8-mavzu. Bozor iqtisodiyotiga muxolif-sotsialistik yo‘nalish. (2 soat) Reja 1


XIX asr boshlarida hayoliy sotsializm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari va uning umumiy xarakteristikasi



Yüklə 55,18 Kb.
səhifə2/8
tarix02.01.2022
ölçüsü55,18 Kb.
#37848
1   2   3   4   5   6   7   8
8- маъруза 87db736d565041be2c97976e842a0d1c

1. XIX asr boshlarida hayoliy sotsializm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari va uning umumiy xarakteristikasi
Xayoliy sosialistik g‘oyalarning dastlabki kurinishlarida, yaъni Platon asarlaridan boshlab T.Mor va T.Kompanelli asarlarining barchasida xususiy mulk tanqid qilib kelindi.

Bu olimlar jamiyatni qayta tuzishni taklif qilib nisbatan adolatli, rivojlangan jamiyatni asoslab berishga intildilar. Lekin, bularning barchasi xayoliy sotsializm shakllanishi arafasidagi dastlabki g‘oyalar edi, xolos. Xayoliy sotsializmning xaqiqiy rivojlanish davri XIX asrning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu davrda G‘arbiy Evropa kapitalistik munosabatlar rivojlanib, sinfiy ziddiyatlar oshkor bo‘ldi. Ayniqsa, klassik iqtisodiy maktab vakillarining asosiy asarlarining taъsiri ko‘pgina maktablarga bo‘lgani kabi xayoliy sotsialistlar qarashlariga ham jiddiy taъsir o‘tkazdi. SHuningdek, bu davrda sanoat to‘ntarilishining yakunlanishi va Evropa mamlakatlarida yuz bergan jiddiy iqtisodiy o‘zgarishlar ham xayoliy sotsialistlar A.Sen-Simon, SH.Fure va R.Ouenlar o‘z asarlarida ko‘rsatib, mavjud kapitalizmni ichki xususiyatlarini kengroq ochib berishga intildilar. Bu olimlar guruxi iqtisodiy fan rivojiga katta xissa qo‘shib, ilk bor kapitalistik munosabatlar abadiy emasligini, unda iqtisodiy inqirozlar mavjud bo‘lishini ko‘rsatib berdilar. SHu jumladan ular ham klassiklar kabi texnika taraqqiyotining jadallashuvi, ilmiy kashfiyotlar va jamiyat ishlab chiqarishini umumjahon rivojini iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadi deb hisobladilar. Bundan tashqari, xayoliy sotsialistlar tabiiy tartib konsepsiyasiga amal qilib jamiyat va alohida olingan insonning ideal ijtimoiy to‘zulishi modelini ilgari surdilar. Xayoliy - sotsialistlar klassik iqtisodiy maktab vakillaridan farq qilib, xususiy mulkchilikni va kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini tanqid qiladilar, jamiyatning barcha aъzolariga baxt keltiradigan yangi jamiyat yuzaga keladi, deb ishchilarni ishontiradilar. Ular yangi jamiyat adolatli ijtimoiy tuzum loyixalarini bayon etib isteъmol va taqsimotni qayta tashkil etish bilan cheklanib qolmasdan balki ishlab chiqarishni tubdan o‘zgartirishni taklif qildilar.

SHuningdek, ularning ijtimoiy adolatni targ‘ib qilishga qaratilgan g‘oyalari aynan adolatsizliklardan voz kechishi zarur degan fikrlari asosida nafaqat xayoliy balki bozor iqtisodiyotiga qarshi kurash kurinishini oladi. Va nixoyat, XIX asrning birinchi yarmida ijod dilgan xayoliy sotsialistlar taъlimotlarida bozor iqtisodiyotiga mudobil qarashlari turlicha namoyon bo‘ladi. Bu urinda ushbu maktab vakillarining birinchidan, individual (yakka) faoliyatni kollektiv mehnat faoliyati bilan almashtirish mexanizmini qanday izoxlashlari bilan, ikkinchidan mehnatkashlarni jamoa tashkilotlariga birlashish tamoyillari xususiyatlarini qay tarzda tushuntirishlarida o‘z aksini topadi.

Yüklə 55,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin