8-ma’ruza 8-Mavzu: O’qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi. Reja


Sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta’siri



Yüklə 428,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix28.04.2022
ölçüsü428,04 Kb.
#56551
1   2   3   4   5   6   7
Sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta’siri 

  

 Odamlarning  mehr-oqibati,  bir-birlariga  nisbatan  o’zaro  hurmat 

e’tiborda  bo’lishlari  muloqot  jarayonida  namoyon  bo’ladi.  Xalqimizda  azaldan 

muloqot  salomlashish  madaniyatidan  boshlanadi.  Salomlashish  turli  xalqlarda  har 

xil  amalga  oshiriladi.  Xalqimizda  salomlashish  axloqlilikning  yuksak  namunasi 

sifatida e’tirof etilib, uning negizida umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, shu 

millatning  ruhiy  xususiyatlari,  o’zaro  munosabatlarining  ma’naviy  asoslari, 

bo’lajak  muloqotning  xarakteri,  o’zaro  hamkorligi  aks  etadi.  “Qur’oni  karim”da 

salomlashish  odobi  musulmon  ahlining  qat’iy  majburiy  burchi  tarzida  bayon 

etiladi:  “Ey  mo’minlar,  o’z  uylaringizdan  boshqa  uylarga  to  izn 

so’ramaguningizcha  va  egalariga  salom  bermaguningizcha  kirmangiz.  Mana  shu 

sizlar uchun yaxshiroqdir. Shoyad ushbu eslatmadan ibrat olsangizlar”.  

           Ajdodlarimiz  madaniy  va  ma’naviy  merosi,  ular  yaratgan  so’z,  xalq 

tilining  tuganmas  boyligi  yosh  avlodni  tarbiyalashda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 

Bu  o’rinda  Abu  Nasr  Forobiy,  Abu  Abdulloh  al-Xorazmiy,  Yusuf  Xos  Hojib, 

Ahmad  Yugnakiy,  Xisrav  Dehlaviy,  Abu  Hamid  G’azzoliy,  Kaykovus,  Shayx 

Sa’diy,  Alisher  Navoiy,  Zahiriddin Muhammad  Bobur  va boshqa  Sharq va  g’arb 

donishmandlarining  boy  meroslarida  farzandlarni  tarbiyalash  va  kamolotga 

etkazish asosiy muammo sifatida targ’ib qilingan.       

        Ular  so’zni  va  nutqni  ta’lim-tarbiyada  ilohiy  ne’mat  va  hikmat  deb 

bilishgan  hamda  har  bir  so’zning  o’z  o’rni  va  ahamiyati  borligini,  tarbiyada 

so’zdan  kuchliroq  va  qudratliroq  narsa  yo’qligini,  tilga  e’tibor  –  elga  e’tibor 

ekanligini,  so’z  sehri  mo’’jizalar  yarata  olishini  ta’kidlab  kelganlar.  Bularning 

barchasi  mudarris  va  shogirdlarning  samimiy  muloqoti  jarayonida  amalga 

oshirilgan.  Mudarrislar  barkamol  va  tarbiyalangan  insonning  o’nta  nishonasi 

borligini alohida ta’kidlashgan: 

– 

birinchisi: xalq to’g’ri deb topgan narsaga noto’g’ri deb qaramaslik; 



– 

ikkinchisi: yoshlikdan o’z nafsiga erk bermaslik

– 

uchinchisi: birovlardan aslo ayb qidirmaslik; 



– 

to’rtinchisi: yomonlik va omadsizlikni yaxshilikka yo’yish; 

– 

beshinchisi: agar gunohkor uzr so’rasa, uzrini qabul qilish va  




– 

kechirimli bo’lish; 

– 

oltinchisi: muhojirlar hojatini chiqarish; 



– 

ettinchisi: doimo el g’amini eyish; 

– 

sakkizinchisi: aybini tan olish; 



– 

to’qqizinchisi: el bilan ochiq chehrali bo’lish; 

– 

o’ninchisi: odamlar bilan doimo shirin muomalada bo’lish. 



Muloqot  Sharqona  tarbiyada  axloq  qo’rki  sanalgan.  Muallim  har  bir 

o’quvchining  qanday  dunyoqarashga  egaligi,  tafakkuri,  bilim  saviyasi,  hayotga 

nisbatan  munosabati  odamlar  bilan  o’zaro  muloqotida  namoyon  bo’lishini 

uqtirgan.  Sharq  mutafakkirlari  merosida  muloqot  –  azaldan  insonlar  o’rtasidagi 

o’zaro aloqa vositasi bo’lgan. Muloqotning asosiy quroli til hisoblangan. Shuning 

uchun ham til – aloqa quroli sifatida ta’riflanadi.  

Insonning  tili  shirin,  muomala  madaniyatiga  ega  bo’lsa,  qisqa  vaqt  ichida 

xalq  orasida  obro’-e’tibor  topadi.  Ko’p  gapirish  hech  qachon  kishiga  obro’ 

keltirmaydi. Shuning uchun ham o’tmishda yashab o’tgan mutafakkirlarimiz tilga, 

aytiladigan  har  bir  so’zga  hurmat  bilan,  o’ylab  yondashish  lozimligini  uqtirib 

o’tganlar.  O’qituvchi  “so’z  aytishdan  avval,  har  daqiqada  so’z  ortidan  keladigan 

oqibatlarni  o’yla”shi  (I.P.Pavlov)  kerak.  Alisher  Navoiy  adabiy  meroslarida 

muomala madaniyati, xushmuomalalik, tilning ahamiyati to’g’risida, shirinso’zlik 

haqida  noyob  fikrlarni  bayon  qilgan.  Bygungi  kunda  ham  bu  fikrlar  o’z 

ahamiyatini  yo’qotgan  emas.  «Til  shirinligi  –  ko’ngilga  yoqimlidir,  muloyimligi 

esa  foydali.  Shirin  so’z  sof  ko’ngillar  uchun  acal  kabi  totlidir»,  -  deydi  Alisher 

Navoiy.  

O’quvchilar nutqini o’stirishda o’qituvchining til boyligi muhim ahamiyatga 

ega:  bir  tomondan,  shirin  tillilik  o’quvchini  o’qitish  va  tafakkurini 

rivojlantirishning  muhim  omili  bo’lib  hisoblanadi.  Bundan  shunday  xulosa  kelib 

chiqadiki,  o’qituvchining  til  boyligi  nutqining  obrazli,  chiroyli,  jarangdor, 

namunali  bo’lishini  ta’minlaydi,  natijada  o’quvchi  diqqatini  o’ziga  jalb  etadi. 

Zotan,  til  va  nutqning  teranligi,  o’qituvchining  mahoratini,  ma’naviy  boyligini, 

o’qituvchilik  qobiliyatining  qay  darajada  ekanligini  ifodalaydigan  o’lchov, 

ko’rsatkich  hisoblanadi.  Amerika  shoiri  Rolf  Emerson:  “Nutq  qudratli  kuch:  u 

ishontiradi, undaydi, majbur qiladi”, deydi. Sharq mutafakkirlari ijodida til va nutq 

vositalari  orqali  notiq,  voiz,  badihago’y,  qissaxon  kabi  maxsus  san’at  ahillari  va 

mudarrislar  diniy,  ta’lim-tarbiyaviy,  islomiy  aqidalarni  ommaga  singdirishgani, 

pand-nasihatlar  qilishgani  bayon  etiladi.  Ushbu  nutq  sohiblari  keng  qamrovli 

bilimga, boy axborotga ega bo’lishgan.  

Alisher  Navoiy  “Voiz  olimning  o’zi  avvalo  halol  ish  ko’ruvchi  bo’lishini, 

uning  nasihatidan  chiqmaslikni”  asarlarida  bayon  etgan.  Shuning  uchun  til 

shirinligi  va  notiqlik  san’ati  ustida  ishlash,  nutq  madaniyatini  takomillashtirib 



borish har bir o’qituvchining eng asosiy ijtimoiy burchi va mas’uliyati xicoblanadi. 

Ta’lim-tarbiya  jarayonida  nutqning  ta’sir  kuchi  nihoyatda  beqiyosdir. 

O’qituvchining  tili  nutqiy  qobiliyati  o’quvchilarning  o’zlarini  tuta  bilishlariga, 

xulq-avtori  va  fikr  yuritishlariga  ulkan  ta’sir  etuvchi  kuchli  vositalardir. 

O’qituvchining  “til  boyligi  va  notiqlik  san’ati  barcha  zamonlarda  yonma-yon 

yashab  kelgan”  (A.P.Chexov).  Uning  his  tuyg’usi,  intilishlari,  iroda  va  e’tiqodi 

nutqida  aks  etadi.  O’qituvchi  til  boyligi  bilan  o’quvchilarda  xursandchilik, 

ruhlanish,  muhabbat,  Vatanga  sadoqat,  g’azablanish,  nafratlanish  hissiyotlarini 

uyg’otadi, bilim olishga undaydi. Shuning uchun o’qituvchi “tilning xalq o’tmishi, 

hozirgi  va  kelajak  avlodni  buyuk  bir  yaxlitlikka,  tarixiy,  jonli  bir  jipslikka 

aylantiruvchi  eng  hayotiy,  eng  boy  va  eng  mustahkam  vosita”  (K.D.  Ushinskiy) 

ekanligini unutmasligi kerak. 

Kishilarning  bir-birlari  bilan  o’zaro  munosabatlarida  shirinsuxanlik, 

go’zallik,  so’zlashuv  ohangidagi  muloyimlik  “Myosharat  odobi”  deyiladi. 

Muosharat  odobi  insonning  go’dakligida  ota-ona  bag’rida,  oilada  shakllantirilishi 

kerak.  “Qush  uyasida  ko’rganini  qiladi”,  deyiladi  xalq  maqollarida.  Oilada 

o’rganilgan  muosharat  odobining  poydevori  mustahkam  bo’ladi.  Bola  maktabda, 

ulg’aygach  esa,  ijtimoiy  muhitda  ko’nikma  hosil  qilish  jarayonida  oilasida 

o’rganilgan muosharat odobining kuch-qudratini doimo his qiladi.  

O’quvchilarga  muosharat  odobini  shakllantirish  uchun  o’qituvchining  o’zi 

avvalo  xushmuomalaligini  namoyish  etib,  o’quvchilar  qalbiga  yo’l  topa  olishi, 

mehribonligi,  ular  bilan  hamdard,  hamfikr  bo’lib,  o’rnak  bo’lishi  muhim 

ahamiyatga ega. Sharq mutafakkirlari asarlarida muosharat odobi turli ko’rinish va 

nomlarda bayon etiladi. Jumladan, Al Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida 

asosiy  g’oya  –  fozil  kishilar  obrazi.  U  kim  bo’lishidan  qat’iy  nazar  shohmi, 

gadomi,  oddiy  fuqaromi  fozil  kishidir.  Shaharning  fozil  kishilari  bir-birlariga 

nisbatan  hurmat  va  izzatda  bo’ladilar.  Ota-ona  va  farzand,  ustoz  va  shogird, 

do’stlar,  qarindoshlar  o’rtasida  sharqona  nazokat,  mehr  va  ehtirom  mavjud. 

Forobiy  asarida bundan bir necha  asr ilgari  ham  ota-bobolarimizning  ma’naviyati 

naqadar yuksak bo’lganligi va bu avlodlarga o’rnak bo’lishi ta’kidlanadi. Onore de 

Balzak “Xushmuomalalik va kamtarlik kishining chinakam ma’rifatli ekanligidan 

dalolat  beradi”,  deydi.  Ingliz  donishmandi  Jon  Libbok:  “Odamlar  boodoblilik 

yordamida  hattoki  kuch  bilan  erishish  mumkin  bo’lmagan  g’alabalarga  erishishi 

mumkin”ligini  aytadi.  Demak,  muosharat  odobi  nafaqat  milliy  an’analarimiz  va 

urf-odatlarimizning  ko’zgusi  bo’lgan,  balki  dunyodagi  barcha  xalqlarning  noyob 

insoniy fazilati sifatida e’tirof etilgan. 

Insonning  eng  ulug’,  lekin  murakkab  va  mashaqqatli  faoliyatlaridan  biri 

odamlar  orasida,  ya’ni  jamiyatda  o’z  o’rnini  topib  yashashidir.  By  faoliyatning 

murakkabligi  shundaki,  ko’pchilikka  qo’shilish,  ular  bilan  ahil  bo’lib  yashash 



uchun insonda shunga yarasha muomala va munosabat bo’lishi kerak. Muomala va 

munosabatda  o’quvchilarning  diliga  to’g’ri  kelmaydigan  qo’pol  va  dilozor 

munosabat  olib  boruvchi  o’qituvchilarni  hech  kim  yoqtirmaydi.  O’quvchilar 

xushfe’l, shirinsuxan, adolatparvar, muomalasi shirin o’qituvchi va tarbiyachilarni 

dildan yoqtirishadilar va hurmat-e’tibor qilishadi. Insonlar orasida munosib o’rinini 

topish,  inoq  va  hamjihat  bo’lib  yashash  shartlaridan  biri  odamning  kamtarligidir. 

Kamtarin inson hech qachon o’zining yutug’i  bilan, badavlatligi bilan, ilm-hunari 

bilan  maqtanmaydi,  hamma  vaqt  kamgap,  sodda  bo’ladi.  Ammo  insondagi 

kamtarlik samimiy bo’lmog’i zapyp. 

Shirin so’z muloqotga kirishishning asosiy qurolidir. U inson qalbini ilitadi, 

qo’pol  co’z  inson  kalbini  jarohatlaydi.  O’qituvchining  “aql-zakovati,  fikri,  his-

tuyg’ulari,  bilimi  va  madaniy  saviyasi,  tafakkuri  ma’lum  darajada  so’zda  ifoda 

etiladi.  Muomala  madaniyatida  so’z  aqldan  kuch,  tildan  ixtiyor  oladi”  (Aziz 


Yüklə 428,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin