8-ma’ruza mavzu: muskullar haqida ilm-myologia reja


OLDINGI LATERAL TOMONDAGI MUSKULLAR



Yüklə 32,97 Kb.
səhifə3/20
tarix02.01.2022
ölçüsü32,97 Kb.
#43986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Anatomiya muskul, hazm qilish

OLDINGI LATERAL TOMONDAGI MUSKULLAR

                Qorinning tashqi qiyshiq muskuli (m.obliquus externus abdominis) - ko’krak qafasining yon tomonidan, pastki sakkizta qovurg’adan tishlar bilan boshlanib, yonbosh suyagi qirrasining labium externum iga yopishadi. Qolgan qismi esa yassi pay (aponevroz) ga aylanib, to’g’ri muskulning ustidan o’tib, qarama-qarshi tomondagi shu nomli muskul apnevroz bilan qo’shilib, oq chiziq (linea alba) ni hosil qiladi. Bu muskul tutamlarining yo’nalishi m.m. intercostales tolalarining yo’nalishiga o’xshaydi. Qorin tashqi qiyshiq muskuli apnevrozining pastki erkin qismi tuberculum pubicum bilan spina iliaca anterior superior orasida tortilib, tarnovsimon ariqcha hosil qiladi. Bu ariqchaning tubi xiyla mustahkam bo’lib, chov boylami lig inguinale) deb shunga aytiladi. Demak, chov boylami pishiq chandir shaklidagi boylam bo’lib, qorin tashqi qiyshiq muskulining qalinlashgan va bir oz qayrilgan chekkasidir.

                Chov boylamining tubercumlum pubicumga birikuvchi medial uchidan davom etgan fibroz tolalar pastga qarab pecten ossis pubis ga qayrilib, lig locunare ni hosil qiladi. Orqa-tomonda qorinning tashqi qiyshiq muskuli va m. latissimus dorsi chekkalarining orasida kichkina uchburchakka o’xshash joy qoladi, trigonum lumbale deb ataladigan bu kamgakning xirurgiyada amaliy ahamiyati bor. Bel uchburchagining laterial tomoni qorinning tashqi qiyshiq muskulidan medial tomoni m.latissimus dorsi dan, asosi esa qorinning ichki qiyshiq muskulidan tashkil topgan.

                Bu muskul n. n intercostales V-XII lar bilan innervasiya qilinadi va a. a. intercostales, epigastrica superior et inferiorlar uni qon bilan ta’minlaydi.




Yüklə 32,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin