8-ma’ruza mavzu: muskullar haqida ilm-myologia reja



Yüklə 32,97 Kb.
səhifə12/20
tarix02.01.2022
ölçüsü32,97 Kb.
#43986
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Anatomiya muskul, hazm qilish

BOLDIR MUSKULLARI

                Boldirda joylashgan muskullar asosan uch guruhga: old, lateral va orqa boldir muskullari guruhlariga bo’linadi. Boldir muskullari asosan oyoq panjasini harakatga keltirish, gavdaning tik turishini ta’minlash kabi muhim vazifalarni bajaradi. Bu muskullar ishga bilak muskullari kabi ixtisoslashgan.

                Oldingi guruh muskullari.

                Katta boldirning oldingi muskuli (m. tibialis anterior) - katta boldir suyagining yo’g’onlashgan yuqori uchining lateral yuzasidan va membrana interossea dan boshlanib, o’rtadagi ponasimon suyakka va os metetarsi I ning asosiga yopishadi. Bu muskul katta boldir suyagining ustida, teri ostida joylashgan bo’lib, medial tomondan katta boldir suyagining old qirrasi bilan chegaralanadi, lateral tomondan esa yuqorida oyoq panjasini yozuvchi uzun muskulga taqalib turadi. Muskulning go’shtdor qismi boldirning pastki uchdan bir qismiga yaqinlashganda pishiq payga ulanadi. Bu pay boldir oyoq panjasiga o’tadigan yerdagi muskul paylari o’tadigan ustki va pastki pay ushlab turuvchi boylamlar (retinaculum externum) ning kichik boldir muskullari o’tadigan pay qinidan o’tadi.

                Bu muskul oyoq panjasini yozadi, panjaning medial chetini ko’taradi.


Yüklə 32,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin