8-mavzu. Bozor iqtisodiyotiga muxolif-sotsialistik yo‘nalish. (2 soat) Reja 1


Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari (K.Marksning “Kapital” asari, F.Engelsning “Anti-Dyuring” asari)



Yüklə 55,18 Kb.
səhifə4/8
tarix02.01.2022
ölçüsü55,18 Kb.
#37848
1   2   3   4   5   6   7   8
8- маъруза 87db736d565041be2c97976e842a0d1c

3. Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari (K.Marksning “Kapital” asari, F.Engelsning “Anti-Dyuring” asari).



  1. asrning o‘rtalarida iqtisodiy taъlimotlar tarixida yangi bir yunalish - marksizm vujudga keldi. K.Marksning nomi ko‘pchilikda inqiloblar bilan bir deb qaraladi. Xaqiqatdaan ham bu fikrda jon bor, chunki u F.Engels bilan birgalikda proletariatning kapitalizmga qarshi kurashi zarurligini isbotlovchi nazariyaga asos soldi, buni tasodifiy xol deyish qiyin, chunki shu davrda kapitalistik xo‘jalik rivoji, sanoat to‘ntarilishining ayrim (Angliya va G‘arbiy Evropa) mamlakatlarda nihoyasiga etganligi, sanoatning iqtisodiyotda etakchi rolni egallashi, ishchilar sinfining jamiyatdagi mavqeining keskin oshganligi, kapitalistik jamiyatning feodalizmdan ustunligi namoyon bo‘lishi bilan birga uning bir qancha illatlari ham mavjudligi (ishsizlik, ish vaqtining o‘zunligi, maoshning kamligi, iqtisodiy inqirozlar, mulkiy va sinfiy tabatsalashuvning tobora kuchayishi, mustamlakachilik va boshqalar) prinsipial yangi taъlimot paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi. O‘z davrida burjua olimlari deb atalgan tadqiqotchilar (Sismondi, Prudon, disman Smit, Rikardo), xayoliy sotsialistlar va boshqalar kapitalistik tizimning bir qancha negativ tomonlarini ochib bergan edilar. Ana shu illatlar bu davrda keskin kuchaydi, mehnat va kapital, ishchilar va soxibkorlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik tobora ortib bordi. 1831-34 yillar Fransiyada Lion to‘quvchilari, 30-40 yillarda Angliyadagi vuddistlar va chartistlar xarakati ishchilar sinfining mustaqil sinf sifatidagi chidishlari edi. 1844 yilda Sileziya tO‘quvchilarining do‘zgoloni Germaniyadagi inqilobiy xarakat darakchisi bo‘ldi. 1848 yilda burjua inqilobi tufayli marksizmning vujudga kelish jarayoni yanada kuchaydi. Avvalgi davrdagi iqtisodiy talablar asta-sekin siyosiy tus ola boshladi.

Vujudga kelgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sharoit va avvalgi davrdagi bir qancha iqtisodiy g‘oyalar asosida, birinchi navbatda klassik iqtisodiy maktab, utopik sotsializm taъlimotlari tufayli marksizm shakllandi. Kapitalistik tuzum, hozirgi davr tili bilan aytganda bozor iqtisodining bekamu-ko‘st emasligi, uning ijobiy tomonlari bilan birga xal etilishi shart bo‘lgan muammolarining ham mavjudligi yangi iqtisodiy taъlimot paydo bo‘lishiga turtki bo‘ldi. Uning bosh iqtisodiy asari «Kapital» bo‘lib, unda asosiy iqtisodiy g‘oyalari ilgari suriladi (1-jildi1867 ynashr etilgan). Marksning iqtisodiy merosida klassik maktab g‘oyalari asosiydir. Bu olimning tadqiqot predmetida Iqtisodiyotda ishlab chiqarish soxalari muammolarning tahlili ustuvordir. V.Petti tadqiqotlariga baxo berib, ishlab chiqarishning burjua munosabatlarining ichki aloqalari o‘rganishi taъkidlanadi.

Tadqiqot uslubi boshqa olimlardan keskin farq qilmaydi, iqtisodiy jarayonlar siyosat va davlatga nisbatan ustuvor hisoblanadi, ammo kapitalizm va shunga muvofiq xo‘jalik yuritishning bozor mexanizmi o‘tkinchi deb qaraladi.

Bazis va ustqurma to‘g‘risidagi konsepsiya olim metodologiyasi markaziy o‘rinni egallaydi. Unga ko‘ra ishlab chiqarish etakchi hisoblanadi formatsiyalar to‘g‘risidagi fikrda esa kapitalistik jamiyatning o‘tkinchiligi ko‘rsatiladi, bunga asosiy sabab ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulk va bozor anorxiyasidir. YAngi jamiyat sotsializm va kommunizm bo‘lib, unda ishlab chiqarish vositalari xususiy o‘zlashtirish obъekti bo‘lmaydi.

Sinflar to‘g‘risidagi nazariyada sinfiy ko‘rash masalasi asosiydir, bunda kapitalistlar va ishchilar sinfi xisobga olinadi, uchinchi sinf to‘g‘risida shu narsa aytiladiki,mamlakatning industrlashib borishi tufayli rentaning daromad sifatidagi ahamiyati kamayib boradi.

Kapitalga nisbatan ishchilarni ekspluatatsiya qilish va ishchi kuchi ustidan xokimiyat o‘rnatish vositasi sifatida qaraldi. Kapitalizmdagi va demak, bozor munosabatidagi qarama-qarshilar kapital bilan bog‘lanadi. Undan tashqari kapital tovarni ishchi kuchi bilan birlashtirib,o‘sib boruvchi qiymatga aylanadi. Qo‘shimcha qiymat bilan kapital o‘zaro chambarchas bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Faqat qo‘shimcha qiymat yaratuvchi yoki kapitalning o‘z- o‘zidan o‘sishga xizmat qiluvchi ishchigina unumli bo‘ladi deb baxo beriladi.

Kapitalning organik tuzilishi to‘g‘risidagi g‘oya «yangilik» bo‘lib, asosiy va o‘zgaruvchi kapitalning nisbati -S/V ga tenlashtiriladi. Bundan ekspluatatsiya normasi (qo‘shimcha qiymat normasi)-qo‘shimcha qiymatning o‘zgaruvchan kapitalga nisbati sifatida qaraldi (A. Smit va D. Rikardolarda kapital asosiy va aylanma qisimlarga bo‘lingan). Bu erda asosiy kapital (mashina, asbob-uskuna, xomashyo....) qo‘shimcha qiymat yaratmaydi.

Kapitalning jamg‘arilishi sanoatning markazlashuvi va konsentrasiya bilan bog‘lanadi, bu esa ishsizlik (rezerv) kuchayishiga olib keladi, bunday jamg‘arilishning absolyut, umumiy qonuni deb ataladi.

K.Marksda qiymatning mehnat nazariyasi to‘g‘risida to‘la maъlumot beriladi, qiymatning mehnat sariflari bilan o‘lchanishi birdan-bir to‘g‘ri deb qaraldi. Ammo talab va taklifga ko‘ra, tovar bahosi qiymatga nisbatan oshishi va kamayishi mumkin. «Ishlabchiqarish bahosi» konsepsiyasi ilgari surilib, qiymatga qiyos qilinadi (xarid bahosi bilan tenglashtiriladi). Oddiy tovar ishlab chiqarishda (to bozor iqtisodiyoti) va kapitalizmning dastlabki davrida baxolar qiymat qonuni bilan tartibga solinar ekan. Rivojlangan kapitalistik iqtisodiyotida esa baxo A.Smit buyicha tabiiy baxo, D.Rikarda buyicha ishlab chiqarish bahosi (yoki qiymati), fiziokratlar buyicha zaruriy baxo deb qaraladi. Uzoq muddat davomida ishlab chiqarish bahosi taklifning zaruriy shartidir.

Marksning bu g‘oyasiga Kondratev «mehnat nazariyasining yuqori shakli» deb baxo beriladi. Mark Blaug fikricha, marksistlarning sarashalari shunga borib tatsaladiki, agar biz qiymatning mehnat nazariyasidan boslamasak, kapitalistlar mehnat jarayonida ishtirok etmasdan turib, umumiy mahsulotning bir qismini o‘zlashtirishni isbotlab bera olmaymiz (yaъni ekspluatatsiya manbai yo‘qoladi).


Yüklə 55,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin