8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: Estetik anglash tushunchasi va uning individual xarakteri



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/28
tarix01.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#170803
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
8-mavzu

Uyg‘onish va ma’rifatchilik davrida
«Tenglikni shunday o‘rnatish lozim: katta 
bo‘lak yaxlit holda shunday nisbatda bo‘lsinki, kichik bo‘lak katta nisbatidan kelib 
chiqsin» degan «Oltin kesim» g‘oyasi paydo bo‘ldi. Bu g‘oya me’morchilik 
asariga g‘oyat mos bo‘lib tushadi. «Oltin kesim» ta’limotida go‘zallik narsalarning 
tashqi tabiiy tomonlariga e’tibor qaratiladi. Ularning nuqtai nazaricha, go‘zallik 
sifatiga nafaqat tabiat hodisalari, balki adolat, mardlik, saxovat, donishmandlik, 
kabi yaxshi insoniy xislat va fazilatlar ham kiradi
Didro esa go‘zallikning ichki mazmundorligi, san’at asarlariga nisbatan ifoda 
kuchi haqida fikr yuritib, go‘zallik bilan go‘zallikni baholash o‘rtasida sub’ektiv 
omil muhim o‘rin tutishini ta’kidlaydi. 
Kapitalizmda
– xususiy mulk hukmronlik qiladi, barcha narsa «Hamyonning 
kattaligi» bilan o‘lchanadi. Go‘zallik manfaatdorlik, qulaylikning sinonimi sifatida 
qo‘llanilgan. Ayni paytda kapitalizmda texnika mo‘‘jizalari, a’lo sifatli buyumlar, 
go‘zal magistrial yo‘llar, muxtasham binolar yaratildi 
Estetik ong va uning tuzulishi. e
stetik ong ob’ektiv dunyoga nisbatan bo‘lgan inson 
estetik munosabatining sub’ektiv tomonidir. e
stetik ong ma’naviy 
– ruhiy voqea-
hodisalar majmui bo‘lib, ular ijtimoiy hayot zaminida vujudga keladigan estetik 
his, estetik did, estetik fikr, estetik orzu, estetik qarash, estetik nazariya tizimini 
anglatadi. 
Estetik ong axloqiy ong bilan birga diniy ongdan oldinroq paydo bo‘lgan. 
Dastlabki estetik ong odamlarning moddiy faoliyatidagi asoslar bilan chambarchas 
bog‘liq bo‘lgan. Keyinchalik estetik his-tuyg‘u, did va orzular ijtimoiy hayotdan 


nisbiy mustaqillik kasb etgandir. Bora-bora estetik ong sohasiga san’atning ta’siri 
kuchli bo‘lgan.
San’at ma’lum darajada estetik ongning ifoda kuchiga va namoyon bo‘lish 
jarayoniga, ayni paytda u jamiyat hayotida estetik ongning eng muhim omiliga 
aylanadi. estetik ong ijtimoiy ongning ba’zi shakllaridan orqada qoladi. M: Siyosiy 
etuklikning yuksak darajasiga ko‘tarilgan ayrim davlat arboblari estetik did va 
qarashlari jihatidan orqada qolishi mumkin. Ba’zi olimlar to‘g‘risida ham shu 
fikrni aytish mumkin. Yoki estetik ongi kuchli, lekin axloq jihatdan tuban 
odamlarni ham hayotda uchratish mumkin. estetik ong vorisiylik xususiyatiga ham 
ega. estetik ong ijtimoiy hayot in’ikosi bo‘lib, jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi.
Jamiyat taraqqiyotida biror jabha yo‘qqi, u estetik did, orzu va qarashlardan chetda 
qolgan bo‘lsa. Siyosat, axloq, din, falsafa, fan- bularning hammasi estetik ong 
bilan chambarchas bog‘liq. estetik ong e
stetik faoliyat
jarayonida shakllanadi va 
qaror topadi. estetik ong estetik faoliyat mahsulidir.
Estetik ong badiiy ong bilan chambarchas bog‘liq. estetik ong voqelikni butun 
borligicha idrok etib, qayta ishlash jarayonida vujudga kelsa, badiiy ong san’atni 
yaratish va idrok etish jarayonida namoyon bo‘ladi. Badiiy ong badiiy asarlar 
tizimida ifodalansa, estetik ongni aks ettirish, qo‘llash ancha keng bo‘lib, 
odamlarning muhit faoliyatida, uning natijalarida, ddiy a ma’naviy madaniyatining 
barcha qadriyatlarida ifoda topadi. 
Estetik his-tuyg‘u 
– (kechinma) – olam garmoniyasini, go‘zallikni predmetlar va 
voqelik hodisalarini, hunuklikni bevosita idrok etish va sezish qobiliyatidir. 
Ko‘rish va eshitish – bu his etishning o‘tkazgichi va organlari bo‘lib xizmat qiladi. 
Ammo har qanday ko‘z ham go‘zallikni ko‘ra olmaydi. Balki insondagi 
rivojlangan ko‘z va quloq, ya’ni go‘zallikning formasi chiziqlari, proportsiyasi, 
tovushlarini farqlashga qodir bo‘lgan ko‘z va quloqlar estetik his-tuyg‘uni, 
shakllantirishga xizmat qila oladi. 
Estetik tuyg‘u – bu «Musiqiy quloq, go‘zallikni his qiladigan ko‘z, qisqasi, 
insonlarcha, lazzatlanishga qobiliyatli bo‘lgan hislar-tuyg‘ulardir..» Bunday 
rivojlanishga insonning tabiat bilan muloqotda bo‘lish jarayonida, mamlakatda, 
san’at asarlari bilan tanishish yo‘li orqali mashq va his qilish organlarini 
tarbiyalash tufayli erishiladi.
Estetik tuyg‘u – insonning turli xil holatini – shodligi, hayajoni, azobi, g‘azabi, 
qayg‘usini to‘g‘ri idrok etish va ifodalashga yordam bo‘lib xushaxloq qiladi., 
yuksaklikka ko‘taradi. estetik tuyg‘uni shavqat ko‘z yoshlari, kulgu, hayajonlanish, 
qalbning ichki kechinmalari so‘zsiz ham bayon eta oladi. Ko‘pincha biz o‘zimizga 
«nima uchun, nimadir yoqishi yoki yoqmasligini tushuntira olmaymiz, balki estetik 
tuyg‘ularimiz hissiyotgagina amal qilib, buni go‘zal yoki xunuk deb ataymiz.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin