8-ma’ruza mavzu: muskullar haqida ilm-myologia reja


Tovon (yoki oyoq kafti) muskuli



Yüklə 32,97 Kb.
səhifə17/20
tarix02.01.2022
ölçüsü32,97 Kb.
#43986
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Anatomiya muskul, hazm qilish

Tovon (yoki oyoq kafti) muskuli (m. plantaris) - son suyagi yuqori uchining orqa taqim yuzasidan boshlanib, tovon suyagining do’mbog’iga yopishadi. Duksimon shaklga ega bo’lgan kalta go’shtdor qismi birdaniga uzun ingichka  payga ulanadi, boldir muskuli bilan kambalasimon muskullarning orasida yotadi. Ba’zan bu muskul bo’lmasligi ham mumkin.

Bu muskul tizza bo’g’imibukilganda bo’g’im kapsulasini tortadi.

Boldirning orqa yuza qavat muskullarini n.tibialis innervasiya qiladi.

Chuqur qavatda joylashgan muskullar uchta bo’lib, chukur qavat bilan yuza kavat orasida ularni ajratib turuvchi boldirning chukur fassiyasi bor.



Taqim muskuli (m. popliteus) - son suyagining condylus lateralis idan va tizza bo’g’imining kapsulasidan boshlanib, katta boldir suyagi yuqori uchining orqa yuzasiga (taqim yuzasiga) yopishadi. Bu  muskul taqim sohasida tizza bo’g’imining bevosita kapsulasi ustida joylashgan.

Taqim muskuli bir bo’g’imli muskul bo’lgani tufayli boldirni bukadi va ichkariga buradi.

Bu muskul sonning orqa tomonida joylashgan n. tibialis shoxlari bilan innervasiya qilinadi.

Barmoqlarni bukuvchi uzun muskul (m. flexor digitorum longus) - katta boldir suyagiing orqa yuzasidan boshlanib II-V barmoqlar tirnoq falangalarining ostki-kaft yuzasiga yopishadi. Bu yarim patli muskul bo’lib, chuqur qavat muskullaridan eng medial tomonda joylashgandir. Bu muskulning payi medial to’piqqa yaqinlashganda katta boldir orqa muskulining payi bilan kesishadi va medial to’piq sohasidagi retinaculum flexorum ning ostida o’tadi. so’ng oyoq panjasining kaftiga o’tadi, taxminan oyoq kafti o’rtasiga borganda muskulning bitta umumiy payi to’rtta alohida payga bo’linadi va panjani bukuvchi katta muskul paylari orasidan (xuddi qo’l panjasidagidek) o’tib, II-V barmoqlarning tirnoq falangalariga borib yopishadi.

Bu muskul oyoq panjasini to’piq bo’g’imida bukadi oyoq panjasining tirnoq falangasini bukadi, oyoq uchida yurishni ta’minlaydi. Shuning uchun ham u raqqosa (balerina) larda yaxshi rivojlangan bo’ladi. Bu muskulning yurishda ham ahamiyati katta.

U n. tibialis vositasida boshqariladi.




Yüklə 32,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin