8.1-rasm. Tavakkalchilikka moyil bo’lmagan holat. 2.Tavakkalchilikka befarq qaraydigan inson shunday inson hisoblanadiki, kutiladigan daromad berilganda, u kafolatlangan natija bilan tavakkalchilik bilan bog’liq natijalarni tanlashga befarq qaraydi. Tavakkalchilikka neytral qaraydigan inson uchun o’rtacha foyda muhim hisoblanadi. O’rtacha qiymatga nisbatan chetlanishlar bir-biri bilan qisqarib, umumiy chetlanishlar nolga teng bo’lgani uchun ham ushbu chetlanishlar uni qiziqtirmaydi. Tavakkalchilikka befarqlik koordinata boshidan chiqadigan to’g’ri chiziq sifatida ifodalanishi mumkin (8.2-rasm). Daromadning bir tekisda o’zgarishi umumiy naflikni to’g’ri chiziq bo’yicha o’sishga olib keladi.
3. Tavakkalchilikka moyil bo’lgan inson, shunday inson hisoblanadiki, kutiladigan daromad berilganda u kafolatlangan natijaga ko’ra tavakkalchilik bilan bog’liq natijani ustun ko’radi.
8.2-rasm. Tavakkachilikka befarqlik. Tavakkalchilikka qiziqadigan inson undan bahra oladi. Bunday turdagi insonlarga o’z taqdirini sinab ko’rishdan bahramand bo’lish uchun barqaror daromaddan voz kecha oladigan insonlar kiradi. Ular yutish ehtimoliga yuqori baho berib yuboradilar. Tavakkalchilikka moyillik grafigi keskin sur’atda ortib borayotgan parabola grafigi orqali ifodalanishi mumkin (8.3-rasm).
8.3-rasm. Tavakkalchilikka moyillik. Hayotda va umuman barcha bozor sub’ektlari tavakkalchilikni e’tiborga oladi. Ko’chalardagi, bozorlardagi har xil firibgarlar tavakkalchilikka moyil insonlar hisobidan boylik orttirsa, sug’urta kompaniyalari tavakkalchilikka moyil bo’lmagan insonlarni yo’qotishlarini kamaytirishga xizmat qiladilar.
Tayanch iboralar Noaniqlik, kutiladigan miqdor, tavakkalchilikka munosabat, diversifikatsiyalash, sug’urtalash, tavakkalchilikni taqsimlash, tavakkalchilikni qo’shish, asimmetrik axborot, ma’naviy tavakkalchilik, bozor signallari, tavakkalchilik aktivlari, tavakkalchiliksiz aktivlar, auktsion.