8-ma’ruza mavzu: muskullar haqida ilm-myologia reja



Yüklə 32,97 Kb.
səhifə8/20
tarix02.01.2022
ölçüsü32,97 Kb.
#43986
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Anatomiya muskul, hazm qilish

MIMIKA MUSKULLARI

                Mimika muskullarining o’zi bosh mimika muskullari va yuz mimika muskullariga bo’linadi.

                Boshning mimika muskullari.

                Ensa-peshona muskuli (m. occipitofontalis). Bu muskul serbar va yupqa bo’lib, pishiq fibroz plastinkadan iborat qismi kallani ust tomondan yopib yotadi. Ensa-peshona muskulining go’shtdor qismi ensada va peshonada joylashgan bo’lib, fibroz payi kallaning tepasida joylashgan. Galea apaneurotica deb shunga aytiladi, u pishiq fibroz plastinkaga o’xshaydi, chakkaga tomon yupqalasha boradi. Ensa-peshona muskuli teriga mustahkam yopishgan bo’lib, suyak usti pardasiga bo’sh birikkan. Shuning uchun ham muskulning go’shtdor qismlari qisqarganda bosh terisi (soch) oldinga va orqaga tortiladi. Ayni vaqtda Gala apaneurotica osh terisi bilan birga kalla suyagi ustida sirg’aladi. Ensa - peshona muskulining orqa  go’shtdor qismi venter occipitalis - linea nuchae superior dan boshlanib, kalla tepasi (gala apaneurotica) ga o’tib ketadi va aponevrozni orqaga tortadi. Old qismi (venter frontalis) qosh terisidan boshlanib, gala aponeurotica ga o’tib ketadi. shuning uchun ham old qismi qisqarsa, qoshni ko’tradi.

               


Yüklə 32,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin