8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: Estetik anglash tushunchasi va uning individual xarakteri



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/28
tarix01.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#170803
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
8-mavzu

San’atda go‘zallk. San’at 
- inson jasoratining go‘zalligini uning oliyjanobligini
fidoyiligini aks ettiradi. San’at tabiat va insonni hao‘o‘oniy yuksak badiiy formada 
aks etirsa, yuksak ideallar uchun kurashsa, u go‘zal bo‘ladi. San’at sotsial 
yovuzlikni, tubanlikni, razillikni ham fosh etadi. San’at hayotning xunuk jihatlari 
va hodisalarini tasvirlash bilan bizni go‘zallikka chorlaydi. 
Xunuklik. 
Hayot halok qilgan tarao‘o‘iyotga to‘siq bo‘lgan, insonni mayib qilgan 
nimaiki narsa va hodisa bo‘lsa, uni xunuklik tushunchasi bilan ifodalaganlar. 
Go‘zallik va xunuklik qarama - qarshidir. Ijtimoiy hodisalar, insonning yaramas va 
qoloq odat hamda xususiyatlari xunuklikning go‘zallikdan farqini bildiradi: 
- boshqalar hisobiga yashash uchun harakat qiladigan tekinxo‘r ham; - hamma 
joyda faqat o‘zini o‘ylaydigan va boshqa kishilarga beparvo qaraydigan 
shaxsiyatparast ham; -xalqlarning do‘st va birodarlik munosabatlarining 
go‘zalligini his qilmaydigan millatchi ham
 xunukdir.
Xunuklik xilma-xil ko‘rinishga ega. U bezorilik hatti-xarakatida ham, qo‘pollikda 
ham, insonning hayotiy manfaatlarining chegaralanganligida ham ko‘rinishi 
mumkin. Hayot go‘zalligini qaror toptirish uchun kurashni xunuklikning barcha 
ko‘rinishlariga qarshi kurashdan ajratib bo‘lmaydi. 
Ulug‘vorlik. 
Ulug‘vorlik insonga his-tuyg‘uni ta’sir etuvchi, uni quvonch va 
hayratga soluvchi kuchdir. Ulug‘vorlik tuyg‘usining manbai – dahshat yoki shunga 
o‘xshash tuyg‘ular qo‘zg‘atadigan barcha narsalar, voqea – hodisalardir. Go‘zallik 
singari ulug‘vorlik ham qo‘pol, sof foyda ma’nosidagi manfaatdan holi bo‘lib, 
hamma uchun umumiy ahamiyatli, maqsadga muvofiqlik va zarurlik tasavvurlarini 
o‘zida mujassamlashtirgandir. 
Agar go‘zallik sifatida olingan qoniqish orqali vujudga kelsa, ulug‘vorlikning 
zaminida miqdor tasavvurlari yotadi.


Gegelning ta’kidlashicha, eng qadimiy Misr qabr ustidagi yodgorliklari – 
piramidalar birinchi navbatda o‘zlarining ulkanligi bilan odamlarning hayratga 
soladi, ayni paytda ularni qurish uchun qancha vaqt sarflanganligi, uni ko‘pgina 
matonatli inson kuchlari qurganligi haqida fikr-mulohaxazalar bildiriladi. 
Chernishevskiy: - Oddiy shamoldan bir necha yuz marta kuchli bo‘ron 
ulug‘vordir,- pastkash hisob-kitob va intilishlardan yuz karra kuchli bo‘lgan sevgi 
ulug‘vordir, deb ta’kidlaydi. 
Ulug‘vorlik ko‘lami go‘zallik ko‘lamidek cheksizdir. U tabiatda, jamiyatda inson 
faoliyatida namoyon bo‘ladi. ulug‘vorlik odamlarni faol harakatga, o‘zlaridagi 
ijodiy imkoniyatlarni ishga solishga rag‘batlantiradi. Tabiatda baland tog‘lar, 
qudratli shar-sharalar, cheksiz okeanlar, moviy dengizlar, tubsiz osmon ulug‘vorlik 
timsollari bo‘lib, ular ulkanlik, buyuklik, keng ko‘lamlik, tuganmaslik jihatda 
umumiylikka ega. Tabiatda ulug‘vorlik insonni zaiflikka emas, balki undagi tabiat 
bilan qo‘shilib ketishga intilish hissini uyg‘otadi. Ulug‘vorlik hissi (o‘zicha estetik) 
hayratlanish, ehtirom, tan berish tuyg‘ularini qamrab oladi. Bularga ba’zida 
qo‘rquv hissi ham qo‘shiladi, qo‘rquv hissini insonni kamsitmaydi, balki 
to‘siqlarni engib o‘tishda turtki bo‘ladi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin