Go‘zal, ijobiy his-tuyg‘u uyg‘otadigan narsani ko‘rsatish ancha oson. Lekin o‘sha
narsa nima uchun go‘zal ekanini tushuntirib berish qiyin.
Aflotun fikricha
: go‘zallik vujudga kelmaydi va barbod bo‘lmaydi,
balki u vaqt
va makon tashqarisida amal qiladi. Go‘zallik tuyg‘usidan yuqoriroq tabiatga molik
bo‘lgani uchun his tuyg‘u vositasida anglash mumkin bo‘ladi.
Gegel ta’biricha:
Mutloq ruh-g‘oya go‘zallikning namoyon bo‘lishidir. His-
tuyg‘u qobig‘iga ega bo‘lgan mutloq ruh- g‘oya, ya’ni porlab turgan narsagina
go‘zaldir. San’at go‘zallikning asl makonidir. Gegel
simmetriya tushunchasiga
katta e’tibor beradi. Uningcha simmetriya qoidasiga binoan,
shunday narsa
go‘zalki, agar undagi tug‘ma belgilar to‘la tarzda namoyon bo‘lsa; shunday daraxt
go‘zalki, agar undagi tug‘ma belgi (olma, anjir, anor)lari to‘la va bevosita ko‘rinsa.
Shunday inson go‘zalki, agar unda yaxshi insoniy fazilatlar va sifatlar
mujassamlashgan tarzda ifodalansa.
Arastu: go‘zallikni
moddiy olamning moslik, aniqlik, hamohanglik,
mezon-
o‘lchovlik kabi miqdorli va makonli tavsiflari bilan bog‘lab mushohada qiladi..
«Garmoniya» asosida go‘zallik zaminida inson va narsaning bir-biriga muvofiqligi,
loyiqligi, mosligi aqidasi yotadi... «o‘ta kichik narsa go‘zal bo‘la
olmas edi,
chunki, juda oz vaqt ichidagi tasavvur qorishib ketadi.
Go‘zallik –
bu voqelik (tabiat, jamiyat, san’at) hodisasi bo‘lib, biror narsaga his-
tuyg‘u orqali ta’sir o‘tkazish bilan insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar
oqimining ko‘payishiga,
shodlik zavqlanish, ma’naviy qoniqish vujudga kelishga
imkon yaratayotgan jarayondir.
Go‘zallik
ijtimoiy ahamiyatga molik hodisadir. Go‘zallik hamisha foydali, lekin u
alohida turdagi foyda –
u avvalo, insonga, jamiyatga, tarao‘o‘iyotga ma’naviy
foyda keltiradi. Go‘zallik inson erkinligining ramzidir.
Dostları ilə paylaş: