kidlab, Demak, ma’naviy madaniyat 

manbalarida ilgari surilgan g’oyalarga amal qilish, ularni yosh avlodga o’rgatish va 

ongiga singdirish o’qituvchining jamiyat va Vatan oldidagi yuksak burchidir. 

Inson  o’z  qadr-qimmatini  va  o’zligini  umumta’lim  maktablarida  ta’lim-

tarbiya jarayonida anglay boshlaydi. Ta’lim muassasalarida o’qituvchi tomonidan 

o’zaro  muloqot  asosida  olib  boriladigan  quyidagi  xususiyatlar  negizida 

o’quvchilarda  muloqot  orqali  ma’naviy  madaniyatni  shakllantirish  mezonlari 

(O.Musurmonova) ifodalangan:  

 



har  bir  insonning  qiziqishlarini  ko’ra  bilish,  his  etish  va 

hurmat qilish; 

 

milliy-ma’naviy 



madaniyat 

manbalarini 

o’rganish, 

o’zligini anglashga ehtiyoj; 

 

inson hayotida mehnatning o’rnini to’g’ri tushunish;  



 

insonparvarlik,  mehr-oqibat,  iymon,  e’tiqod,  milliy 



qadriyatlarni e’zozlash; 

 



Vatanga  muhabbat,  sadoqat,  o’z  manfaatlarini  jamiyat, 

xalq manfaatlaridan yuqori qo’ymaslik;  

 

ota-ona, qarindoshlar va boshqa atrof-muhitidagi kishilarga 



nisbatan muruvvatli, saxovatli bo’lish.  

O’qituvchi  ta’lim-tarbiyaviy  jarayonda  o’quvchilar  ma’naviy  madaniyatini 

shakllantirishda muloqotning cheksiz imkoniyatlaridan foydalanib ong va faoliyat 

birligini  ta’minlashi  taqozo  etiladi.  Ma’naviy  ong  o’quvchining  dunyoqarashi, 

bilimi,  his-tuyg’usi,  idroki,  irodasi  va  diqqatining  majmuasi  bo’lib,  u 

o’qituvchining  pedagogik  mahorati  negizida  ta’lim-tarbiyaviy  faoliyat  asosida 

shakllantiriladi. O’z navbatida ong ham faoliyatga ta’sir ko’rsatadi va uni tartibga 

soladi.  

O’quvchi  tarbiyaviy  muhitda  uyushtirilgan  ma’naviy  faoliyatda  ma’naviy 

madaniyat  muammolarini  erkin,  ongli  va  adolatli  echa  olishga  intilishi 

ta’minlanishi  kerak.  O’qituvchi  bilan  o’zaro  muloqot  jarayonida  o’quvchi  ongli 

ravishda  o’z  munosabatlarini  bildirishga,  to’g’ri  xulosa  chiqara  olishga,  milliy 




g’urur  asosida  ularni  avaylashga,  asrashga,  sevishga,  umrboqiyligini  ta’minlashi 

ma’naviy burchi ekanligiga o’rgatiladi.  

....Ma’naviyatni tushunish, anglash uchun avvalo insonni tushunish, anglash 

kerak.  Shuning  uchun  ham  o’zligini,  insoniy  qadr-qimmatini  anglab  etgan  har 

qanday  odam  bu  haqda  o’ylamasdan  yashashini  tasavvur  qilish  qiyin”,  –  deb 

ta’kidlaydi.  

Ma’naviy  madaniyatning  muhim  belgilarini  shakllantirishda,  ta’lim-tarbiya 

tizimini  ma’naviy  muhit,  ma’naviy  faoliyat  va  ma’naviy  anglash  bosqichlaridan 

iborat  andozalar  asosida  tashkil  etishda  ushbu  mezonlar  talablariga  rioya  qilish 

belgilangan  maqsadni  samarali  amalga  oshirish  imkoniyatini  beradi.  Bunda 

o’qituvchining muloqoti asosida o’quvchilar ma’naviy madaniyatini shakllantirish 

jarayoniga ta’sir etuvchi quyidagi omillar ham muhim ahamiyatga ega:  

1. 

O’quvchi  ma’naviy  faoliyat  asosida  o’zligini  anglashni 



shakllantirish uchun ma’lum bir muhitda ma’naviy qadriyatlar bilan harakat orqali 

muloqotga kirishadi. Harakatsiz muhit va faoliyat bo’lishi mumkin emas. Shuning 

uchun o’quvchilar ma’naviy madaniyatini shakllantirish samaradorligini  ma’naviy 


Yüklə 428,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin