2. A.Sen-Simon fransuz xayoliy sotsializmining asoschisi Fransiyada burjua inqilobidan keyin kapitalizm yana tez rivojlandi. Jamiyat oldida doimiy ravishda kundalang bo‘lib qolgan yangi savollarga fransuz mutafakkiri Sen- Simon birinchi bo‘lib javob berishga urindi.
A.K.Sen-Simon Anri Klod de Rebrua Sen-Simon (1760-1825 yy.) Fransiya xayoliy sotsializmining namoyandasi bo‘lib, 1789-1794 yillardagi fransuz inqilobi bilan zamondosh edi.
U aristokratlar oilasidan kelib chiqqan bo‘lib, quyidagi mashxur asarlarning muallifidir: «Sanoat sistemasi xakida», «Inson xakidagi fan ocherklari», «Sanoat yoki siyosiy, maъnaviy va falsafiy muloxazalar», «YAngi xristianlik» va boshqalar.
Sen-Simon maxsus iqtisodiy tadqiqotlarni amalga oshirmadi, balki asosiy eъtiborni ijtimoiy mhammolarga qaratdi. U butun yaxshi jamiyat to‘g‘risidagi umidini aq - idrokka, maъrifatga bog‘ladi; u insonning adl-idrokini tarixiy jarayonning to‘la xokimi va raxbari sifatida bildi, jamiyatni yaxshi tarzda qayta qurish yullarini tashviqot qilishni esa o‘z taъlimoti amalga oshirilishining bosh vositasi deb hisobladi.Fransuz maъrifatparvarlaridan farq qilib, Sen-Simon ishlab chiqarishdagi inson faoliyati, mulkchilik formalari kabi iqtisodiy faktorlarga katta baxo berdi. U «Ilk davr», «Qulchilik», «O‘rta asrlar», «Hozirgi davr» va «Oltin asr»larni alohida ajratib, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarni ko‘rsatib o‘tdi.
«Hozirgi davr» (yaъni XMX asrning ikkinchi yarmi) o‘tish davri deb belgilanib, «...bu davrda, deb yozadi Sen-Simon, olimlar, tadbirkorlar va ishchilardan iborat sanoatchilar shakllanadi, ular qirol xukumati bilan birgalikda odil jamiyatnibarpo etishlari kerak, bu esa o‘z navbatida «Oltin asr»ga kirib kelishni taъminlaydi.»
Sen-Simon o‘zining tarixiy konsepsiyasidan kelib chiqib, hozirgi davrni o‘rganib borish uchun o‘tgan davrga nazar tashlash kerakligini aytib, «uar bir alohida olingan davr muloxazasida juda yuzaki, xatto noto‘g‘ri qisqacha xulosalarlarni beradi, so‘nib borayotgan o‘tmish qoldiqlari tugilib kelayotgan kelajak bilan qorishtirib yuboriladi», deb ko‘rsatadi.
Tarixiyligiga qaramay Sen-Simonning jamiyatning rivojlanish konsepsiyasi idelistik edi, chunki uning asosini fan taraqqiyoti, ong va g‘oyalar ravnaqi tashkil etadi.
Lekin uning idealistik tarixiy konsepsiyasida ayrim materialistik fikrlar ham yo‘q emas. Jumladan, Sen-Simon shaharlar, sanoat va savdoning rivojlanishi burjuaziyaning shakllanishiga sabab bo‘lganligini, iqtisodiy xolat esa, mulkchilikka tobeъ bo‘lgan, o‘ziga xos ijtimoiy-tarixiy formalarni vujudga keltirishini aytib o‘tadi. «Xokimiyat va boshqaruniv belgilovchi qonun xam, - deb yozadi u, - mehnat farovonligini to‘liq taъminlay oladigan mulkchilik va undan foydalanishni belgilovchi qonundek kattaahamiyatga ega emas» (Xaqiqatdaan ham, hozirgi vaqtda respublikamiz va qo‘shni mustaqil respublikalar iqtisodiy taraqqiyotida mulkchilik va mulkchilik formalari xaqida qabul qilingan qonunlar ahamiyati kattaligini eslang).Sen-Simonning bo‘lajak adolatli jamiyati industrial sistema deb nomlanib, u industrial jamiyat yirik sanoat ishlab chiqarishi bazasi asosida rivojlanadi, sanoat - alohida reja asosida, boshqaruv esa yagona industrial markaz orqali amalga oshiriladi deb hisoblagan edi.
Sanoat ishlab chiqarishining taraqqiyoti va mahsulotlarni taqsimlash olimlar tomonidan olib boriladi. Katta tajribaga ega bo‘lgan sanoat kapitalistlari boshqaruvni tashkil qilish bilan mashg‘ul bo‘ladilar, ishchilar esa ishlab chiqarish rejalarini bajarish uchun astoydil mehnat qilishlari zarurdir.
Sen-Simon yangi ijtimoiy tashkilotni vujudga keltirishda, ayniqsa sanoatda anarxiyaga (xokimiyatsizlikka) yul qo‘ymasligiga va reja asosidagi markaziy boshqaruvga katta eъtibor berishni taklif etadi. Sen-Simon qarashlariga ko‘ra, erkin raqobatga asoslangan ijtimoiy tuzum bu tugab borayotgan feodalizmdan yangi ideal jamiyatga o‘tish davridagina emas, balki inqilobiy xarakatlardan xoli tinch va tez surъatlarda ijtimoiy tenglikka asoslangan «industrial jamiyat»ga o‘tish davri hamdir. Adolatli «industrial jamiyat» qurulishi xaqidagi o‘zining muloxazalarida u ilmu-fan va ilg‘or nazariyalarga yuqori baxo berib, bo‘lg‘usi yangiliklarni tarixiy muqarrar deb hisoblaydi. SHu bilan bir qatorda Sen-Simon o‘zining «industrial jamiyat» ida boshqa xayoliy sotsialistlar kabi qarama-qarshi sinflarni yo‘qolib ketishi va xokimiyat tomonidan siyosiy funksiyalarga nisbatan iqtisodiy funksiyalarga katta eъtibor berishini taxmin qiladi. Lekin shuni alohida qayd etish zarurki, xayoliy sotsializmning boshqa barcha vakillardan farq qilib Sen-Simon sotsializmda xususiy mulkchilik bo‘lishini inkor etmaydi, balki aynan xususiy mulkchilik va undan foydalanishni tartibga soladigan qonun zarurligini ko‘rsatib o‘tadi.
SHuningdek, olim o‘z qarashlarida anarxiyaga insonlarga ziyon etkazuvchi boshqaruv deb qarab uni tanqid qiladi. U mavjud o‘zgarishlar tezlik bilan rivojlanib davlatning to‘liq kamolatini taъminlaydi, insonlar esa erishishlari mumkin bo‘lgan tenglik va ayniqsa mul- kulchilikka faqat shu «industrial jamiyat» yordamida etib boradilar deydi. Garchi Sen- Simon yangi ijtimoiy tuzumning xaddan tashqari mujmal manzarasini tasvirlagan, shu jamiyatga borishning noto‘g‘ri yulini ko‘rsatgan bo‘lsa ham, uning baъzi taxminlari katta kelajakka molik edi. U proletariatning nazariyotchisi emas edi va shu sababli uning tarixiy rolini tushunmadi. Ayni vaqtda u ishchilar ahvolining naqadar og‘irligini ko‘rdi. «Mening maqsadim,- deb yozgan edi u, - Evropadagina emas, butun dunyoda ham shu sinfning qismatini engillashtirishdan iborat». U davlatni «odamlarni boshqarish quroli»dan ishlab chiqarishni tashkil etish, fan va sanъat taraqqiyotini taъminlash, yaъni «narsalarni boshqarish quroli»ga aylantirish, tartib, osoyishtalikni nazorat qilishni esa jamoatchilikka topshirish kerak degan g‘oyani ilgari surdi. Sen-Simonning yangi industrial tizimi sotsialistik jamiyat emas edi, chunki unda xususiy mulkchilik, kapital jamg‘arish, bankirlar va tadbirkorlar sinflari hali mavjud edi. Bu esa o‘z navbatida umumxalq mehnatiga asoslangan rejali keng ishlab chiqarishni inkor etadi.
Sen-Simon asarlarining asosini kapitalizmni tanqid tashkil etadi. U ishlab chiqarish va taqsimotdagi anarxiyani, raqobat, halq ommasining qashshoqlashuvi va ishchilarning ayanchli axvoldaligini kapitalizm illati deb hisoblaydi. Olim ishchilar, kapitalistlar va savdogarlarni bir sinf vakillari deb, ularni industriallar deb atadi. Feodal jamiyatining xokim sinflari bo‘lgan dvoryanlar, ruxoniylar va boshqa amaldorlarni esa befoyda, keraksiz sinflar deb hisobladi. SHuni aytish kerakki, Sen- Simon kapitalizmni ilmiy ravishda tanqid qilmadi. U burjua jamiyati buysunishi zarur bo‘lgan iqtisodiy qonunlarni eъtibordan chetda qoldirdi.
Sen-Simon taъlimotlarini tashviqot qilishda uning shogirdlari O.Rodrig,
V.Anfonten va O.Bazarlar katta rol uynadilar. Ular «Sen-Simon taъlimoti» kitobini nashr qildirib, uning nazariy qarashlarini boyitdilar. lekin bu olimlar ham burjuajamiyatining asosiy sinflari va ular o‘rtasidagi sinfiy kurash mohiyatini to‘liq tushunmadilar, natijada 19- asrning 30-yillariga kelib, Sen-Simon maktabi tor doiraga aylandi va tarqalib ketdi. Fransuz xayoliy sotsializmining yana bir yirik namoyandasi Fransua Mari SHarl Furedir (1772-1837 yy.). U Bezanson shaxrida savdogar oilasida dunyoga kelib, butun xayoti mobaynida savdo bilan shug‘ullandi. Bo‘sh vaqtlarida o‘z maъlumotini oshirib, mustaqil ravishda fizika, astronomiya va falsafa fanlari bilan shug‘ullandi, ijtimoiy tadqiqotlarni amalga oshirdi.
SHarl Fure o‘zining «To‘g‘ri xarakat va mushtarak takdirlar nazariyasi», «Umumiy birlik nazariyasi», «Savdo qallobligi xakida», «YAngi sanoat dunyosi va ijtimoiy dunyo» nomli asarlari va qator maqolalarida kapitalistik jamiyatni keskin tanqid qildi va ijtimoiy adolatli jamiyat barpo etish dasturini ishlab chiqdi. Uning tasvirlashicha, inson o‘zi yashayotgan jamiyatning barcha yaramas illatlaridan tozalanishi lozim, shunday ijtimoiy tuzum o‘rnatish kerakki, bu tuzum insonning kamol topishiga, extiroslarini to‘liq namoyon qilishiga, ehtiyojlarini qondirishga imkoniyat bersin. F.M.SH.Fure kishilik jamiyatining tarixiy rivojlanishini o‘rganishga o‘zining katta xissasini qo‘shdi.
Angliya xayoliy sotsializmining vujudga kelishi va rivojlanishi Robert Ouenning (1771-1858 yy.)xayoti va ijodiy faoliyati bilan bog‘liqdir.
R.Ouenning «Jamiyatga yangicha karash yoki xarakterni shakllantirish xakida tajribalar», «YAngi axloqiy dunyo kitobi», «Adolatni almashuv bozori», «Ulug‘ milliy xunar ittifoki» asarlarida uning sotsialistik loyixalari bayon etilgandir. U kapitalistik jamiyatni tanqid qilib, uning halqga qarshi mohiyatini ochib beradi. Barcha mulkni umumning mulkiga aylantiradigan, qashshoqlik yo‘qoladigan, mehnat jafo- zulmatdan baxt-saodatga aylanadigan kommunistik jamoalar tuzish fikriga keldi. SHu maqsadga xalaqit beradigan uchta to‘siq bor deydi u. Bu uchta illat: xususiy mulk, din va burjuacha nikoxdir. Biroq olim kapitalistik taraqqiyotning obъektiv qonunini tushunmadi, sinflar kurashini inkor etdi. YAngi tuzum yangi yul bilan yoki tinch yul bilan suriladi va unga tinch yul bilan utiladi, deb ishondi. R.Ouenning loyixa va ijtimoiy dasturlari fransuz xayoliy sotsialistlaridan farq qilib, ancha aniq va amaliyligi bilan ajralib turadi. U ishchilar mehnatini engillashtiradigan yoshlar va sariyalar mehnatidan tungi ish vaqtida foydalanishni man etgan, rag‘batlantirishni tashkil etgan, u Angliyaning ilk fabrika qonunchiligining asoschilaridan edi. R.Ouen iqtisodiy qarashlarining xarakterli xususiyati shundan iboratki, u burjua siyosiy iqtisodini inkor etgan fransuz xayoliy sotsialistlaridan farq qilib, o‘z nazariyalarini yaratishda Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasiga tayanadi. U Rikardodan keyin qiymatning asosiy manbai deb mehnatni hisobladi. Xususiy mulk bilan bir qatorda mehnat bilan kapital o‘rtasidagi qarama- qarshiliklar sababchisi deb pul hisoblandi.
R.Ouen qiymatning sunъiy o‘lchovi bo‘lmish puldan voz kechib, mehnat xarajatlarining ekvivalenti sifatida «ishchi pullarini» joriy etishni taklif etadi. U kapitalistik ishlab chiqarishni qaytadan tuzib «ishlab chiqarish uyushmalarini» tashkil etishga xarakat qildi.