BO’YIN MUSKULLARI
Bo’yinning old (ventral) tomoni collum, orqa (dorsal) tomoni cervicis yoki regio nuchae deb ataladi.
Bo’yinda muskullardan tashqari, hiqildoq, kekirdak, qizilo’ngach, katta qon tomirlar bo’ladi. Bo’yinning old tomonida, hiqildoq oldida, modda almashinuvida katta ahamiyatga ega bo’lgan qalqonsimon bez joylashgan.
bo’yin muskullari bo’yindan o’tadigan a’zolar atrofini o’rab turadi va quyidagicha tasniflanadi:
I. Yuza muskullar (m.m. platysma, sternocleidomastoideus)
II. Til osti suyagi sohasidagi muskullar:
a) til osti suyagidan yuqorida joylashgan muskullar (m.m. mylohyoideus, digastricus, stulohyoideus, geniohyoideus);
b) til osti suyagidan pastda joylashgan muskullar (m.m. sternohyoideus, sternotryreoideus, thyreohyoideus).
III. Chuqur muskullar:
a) yon tomondagi qovurg’alarga birikuvchi muskullar (narvon muskullar);
b) umurtqa oldi muskullari.
Dostları ilə paylaş: |