8-ma’ruza mavzu: muskullar haqida ilm-myologia reja



Yüklə 32,97 Kb.
səhifə5/20
tarix02.01.2022
ölçüsü32,97 Kb.
#43986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Anatomiya muskul, hazm qilish

YuZA MUSKULLAR

                Bo’yinning teri osti muskuli (m. platysma) - ko’krak fassiyasining II qovurg’a sohasidan boshlanib, pastki jag’ning qirog’iga yopishadi. Bu muskul bevosita bo’yin terisi ostida joylashgan bo’lib, yupqa plastinkadan iborat. O’ng va chap muskullar o’rtasida bo’yinning o’rta chizig’i sohasida uchburchak shaklida ochiq joy qoladi.

                Bu muskul bo’yin terisini old tomonga tortib, bo’yin venalari ichida qon oqishini yaxshilaydi, og’iz burchagini pastga tortib mimika muskuli vazifasini bajaradi.

                Y n. facialis orqali boshqarilib, a. cervicalis facialis orqali qon bilan ta’minlanadi.

                To’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon muskuli y. m. sternocleidomastoideus. To’sh suyagining oldingi sathidan, o’mrov suyagining to’sh suyagiga qargan uchidan boshlanib, chakka suyagining so’rg’ichsimon o’sig’iga yopishadi. Yuqoridagi muskulning ostida joylashgan bo’lib, undan bo’yin fassiyasi yordamida ajralib turadi. Embrional davrda m. trapezius bilan birga takomil etib, undan ajralib ketadi. Shuning uchun am, innervasiyasi trapesiyasimon muskul bilan umumiydir (n.accesorius).

                Bu muskul bir yoqlama qisqarsa, boshni o’sha tomonga egadi va yuzni qarama-qarshi tomonga qaratadi. Har ikkala tomonda barobar qisqarsa, boshning holatiga qarab old yoki tomonga bukadi. Agar boshni qimirlatmay to’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon muskullari qisqartirilsa, ko’krak qafasini oldinga va bosh tomonga tortadi. Binobarin, nafas olishda ishtirok etadi.

                U qo’shimcha (XI juft) nerv vositasida boshqarilib, a. sternoclei domastoideus vositasida qon bilan ta’minlanadi.


Yüklə 32,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin