Lateral guruh muskullari. Lateral tomonda ikkita muskul bo’lib, ularning har ikkalasi ham kichik boldir suyagining ustidan yopib turadi desa bo’ladi.
Kichik boldir uzun muskuli (m. peroneus longus) - kichik boldir suyagining boshchasidan va yuqori uchdan bir qismining old sathidan boshlanib, 1 ponasimon suyak va os metatasi 1 larning kaft yuzasiga yopishadi. Yuqori qismi kichik boldir suyagining bevosita ust tomoniga yopishib turadi. Pastki qismi esa kalta kichik boldir muskulini yon tomondan yopib turadi. tuzilishi jihatidan patli muskullarga taalluqlidir. M. peroneus longus old tomondan barmoqlarni yozuvchi uzun muskul bilan, orqa tomondan esa kambalasimon muskul bilan chegaradosh. Muskulning go’shtdor qismi taxminan boldirning o’rtasiga kelganda baquvvat payga aylanadi, bu pay lateral to’piq orqasidan, retinaculum peroneorum ostidan o’tib, oyoq panjasining kaft tomoniga boradi. Oyoq panjasining kaftida kichik boldirning uzun muskuli lateral tomondan medial tomonga qarab kesib o’tadi.
Bu muskul oyoq panjasining lateral chetini yuqoriga, medial chetini pastga tortadi (pronasiya qiladi).
U n. peroneus superficialis vositasida boshqariladi.
Kichik boldir kalta muskuli (m. peroneus brevis) - kichik boldir suyagining o’rtadagi uchdan bir qismining old sathidan boshlanib, tuberositas ossis metatarsi V ga yopishadi. Bu muskul shu nomli uzun muskulga o’xshaydi, ammo undan kaltaroq bo’lib, uning ostida (pastki uchdan ikki qismida) yotadi. Muskulning payi yuqoridagi muskul payi bilan birga lateral to’piq orqasida retinaculum peroniorum ning ostidan o’tadi.
Kichik boldir kalta muskuli ham xuddi uzun muskul singari oyoq panjasining lateral chetini ko’tarib, medial chetini pastga tushiradi. Boldirning lateral gruppa muskullarini n. peroneus superficialis innervasiya qiladi, a. peronea qon bilan ta’minlaydi.
10-MA’RUZA
Mavzu: ICHKI ORGANLAR HAQIDA UMUMIY TA’LIMOT-SPLANCHNOLOGIYA
OVQAT HAZM QILISH A’ZOLARINING TUZILISHI
REJA:
1. Ovqat hazm qilish a’zolarining tuzilishi.
2. Birlamchi ichak nayining boshlang’ich qismidan rivojlanuvchi a’zolar.
3. O’rta ichakdan rivojlanuvchi a’zolar.
4. Orqa ichakdan rivojlanuvchi a’zolar.
UMUMIY MA’LUMOTLAR
Ichki a’zolar, ya’ni ko’krak, qorin va chanoq bo’shliqlariga joylashgan a’zolar haqidagi ilm Splanchnologia deb ataladi; Splanchna yoki Viscera so’zi ichki a’zolar degan ma’noni bildiradi.
Ichki a’zolar bajaradigan ishiga qarab alohida sistemalarga ajratiladi. Hazm qilish, nafas olish, siydik ajratish va tanosil a’zolari shular jumlasidandir.
Organizm to’qimalari va hujayralarida kechadigan hayot uzluksiz ravishda davom etadigan modda almashinuvchi natijasidir. Evolyusion taraqqiyotning yuqori tabaqalaridagi hayvonlarda modda almashinuvchi birmuncha murakkablasha boradi, shu bilan birga ichki a’zolarning tuzilishi va ishda ham o’zgarish (takomillashish) lar yuz beradi.
Organizmga tushgan ovqatning o’tish yo’llari, ishlanishi va hazm bo’lishi bilan qisqacha tanishib chiqaylik.
Ovqat og’iz bo’shlig’iga lablar, tishlar va til vositasida qabul qilinadi, tishlar yordamida chaynalib, maydalanadi, ayni vaqtda og’iz bo’shlig’iga naylari ochiladigan uch juft so’lak bezlari ishlab chiqargan suyuqlik-so’lak (ekstretlar) ta’sirida qisman parchalanadi, so’ngra halqum teshigi - isthmus faucium orqali halqumga va undan qizilo’ngach orqali me’daga tushadi. Ovqat me’dada ma’lum darajada maydalanib, ezilib, parchalangach, o’n ikki barmoq ichakka, undan och va yonbosh ichakka o’tadi.
O’n ikki barmoq ichakda jigar va me’da osti bezining (bu bezlarning yo’llari o’n ikki barmoq ichakka ochiladi) ekskretlar ta’sirida ovqat tarkibidagi oqsillar, uglevodlar (karbonsuvlar) va yog’lar, vitaminlar va mineral tuzlar parchalanadi. Bu moddalar ingichka ichakdagi qon tomirlarga (qisman limfa tomirlariga) so’riladi. Ovqatdagi parchalanmay qolgan, ya’ni hazm bo’lmagan moddalar yo’g’on ichakka o’tadi (yo’g’on ichakda ham ovqat parchalanadi va so’riladi).
Yo’g’on ichakda parchalanmay qolgan oziq moddlar tarkibidagi suv qonga so’riladi, qolganlari esa chiqindi (axlat) sifatida to’g’ri ichakdan orqa teshik orqali tashqariga chiqib ketadi.
Havo (nafas) yo’li burun bo’shlig’idan halqumning og’iz bo’shlig’i qarshisidagi qismiga o’tadi, halqum bilan nafas yo’li orqali bemalol nafas olinadi. Nafas yo’lining umumiy bo’shliqdan so’ngi qismlari hiqildoq, kekirdak va bronxlar deb ataladigan alohida tuzilmalardan iborat bo’lib, o’pka pufakchalari bilan tugaydi. Demak, havo yuqorida sanab o’tilgan yo’llardan birin-ketin o’tadi.
nafas a’zolari organizmda gaz almashinuvi jarayonini amalga oshiradi, ya’ni barcha hujayralarga qon orqali kislorod yetkazib berish va hujayralardan karbonat angidridni olib ketish vazifasini bajaradi. Siydik va tanosil a’zolari garchi funksional jihatidan ikkita alohida sistemadan iborat bo’sa-da, biroq anatomik holati va rivojlanishi jihatidan yagona bitta sistemaga birlashgandir.
Siydik ajratish a’zolarining pastki (distal) qismi jinsiy a’zolarga tutashib, umumiy yo’lni hosil qiladi.
Qorin bo’shlig’ida joylashgan taloq (lien) topografik nuqtai nazardan ichki a’zolar guruhiga kiritilsa-da, bajaradigan vazifasi jihatidan immun (himoya) a’zolari sistemasiga kiradi.
Ichki a’zolarga ko’krak bo’shlig’ida joylashgan yurak ham kiradi, lekin yurak alohida bir katta sistemaning, ya’ni qon aylanish sistemasining markazi hisoblanadi, shu munosibat bilan u alohida o’rganiladi (“Qon aylanish sistemasi bo’lim”ga qarang).
HAZM A’ZOLARINING TUZILIShI
Hazm a’zolari o’z vazifasi (xizmati) ga munosib ravishda tuzilgan. Hazm a’zolari evolyusion taraqqiyotning quyi pog’onasidagi oddiy hayvonlarda alohida bitta naycha (ichak nayi) holatida mavjud bo’lsa, evolyusion taraqqiyotning yuqori bosqichida murakkab o’zigarishlarga uchraydi. Masalan, chuvalchanglarda ichak nayi uch qismdan (old, o’rta va orqa qismlardan) iborat bo’lsa, umurtqali hayvonlarda boshning tanadan alohida ajralib chiqishi natijasida ichak naychasida alohida bo’laklar: old, o’rta, orqa ichaklar hosil bo’ladi. Old ichakning boshlang’ich qismidan yana alohida ichak (bosh ichak) ham ajraladi.
Me’da-ichak sistemasiga kiruvchi a’zolar asosan ichki-epitelial qavatdan, o’rta - muskul va tashqi seroz qavatlardan iboratdir. Ammo bu qavatlar va ularda joylashgan bez to’qimalari, limfa tugunlari, qon tomirlar hamda nerv tugunlari umumiy ichak nayining turli qismlarida turlicha tuzilishga ega.
Ichak nayining ichki qavatini qiluvchi epiteliyda organizm uchun zarur moddalar qonga so’riladi, undan tashqaridagi muskul qavati ritmik ravishdab qisqarib, oziq moddalarning ichak ichida so’rilishiga yordam beradi.
Biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan tashqi qavat sirtdan o’rab (qoplab) turadi va a’zolarning ma’lum shaklda bo’lishiga, ularga qon tomirlar va nervlarning o’tishiga, shuningdek, hazm a’zolari alohida qismlarining bir-biriga bog’lanishiga imkon beradi.
Endi hazm a’zolarining devorlaridagi har qaysi qavatning tuzilishi bilan tanishib chiqaylik.
Shilliq parda. Hazm a’zolarning barcha qismlari (og’iz bo’shlig’i, halqum, qizilo’ngach, me’da va ichaklar) ichki tomondan shilliq parda (tunika mucosa) bilan qoplangan.
Organizmga tushgan (iste’mol qilingan) ovqat tarkibidagi hayot uchun zarur moddalar ana shu shilliq qavatdagi mayda qon tomirlar (kapillyarlar) vositasida qonga so’riladi. Buning uchun oziq moddalar dastlab shilliq qavatdagi bezlar ishlab chiqargan suyuqliqlar ta’sirida ximiyaviy o’zgarishlarga uchraydi.
Oziq moddalarning qonga so’rilish jarayoni ma’lum qonuniyatga bo’ysunadi, ya’ni qonga so’rilish yarim o’tkazgich orqali bir yoqlama diffuz yo’l bilan boradi.
Shilliq qavat ustini qoplab turadigan epitelial qavat hazm a’zolarining hamma joyida bir xil tuzilishga ega emas. Masalan, u og’iz bo’shlig’ida ko’p qatorli qoplagich bilan qoplangan, me’dada bez epiteliysi bilan qoplangan. Biriktiruvchi to’qima tolalari epiteliy qavatining asosini tashkil qiladi va tarkibida qon tomirlar hamda nerv tugunlari bo’ladi.
Me’da va ichaklar devorining ikkinchi qavatini shilliq osti pardasi (tela submucosa, juda yupqa parda) tashkil qiladi. Biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan bu nozik pardada qon tomirlar, nervlar, bez moddalari, limfa moddalari bo’ladi. Shilliq qavat hazm a’zolarining og’iz bo’shlig’i va halqumdan boshqa qismida joylashishi, shakli va balandligi turlicha bo’lgan burmalar hosil qiladi. Bu burmalarni hosil qilishda tela submucosa ma’lum darajada rol o’ynaydi. U bir tomondan shilliq qavat bilan, ikkinchi tomondan muskul qavat bilan tutashgan. Binobarin, muskullar qisqargan holatda turgani va shilliq qavatning hajmi muskul qavatga nisbatan katta bo’lgani tufayli u baland-past hosil qiladi.
MUSKUL QAVAT
Muskul qavat (tunica muscularis) hazm a’zolari devorlaridagi (shilliq va shilliq osti qavatlardan keyingi) uchinchi qavat hisoblanadi. Bu qavat hazm a’zolarining yuqori va pastki qismida (og’iz bo’shlig’i, halqum, qizilo’ngachning yuqori bo’lagi va orqa chiqaruv teshigi) ko’ndalang-targ’il muskul tolalaridan, qolgan qismlarida esa silliq muskul tolalaridan tuzilgan.
Silliq muskullar odatda ikki qavat (aylanma va uzunasiga ketgan) ya’ni ustma-ust qator joylashadi me’dada uchinchi (qiyshiq) qavat ham mavjud.
SEROZ PARDA
Seroz parada (tunica serosa) eng tashqi silliq, biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan qavat hisoblanadi, u biriktiruvchi nozik to’qimadan tuzilgan qavat bo’lib, biriktiruvchi nozik to’qimadan iborat parda (tela subserosa) vositasida ostidagi muskul qavat bilan bog’lanib turadi.
Seroz parda qorin pardasining ichki varg’i bo’lib, qorin bo’shlig’idagi a’zolarni o’rab turadi. Hazm kanalining seroz parda bilan qoplanmagan qismlari, masalan, og’iz bo’shlig’i, halqum, qizilo’ngachning bo’yin va ko’krak qismi hamda to’g’ri ichakning pastki qism tolali qo’shuvchi to’qimadan tashkil topgan yupqa parda bilan qoplangan bo’lib, tunica adventitia deb ataladi.
Endi me’da-ichak sistemasi shilliq qavatining devorida joylashgan ko’p sonli bezlar va limfoid tuzilmalar haqida so’z yuritamiz.
Umuman bezlar (glandulae) epiteliy hujayralaridan tuzilgan bo’lib, organizmning deyarli hamma qismida bo’ladi.
Bezlarning faqat tuzilishi emas, balki katta-kichikligi hamda ishlab chiqaradigan sekretlari ham tarkibiga ko’ra har xil bo’ladi.
Organizmdagi bercha bezlar ajratadigan sekretiga va ularni qaytartibda ishlab chiqarishiga qarab uch turkumga bo’linadi:
1. Tashqi sekret bezlari - og’iz bo’shlig’idagi, me’da-ichak devoridagi bezlar, ter hamda yog’ bezlari - o’z mahsulotlarini (ekskret) maxsus naychalar orqali tananing ma’lum bir sohasiga chiqaradi yoki quyadi.
2. Ichki sekret (inkretor) bezlari - o’z gormonlarini (inkret) to’ppa-to’g’ri qon tomirlarga, demak qonga quyadi (buyrak usti bezi, qalqonsimon bez, miya ortig’i va hokazo).
3. Aralash bezlar (me’da osti bezi va jinsiy bezlar) - ikki xil sekret ishlab chiqaradi, ba’zilari naychalar orqali organizmning ma’lum bir sohasiga, boshqalari esa qonga quyadi.
OG’IZ BO’ShLIG’I
Og’iz bo’shlig’i- cavitas oris hazm a’zolari sistemasining boshlang’ich qism bo’lib, ovqat dastlab shu joyda qabul qilib olinadi va me’daga o’tkazish uchun tayyorlanadi.
Og’iz bo’shlig’i ikki qismga bo’linadi: a) og’izning kirish qismi yoki dahlizi, b) xususiy og’iz bo’shlig’i.
Og’izning kirish qismi yoki dahlizi - vestibulum oris old tomondan yuqori va pastki lablar bilan, tashqi yon tomondan lunjlar bilan, orqa va ichki (medial) tomondan yuqori va pastki jag’ tishlari, milklar bilan chegaralanadi.
Ustki va pastki lablar o’rtasidagi yoriq - rima oris og’izga kirish teshigi deb aytiladi.
Ustki lab - labium superius va pastki lab - labium inferius yuz terisining birmuncha baland qismidir. Har ikkala labning ikki tomondan bir-biriga o’tgan joylari lablar birikmasi - comissura labiorum deyiladi.
Og’izga kirish teshigining ikki tomondagi burchaklari - angulus oris deb ataladi.
Lunj -buccae og’iz bo’shlig’iga kirish qismini ichki tomondan chegaralab turadi va lablarning bevosita davomi hisoblanadi. Lunjning shilliq qavatida joylashgan mayda bezlar - glandulae buccales labdagi shunday bezlardan birmuncha kichik bo’ladi.
Lunjning chuqur qatlamlarida yog’ qavatlari bo’lib, u yosh bolalarda yaxshi rivojlangan bo’ladi.
Xususiy og’iz bo’shlig’i - cavitas oris propria og’iz berk (yopiq) turgan holatda ikki yon va old tomondan tishlar bilan chegaralanib turadi. Uning yuqori devorini qattiq tanglay - palatum durum va yumshoq tanglay - palatum molle hosil qiladi. Ana shu qattiq va yumshoq tanglaylar vositasida og’iz bo’shlig’i burun bo’shlig’idan ajralib turadi.
TANGLAY - PALATUM
Tanglayda ikki qism -qattiq va yumshoq tanglay tafovut qilinadi.
Qattiq tanglay -palatum durum asosida suyaklar, ya’ni ustki jag’-maxilla ning tanglay o’sig’i- processus palatinus bilan tanglay suyagi - os palatinum ning ko’ndalang plastinkasi (lamina hori- santalis) turadi. U burun va og’iz bo’shliqlari tomonida shilliq parda bilan qoplangan. Yumshoq tanglay asosini esa shilliq parda bilan qoplangan muskullar tashkil etadi.
Yumshoq tanglay - palatum molle muskullardan iborat. Halkumga qaragan orqa tomoni xuddi chodir singari osilib turgani tufayli unga tanglay chodiri (velum palatinum) deb nom berilgan. Chodirning o’rta qismida yumshoq o’siqcha bo’lib, u tilcha - uvula (lak-luk) deb ataladi. Yumshoq tanglayning old qismi ko’ndalang va keng bo’lib, ustini qoplangan shilliq qavat bevosita qattiq tanglayga davom etadi.
TIShLAR
Tishlar - dentes inson hayotida muhim rol o’ynaydi. Ular ovqatni mexanik maydalab berish (chanash) bilan birga,tishlab uzib olish, so’zlarni to’g’ri talaffuz etishda ham ishtiroq etadi. Shu bilan birga tishlar og’iz bo’shlig’ining dahlizi bilan xususiy og’iz bo’shlig’ini bir-biridan ajratib turadi.
Tishlar epiteliy va mezenximadan rivojlanib, shilliq pardaning suyaklangan so’rg’ichlari hisoblanadi.
Tishlar yuqori va pastki jag’ qirg’oqlaridan o’sib chiqadi. Tishlar skelet suyaklaridan shu bilan farq qiladiki, ular jag’larga boylamlar yoki muskullar yordamida birikmaydi, balki o’z ildizi bilan jag’dagi tish katakchalari (alveola dentalis) ga xuddi mix kabi kirib (gomphosis) turadi.
Past tabaqadagi hayvonlar hayoti davomida tishlar bir necha marta almashinib (eskisi tushib, yangisi chiqib) turishi ma’lum. Odamlarda esa, butun umr mobaynida tishlar faqat ikki marta almashinadi. Bolalarda 6-7 yoshga qadar saqlangan sut tishlari (dentes deciduli) tushib ketib, o’rniga doimiy tishlar (dentes permonentes) chiqadi.
Sut tishlari normal o’sayotgan bola hayotining birinchi yilida, ya’ni 6-7 oyligidan boshlab birin-ketin chiqa boshlaydi va bola 2-2,5 yoshga to’lganda (ba’zan undan ham kechroq) butunlay chiqib bo’ladi va 20 donaga yetadi hamda 6-7 yoshga qadar turadi.
Sut tishlar va doimiy tishlarning chiqish. Normal taraqqiy etayotgan bolada birinchi sut tishlar (dentes decidui) 6-8 oylikda boshlab chiqa boshlaydi va 2-2,5 yoshda butunlay chiqib bo’ladi. Sut tishlar 20 dona, ya’ni har bir jag’da 10 donadan bo’ladi. Ular quyidagi tartibda (formulasi) joylashadi:
2012 : 2102
2012 : 2102
Bu formula (markazdan tashqariga tomon sanalganda) - ikkita kurak, bitta qoziq va ikkita katta oziq tish demakdir. Bundan yosh bolalarda kichik oziq tishlar bo’lmasligi ayon bo’ladi. Sut tishlar umuman tishlarga o’xshash bo’lsa-da, ulardan kichikligi, nozikligi va u qadar mustahkam bo’lmasligi bilan farq qiladi. Bola taxminan 6 yoshga yetganda (ba’zan undan ham oldin) sut tishlar doimiy tishlar bilan asta-sekin almashina boshlaydi. Bu tishlarning almashinuv davri 12-15 yoshga qadar davom etadi va shundan so’ng doimiy tishlar deyarli umrning oxiriga qadar saqlanib qoladi.
Doimiy tishlarning joylashish tartibi (ifodasi) quyidagichadir:
3212:2123
3212:2123
TIL
Til-lingua hazm a’zolarining boshlanish qismida, og’iz bo’shlig’ida joylashgan. Til faqat hazm a’zolarigagina aloqador bo’lib qolmay, talaffuzda ham bevosita va aktiv qatnashadi. Til muskullardan tuzilgan a’zo bo’lib, odatda og’iz bo’shlig’i (cavitas oris) ni to’ldirib turadi. Tilning quyidagi alohida qismlari tafovut qilinadi: tilning oldingi toraygan uchi til uchi - apex linguae deb ataladi, orqa qismi esa birmuncha kengayib va qalinashib til ildizi- radix linguae ni hosil qiladi. Bu ikki o’rtasi til tanasi- corpus linguae deb ataladi. Tilning uchi va yon qirg’oqlari tishlarga, uning so’rg’ichlarga boy ustki yuzasi - facies superior qattiq va yumshoq tanglaylarga qarab turadi. Ustki yuzada ikkita alohida qism: og’iz qismi - pars oralis va halqumga qaragan qismi - pars pharun gea tafovut qilinadi. Bu ikki qism o’rtasidagi ko’tarilgan joyga til orqasi - dorsum linguae deyiladi. Tilning pastki yuzasi - facies inferior linguae faqat old qismdagina erkin, harakatchan bo’lib, orqa qismi til ildiziga bevosita davom etadi.
OG’IZ BO’ShLIG’IDAGI BEZLAR
Quloq oldi bezi - glandula parotis yassi shaklga ega bo’lib, yuz terisi ostida qisman chaynov muskuli (m.masseter) ni yopib turadi, orqa tomondan m.sternocleidomastoideus va qisman so’rg’ichsimon o’siqqa borib yetadi. Bez to’qimasi orasidan yuz nervi (n.facialis) rib o’tadi. Bez yumshoq, pushti rangda bo’lib, alohida-alohida bo’lakchalardan iborat. Og’irligi 25-30g. Bez bo’lakchalarining naychalaridan hosil bo’lgan markaziy nay (ductus parotideus stenoni)chaynov muskuli oldidan o’tadi, so’ngra lunj muskulini teshib o’tib, og’iz bo’shlig’ining kirish qismiga, ya’ni yuqori jag’dagi ikkinchi katta oziq tishlar qarshisida ochiladi. Ba’zan qo’shimcha quloq oldi bezi - glandula parotis accessoria uchraydi. U chaynov muskuli ustida joylashadi va uning nayi ham og’izning kirish qismiga ochiladi.
HALQUM
Halqum - pharynx burun va og’iz bo’shlig’ining bevosita davomi hisoblanib, uning shakli orqa yuzasiga qarab yassilanib boruvchi voronkaga o’xshaydi. Halqumning beshta devori, chunonchi yuqori, orqa, oldingi va ikki yon devorlari tafovut qilinadi. Halqum ensa suyagining asosiy qismi va qisman pona suyagining tanasiga qadar ko’tarilgan va shu suyaklarga birikkani uchun bu joy halqumning yuqoridagi devori hisoblanadi. Bu devor halqum gumbazi - fornix pharyngis deb ham ataladi. Ikki yon tomonda (halqum yaqinida) yirik qon tomirlar va nervlar o’tib ular halqumning yon devorlari asosini tashkil qiladi. halqumning orqa devorini bo’yin umurtqalari va bo’yinning chuqur joylashgan muskullari hosil qiladi.
QIZILO’NGACh
Qizilo’ngach - esophagus halqumning bevosita davomi hisoblanib me’dagacha davom etadi. Qizilo’ngachning asosiy vazifasi luqma va suyuqliqni me’daga o’tkazishdir. Qizilo’ngach 25 sm uzunlikdagi muskuldan iborat nay bo’lib, uning yuqori chegarasi VI bo’yin umurtqasiga to’g’ri keladi. U bo’yinning pastki qismi va ko’krak sohasidan o’tib, XI ko’krak umurtqasi ro’parasida me’daning kirish qismiga ulanadi. Qizilo’ngach asosan ko’krak bo’shlig’ida ko’krak oralig’ining orqa qismida joylashadi. Qizilo’ngach orqa tomondan umurtqa pog’onasiga juda yaqin turadi, u aortaning pastga tushuvchi qismi (aorta descendens) ga yondoshgan. Qizilo’ngach old tomondan kekirdakning parda qismiga tegib turgani holda o’rta chiziqdan biroz chapga o’tib turadi.
ME’DA
Me’da - ventriculus, s.gaster hazm kanalining eng kengaygan bo’lib, qorin bo’shlig’ining yuqori qismida joylashgan. Uning ko’ qismi chap qovurg’a sohasi - regio hepochondrica sinistra da, o bo’lagi esa qorin usti sohasi - regio epigastrica da turadi.
Me’daning shaklini nokka, ba’zan kimyoviy laboratoriyalar retortaga yoki bir tomoni ingichka loviyaga o’xshatadilar. Me’daning katta-kichikligi va hajmi har kimda har xil bo’ladi. Kattalar me’dasining hajmi o’rta hisobda 3-3,5 litr keladi.
Seroz qavat - tunica serosa qorinpardaning visseral varag’idir. Bu parda katta va kichik egriliklar bo’ylab yo’nalayotgan qon tomirlar bilan band joylarni hamda orqa devordagi diafragma tegib turadigan kichkinagina maydonchadan boshqa hamma joyni o’rab turadi. Me’dani o’rab olgan qorinparda undan qo’shni a’zolarga o’tadi boylamlar hosil qiladi. Masalan, me’daning old va orqa devorlari o’rab jigarga o’tayotgan qorinparda lig.hepatagastricum deb ataladi. Me’daning katta egriligidan pastgi yo’nalib, ko’ndalang chambar ichak devoriga o’tgan qismi lig.gastracolicum, taloqqa o’tgani lig.gastroliem deb ataladi.
Muskul qavati - tunica muscularis boshqa qavatlarga nisbatan ancha baquvvat bo’lib, silliq muskul tolalaridan iborat. Muskullar qishqarishi natijasida me’da ichidagi ovqat hazm qilish kanalining pastki qismiga qarab so’riladi.
INGIChKA IChAK
Ingichka ichak - intestinum tanuae me’daning oxirgi, chiqish qismidan boshlanib, to yo’g’on ichakning boshlang’ich qismiga qadar davom etadi va hazm kanalining eng uzun qismi hisoblanadi. Ingichka ichakning uzunligi 5-6 metr bo’lib, murdada birmuncha ortiqroq bo’ladi (6,5-7 metr). Bunga sabab shuki, ichak devorlaridagi doimo qisqarish holatida bo’lgan muskul tolalari odam o’lgandan so’ng bo’shashib ketadi. Umuman ichaklarning, jumladan ingichka ichakning uzun-qisqaligi yoshga ham bog’liq bo’ladi. Masalan, yangi tug’ilgan chaqaloqlarda ichakning uzunligi tananing uzunligiga nisbatan 7 marta, katta odamlarda esa 4-4,5 marta ortiqdir. Ingichka ichak devorlarining diametri yo’g’on ichaka yaqinlashgan sari toraya boradi. Agar o’n ikki barmoq ichak oxirgi qismining diametri 2,5 sm bo’lsa, yonbosh ichak oxirgi qismining diametri 2-2,5 sm keladi. Ingichka ichak yo’g’on ichakka nisbatan deyarli ikki marta ingichka bo’ladi.
YO’G’ON IChAK
Yo’g’on ichak - intestinum crassum hazm kanalining ingichka ichakdan keyin davom etuvchi qismi bo’lib, orqa chiqarish teshigi bilan tugaydi. Ingichka ichak yo’g’on ichak chambarining ichida yotadi. Mazkur ichakning yo’g’on ichak deb atalishining boisi shundaki, uning diametri ingichka ichak diametriga nisbatan taxminan ikki barobar kattadir. Yo’g’on ichakning uzunligi 1-1,5 metr. Yo’g’on ichakda quyidagi qismlar tafovut etiladi:
1) ko’richak - caecum (chuvalchangsimon o’simta - appendix vermiformis bilan);
2) ko’tariluvchi chambar ichak - colon ascendens;
3) ko’ndalang chambar ichak - colon transversum;
4) tushuvchi chambar ichak - colon descendens;
5) S-simon ichak - colon sigmoideum;
6) to’g’ri ichak - intestium rectum;
ME’DA OSTI BEZI
Me’da osti bezi - pancreas qorin bo’shlig’ining orqa tomonida I-II bel umurtqalari qarshisida, me’daning orqasida ko’ndalang holatda yotadi. Me’da osti bezining ko’pchilik qismi yuqori qorin soha - regio epigastrica da, kamroq qismi esa chap qovurg’a osti sohasi (hypochondrica sinistra) da joylashgan bo’lib, o’n ikki barmoq ichakning tushuvchi qismidan to taloq darvozasiga qadar yetib boradi. Bu bez kattalikda jigardan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Bezning uzunligi 16-22 sm, kengligi 3-8 sm, qalinligi 2-3 sm, og’irligi 70-90 g. U yumshoq tushti-kulrang bo’lib, juda ko’p bo’laklardan iboratligi yaqqol bilinib turadi. Oldindan orqaga qarab yassilangan bu bezda bosh - caput pancreatis, tana- corpus pancreatis va dum -cauda pancreatis qismlariga bo’laniadi. Me’da osti bezining boshi boshqa qismlarga qaraganda katta bo’lib, o’n ikki barmoq ichakning tushuvchi qismiga o’zining yo’li bilan qo’shiladi. Ko’pincha bezning bosh qismida ilmoqsimon o’siq proceaaus uncinatus ni ko’rish mumkin. Bezning boshi tanasiga o’tish joyida kemtik joy hosil bo’ladi, bu qism incisura pancreatis deb atalib, shu yerdan yuqori tutqich arteriyasi va venasi o’tadi. Ana shu kemtik joy taxminan 15% hollarda ingichkalashgan bo’lib, bez bo’yni - collum pancreatis deb ataladi. Me’da osti bezning tansi uchburchak asosli prizmaga o’xshaganligi tufayli unda uchta yuza va uchta qirra tafovut qilinadi. Old yuza - facies anterior bir oz botiq bo’lib, me’daning orqa devoriga tegib turadi. Me’daning orqa yuzasi - facies posterior qorinning orqa devoriga qaragan bo’lib, qorin o’rtasiga, pastki kavak venaga va chap buyrak venasiga tegib turadi. Pastki yuzasi - facies inferior bezning bir oz oldinga qarab turgan kambar qismi bo’lib, o’n ikki barmoq ichakning och ichakka o’tish joyidagi bukilmagan och ichak qovuzloqlariga va ko’ndalang chambar ichakning uchiga tegib turadi. Bu sanab o’tilgan yuzlar bir-yuiridan uchta qirra (qirg’oqlar) - oldingi qirg’oq - margo anterior, yuqorigi qirg’oq - margo superior va pastki qirg’oq - margo inferior vositasida ajralib turadi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, me’da osti bezining tanasi hamisha uch burchakli bo’lavermaydi, ba’zan u yassi bo’lishi ham mumkin. Bunday hollarda albatta yuqorida aytib o’tilgan yuzalar va qirralar yaqqol ko’rinmaydi.
JIGAR
Jigar - hepar qorin bo’shlig’ining yuqori qavatida joylashgan bo’lib, diafragama tegib turadi. Jigarning ko’p qismi o’ng qovurg’a osti sohasida (regio hypochondrica dextra), bir qismi qorinning yuqori sohasiga (regio epigastrica propria), juda oz qismi esa chap qovurg’a osti sohasida regio hypochondrica turadi. jigar organizmdagi bezlarning eng kattasi bo’lib, og’irligi taxminan 1500 g, ya’ni katta kishilarda gavda og’irligining 1/50 qismini, chaqaloqlarda esa 1/20 qismini tashkil qiladi. jigar qizg’ish-kulrang tusda bo’lib, ushlab ko’rilganda qo’lga juda yumshoq unnaydi. Jigarning uzunligi 20-22 sm, eni 10-12 sm, qalinligi 7-8 sm. Normal holatdagi jigar qovurg’a ravog’idan tashqari chiqmaydi. Jigarning joylashishiga va atrofini o’ragan a’zolarga qarab diafragamaga tegib turgan yuzasi - facies diaphragmatica, pastki a’zolarga qaragan yuzasi - facies visceralis , orqaga qaragan yuzasi - facies posterior tafovut qilinadi. Ustki va ostki yuzalar old tomondan birlashib, old o’tkir- qirg’oq - margo anterior ni va hosil qiladi.
Me’da o’zining kichik egriligi bilan jigarning chap jigarning chap bo’lagiga tegib turadi va o’z izi - impressio gastrica ni qoldiradi. Chap sagittal chuqurchadan bir oz chaproqda charvi tomonga qarab ko’tarilib turgan do’mboqlik bo’lib, u tuber omentale deb ataladi. Chap sagittal chuqurga parallel yotgan o’ng sagittal chuqur - fossa sagittalis dextra jigarning o’ng bo’lagi - lodus hepatis dextra da bo’lib, uning old yarmida o’t pufagi joylashgani tufayli fossa vesica fellea deb ataladi. Orqa yarmi u qadar chuqur bo’lmagan egat shaklida bo’lib, unda pastki kovak venasi joylashganligi uchun sulcus vena cava inferior deb ataladi.
O’ng sagittal chuqurning old va orqa qismlari bir-biridan kichkina dumsimon o’siq-processus caudatus hepatis vositasida ajralib turadi. Yuqorida aytib o’tilgan ikkita sagittal chuqur o’rtasida ko’ndalang joylashgan va yana bitta chuqurcha bor bo’lib, bu chap sagittal chuqur bilan o’t pufagi joylashgan chuqurchaning orqa tomonini birlashtirib turadi. Shunday qilib, o’ng va chap sagittal chuqurlar bilan ko’ndalang chuqur birgalikda “N” harfiga o’xshaydi. O’rtadagi ko’ndalang chuqur orqali jigar ichiga darvoza venasi, jigar arteriyasi, nervlar kiradi va u yerdan umumiy o’t yo’li (ductus choledochus) limfa tomirlari chiqadi. Shuning uchun bu ko’ndalang chuqurcha sohasi jigarning darvozasi - porta hepatis deb ataladi. Jigarning pastki yuzasida, o’ng va chap sagittal chuqurlar old yarmining o’rtasida ularni bir-biridan ajratib turadigan kvadrat shaklidagi bo’lak - lobus quadratus yotadi. Kamdan-kam hollarda bu bo’lak jigar parenximasidan hosil bo’lgan pilakcha (plastinka) yordamida jigarning chap bo’lagi bilan qo’shilib turadi. Kvadrat bo’lakdan orqada yana bir dumli bo’lak - lobus caudatus bor. Bu bo’lak jigar darvozasining orqa tomonida chap va o’ng sagittal chuqurlar o’rtasida joylashgan caudatus ning old va chaproq tomonida so’rg’ichsimon o’siq - processus papillaris va o’ng tomonida dumsimon o’siq - processus caudatus turadi. Jigarga tegib turadigan a’zolar o’z izini qoldiradi. Yuqorida aytib o’tilgan yurak va me’da izlaridan tashqari, jigarning orqa yuzasida qizilo’ngach izi - impressio esophagea chap sagittal chuqurchasiga to’g’ri keladi IV umurtqa izi- impressio vertebralis jigarning dumli bo’lgan yotgan joyiga to’g’ri keladi, jigarning pastki o’ng yuzasida o’ng buyrak va buyrak usti bezlarining izlari - impressiones renalis et suprarenalis, me’da izi - impressio gastrica, o’n ikki barmoq ichak izi - impressio duodenales, yo’g’on ichak izi - impressio colica bor.
Jigarning joylashishi. Jigarning kattagina qismi o’ng qovurg’a osti sohasida, chap bo’lagining ozigina qisman chap qovurg’a osti sohasida joylashgani yuqorida aytib o’tilgan edi. Jigarning yuqori chegarasi diafragama gumbazining pastki yuzasiga mos kelib, uning eng ko’tarilib chiqqan joyi IV qovurg’a oralig’iga to’g’ri keladi. O’rta chiziq bo’yicha jigarning yuqori chegarasi V qovurg’a tog’ayining to’sh suyagi bilan birikkan joyiga, chapi VI qovurg’a tog’ayining birikish joyiga to’g’ri keladi, so’ng chapga va yuqoriga qarab yo’nalib, VII va VIII qovurg’alarning tog’aylari birikkan joyga yetadi.
Jigarda 5 ta naysimon to’r (sistema) mavjud: 1) o’t yo’llari, 2) darvoza vena tarmoqlari, 3) arteriyalar, 4) jigar venalari, 5) limfa tomirlari. Kavak va darvoza tomirlarining yo’nalishi bir-biriga to’g’ri kelmaydi. Qolgan naysimon chigallar darvoza vena tolalari bilan yonma-yon yotib tomir sekretor (shira ishlab chiqarish) tutamini hosil qiladi, burarga nervalar ham qo’shiladi. Limfa tomirlarining bir qismi jigar venalari bilan chiqadi. Shunday qilib, jigarda ikkita qon tomir to’ri mavjud: biri darvoza venasining tarmoqlanishi hisobiga hosil bo’lsa, ikkinchisi kavak vena to’ri bo’lib, bu jigar venasi (v.hepaticae) jigardan qonni pastki kavak venasiga olib boruvchi vena chigalidir.
Bundan tashqari, yana uchinchi - kichik chigali ham bo’lib, u v.umblicales tarmoqlari vositasida yuzaga keladi va tug’ilgandan so’ng jigarning dumaloq boylamiga aylanadi.
O’T PUFAGI
O’t pufagi - vesica fellea jigarning o’ng bo’lagining ostki yuzasi o’t pufagi chuqurchasi - fossa vesica fellea da joylashadi. U keng tu jigarning old chekkasidan bir oz chiqibroq turadigan nok shaklida a’zodir. O’t pufagining tubi, tanasi, bo’y tafovut qilinadi.
O’t pufagining tubi - fundus vesicae fellea uning eng kengay joyidir. O’t pufagi to’lib turgan vaqtda tubi bir oz oldinga chiqib, o’ng tomonda IX qovurg’a tog’ayi sohasida qorin devoriga tegib turadi.
O’t pufagining tanasi - corpus vesicae fellea tub qismining davomi bo’lib, o’t pufagining ancha qismini tashkil etadi.
O’t pufagining bo’g’zi (bo’yni) collum vesicae felleae pufakning toraygan joyidir. U sekin-asta ingichkalasha borib, o’t pufagining nayi - ductus cysticus ga aylanadi. Nayning uzunligi 3-3,5 sm, ba’zan 4,5 sm, ko’ndalang kesimi 3-4 mm bo’ladi. Jigardan kelayotgan ductus cysticus ductus hepaticus communis bilan qo’shilib 6-7 sm uzunlikdagi umumiy o’t yo’li - ductus choledechus ni hosil qiladi.
Umumiy o’t yo’li - ductus choledechus o’n ikki barmoq ichak tushuvchi qismining yuqori 1/3 qismidagi katta so’rg’ich - papillae duodeni major ga ochiladi. Ductus choledechus o’tni o’n ikki barmoq ichakka uzluksiz quyib turmaydi, faqat kerakli vaqtdagina o’tkazadi. Chunki uning o’n ikki barmoq ichakka quyadigan joyida yaxshi taraqqiy etgan qisuvchi muskul -sphincter ampullae hepatopancreaticae (Oddi) bor.
O’t pufagi jigarda ishlanib chiqqan o’tning ortiqcha miqdori saqlanadigan bo’lib, sig’imi 40-60 sm3 keladi, lekin o’zi o’t ishlab chiqarmaydi. O’t pufagi qorin parda bilan faqat pastki tomondan o’ralgan bo’lib, qolganqismi jigar moddasiga biriktiruvchi to’qima yordamida yopishib turadi. O’t pufagining devori quyidagi to’rt qavatdan iborat: seroz parda tunica serosda vesicae felleae seroz, osti qavati tunica subserosa vesicae felleae, muskul qavati - tunica muscularis vesicae felleae, shilliq parda - tunica mucosa vesicae felleae. Muskul qavati aylanasiga ketgan va ozgina qiyshiq holda yo’nalgan silliq muskul tolalaridan iborat.
Dostları ilə paylaş: |