Test metodi. Test–inglizcha so’z bo’lib, sinash, tekshirish, demakdir. Shaxsning aqliy o’sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo’llanadigan qisqa standart masala, topshiriq, misol, jumboqlar test deb ataladi. Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallashi mumkinligini, kasbga yaroqliligini yoki yaroqsizligini, iste’dodlilar va aqli zaiflarni aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo’llanadi. Test metodining qimmat tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig’ilgan psixologik ma’lumotlarning ob’yektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishga bog’liqdir. 1905 yildan, ya’ni fransuz psixologi A.Bine va uning shogirdi A.Simon insonning aqliy o’sish va is’tedod darajalarini o’lchash imkoniyati borligi g’oyasini olg’a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo’llana boshlandi.
Hozirgi darvda nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozentsveyg, Kettel, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzeng, Anastaze, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa erishish (maqsadga yetish) testlar (ular darslandan berilgan va bilim, malaka darajalarini baholashga qaratilgan), intellektual testlar (aqliy rivojlanish darajasini o’lchashga mo’ljallangan), shaxs testlari (inson irodasi, emosiyasi, qiziqish, motivasiyasi va xulqini baholashga yo’naltirilgan diagnostik usullradan iboratdir). Shaxs “loyihasi” (proyektiv) testlari (savollarga bitta aniq javob berish talab qilinadi, javoblarni tahlil qilib shaxs xususiyatining “loyihasi” ishlab chiqiladi) kiradi.
Tajriba (eksperiment) metod. Bu metod turli yoshdagi odamlar (chaqaloq, bola, o’spirin, balog’atga yetgan va qarilar)ning psixikasini chuqurroq, aniqroq tadqiq qilish metodlari ichida eng muhimi hisoblanadi. Esperiment metod yordamida sun’iy tushunchalarning shakllanishi, nutqning o’sishi, favqulotda holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilish, jarayonlari, shaxsning his-tuyg’ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o’rganiladi. Inson psixikasining nozik ichki bog’lanishlari, munosabatlari, qonuniyatlari, qonunlari, hossalari, murakkab mexanzmlari tekshiriladi.Buning uchun eksperiment materialini tekshiruvchi sinchkovlik bilan tanlashi, ob’yektiv tarzda har xil holat va vaziyatlarni yaratish, bunda sinaluvchining yoshi, aql-idroki, xarakter, xususiyati, his-tuyg’usi, qiziqish va saviyasiga, turmush tajribasiga, ko’nikma va malakalariga e’tibor berish lozim.
Dostları ilə paylaş: |