UMURTQA OLDI MUSKULLARI
Bo’yinning uzun muskuli (m. longus colli) - pastki uchta bo’yin va yuqorigi uchta ko’krak umurtqalari tanalarining yon yuzasidan va umurtqalararo tog’aydan, II-VI bo’yin umurtqalari ko’ndalang o’siqlarining oldingi do’mboqchalaridan boshlanib, II-IV bo’yin umurtqalari tanalarining yon yuzasiga, V-VI bo’yin umurtqalari ko’ndalang o’siqlarining old do’mboqchalari ning tanasiga va atlantning old do’mbog’iga yopishadi.
Bu muskul umurtqa pog’onasining old yuzasini egallab yotadi, uzun yassi tasma shakliga ega. Old tomondan halqum va qizilo’ngach bilan yopilib turadi, yuqori bo’lagi esa boshning uzun muskuli bilan yopilib turadi.
Bu muskul umurtqa pog’onasining bo’yin qismini yon tomonga bukadi, ikki tomondan baravar qisqarsa, bo’yinni oldingi bukadi.
U CI-CVI lar orqali innervasiya qilinadi.
BOSh MUSKULLARI
Bosh muskullari ikki guruhga - mimika muskullari va chaynov muskullariga bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: |