YeLKA KAMARI MUSKULLARI
Yelka kamari muskullarining ko’rinish shar shaklida bo’lib, yelka bo’g’imi atrofida joylashgan. Bu muskullar qisqarganda yelka bo’g’imining harakatini ta’minlaydi.
Deltasimon muskul (m. deltoideus) - extremitas acromitalis claviculae acromion spina scapulaedan boshlanib, tuberositas deltoidea humeri ga yopishadi. Uchburchak shakliga ega bo’lib, shaklan grechka “D” harfiga o’xshaydi. Muskullari yaxshi taraqqiy etgan kishilarda burchagi pastga qaragan uchburchak shaklida bo’rtib, yelka suyagi boshining ustidan yopib yotadi. Bu muskulning uch qismi - orqa, o’rta va old muskul tutamlari tafovut qilinadi. orqa tutamlari spina scapulae dan boshlanib, pastga va lateral tomonga, old tutamlar (o’mrov suyagidan boshlanadi) oldinga, pastga, lateral tomonga va o’rta tutamlar (akromiondan boshlanadi) yuqoridan pastga yo’langan bo’lib, bu qismlar alohida-alohida va birgalikda qisqarishi mumkin.
Deltasimon muskularning old (o’mrov suyagidan boshlanuvchi) qismi qisqarsa, qo’l old tomonga va yuqoriga tortiladi (atiflexio deb shunga aytiladi); orqa (kurak suyagidan boshlanuvchi) qismi qisqarsa, qo’l orqa tomonga va bir oz yuqoriga tortiladi, ya’ni old qismiga nisbatan teskari harakat qiladi.
Kichik yumaloq muskul (m. teres minor) - margo lateralis scapulae dan boshlanib, tuberculum majus humeri ga yopishadi. Bu muskul yuqoridagi qirra osti muskul bilan birgalikda pishiq fassiya (fascia infraspinata) ga o’ralgan.
Vazifasi yelka suyagini supinasiya qilishdir.
U n. axillaris vositasida innervasiya qilinadi.
Katta yumaloq muskul (m. teres major) - kurak pastki burchagining orqa sathidan boshlanib, crista tuberculi minoris ga yopishadi.
U qo’lni pastga tortadi, gavdaga yaqinlashtiradi va ichkariga buradi.
Bu muskulni n. subscapularis innervasiya qiladi.
Dostları ilə paylaş: |