Bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul (m. flexor hallucis longus) - membrana interossea dan, kichik boldir suyagining orqa yuzasidan boshlanib, bosh barmoq ikkinchi falangasining ostki kaft yuzasiga yopishadi. Bu muskul orqa guruh muskullari (chuqur qavati) ichida eng baquvvati bo’lib, tuzilishiga ko’ra qo’sh patlidir. Medial tomondan barmoqlarni bukuvchi uzun muskul va lateral tomondan kichik boldir muskullari bilan chegaradosh bo’lib, katta boldir orqa muskulining ustida joylashgan. Bu muskul payi ham medial to’piq sohasida retinaculum flexorum ostidan o’tib, oyoq panjasining kaft tomoniga boradi va talus suyagining ostki yuzasidagi maxsus egat orqali bosh barmoq tomonga o’tadi.
U bosh barmoqni bukadi. Orqa guruh muskullari qatorida oyoq panjasini bukishda ishtirok etadi. Oyoq gumbazini hosil qilishda, uni mahkamlashda qatnashadi.
Boldirning orqa guruh muskullarini n. tibialis innervasiya qiladi va a. tibialis posterior qon bilan ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |