Barmoqlarni yozuvchi uzun muskul (m. extensor digitorum longus) condylus lateralis tibia dan, suyaklararo pardan, kichik boldir suyagi yuqori uchining old yuzasidan boshlanib, to’rtta pay bilan III-V barmoqlarning dorsal yuzasiga yopishadi. V barmoqda tugaydigan paydan ajralib chiqqan pay tutamlari alohida muskulga o’xshab oyoq panjasi V kaft suyagining asosiga borib yopishadi. Uchinchi kichik boldir muskuli (m. peroneus tertius) deb shunga aytiladi. Kichik boldir suyagining uchinchi muskul faqat odamlarga xos muskul bo’lib, hatto maymunlarda ham bo’lmaydi. Shuning uchun ham bo’lmaydi. Shuning uchun ham bu muskul ikki oyoqlilarga xos muskul hisoblanadi, bu muskul oyoq panjasi lateral chetini ko’taradi, ya’ni pronasiya qiladi.
U panjani yozadi va uning lateral chetini ko’taradi. Qisman barmoqlarni ham yozadi.