Orqa guruh muskullari. Boldirning orqa tomonidagi muskullar yuza va chuqur qavatlarga bo’lib o’rganiladi. Yuza qavatga boldirning uch boshli muskuli kiradi, bu muskulning hajmi ancha katta bo’lib, boldirning o’ziga xos yumaloqlashgan shaklni hosil qiladi. Uch boshli muskul quyidagi ikkita alohida muskuldan tashkil topgan.
Boldir muskuli (m. gastrocnemius) - son suyagining medial boshi (condylis medialis) va lateral boshi (condylus lateralis) dan, taqim yuzasidan boshlanib, tovon suyagining do’mbog’iga yopishadi. Muskulning har ikkala boshi (medial boshi lateral boshidan baquvvatroq) umumiy go’shtdor qismga ulanib, xiyla katga muskul qorinchasining hosil qiladi. Taxminan boldirning o’rtasida go’shtdor qism payga ulanadi va ostida yotuvchi m. soleus payi bilan birga yo’g’on pay - tendocalcaneus (Achillis) ni hosil qiladi hamda tovon suyagining do’mbog’iga birikadi.