8-mavzu. Estetika nazariyasi Reja: Estetik anglash tushunchasi va uning individual xarakteri



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/28
tarix01.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#170803
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
8-mavzu

Dizaynning estetik mohiyati. 
Dizayn
- bu ishlab chiqarishda rassomlar, ”dizaynerlar” tomonidan bo‘lajak buyum 
loyihasining yaratilishini ham o‘z ichiga oladigan estetik faoliyatning turi, hamda 
ijod natijasi. estetik sifatga ega bo‘lgan tayyor sanoat buyumi. Predmetlar 
tartibsizligiga barham berish va predmetlar olamini tartibga keltirish texnika 
estetikasi va dizayn nazariya va amaliyotining vazifasidir. 
Har qanday texnika shakliga dizayn tomonidan quyiladigan asosiy talab- bu 
foydalilik, qulaylik va go‘zallikdir.
Masalan: dastlabki avtomobil shakl jihatidan oddiy bo‘lib, qadimgi ekipajni 
eslatgan. Uning havo qarshiligiga kamroq uchraydigan, o‘qlarining past tushishi 
kabi sifatlari bilib olingandan so‘ng, bizni bugungi kunda zavqlantiradigan va 
ko‘zimizni quvontiradigan o‘sha dinamik shakli yaratilgan. 
Hozirgi zamon avtomobilining go‘zalligini uning amaliy vazifasidan ajratib 
bo‘lmaydi.Yaqin kelajak texnikasi yana mukammalroq va go‘zalroq mashinalar 
yaratadi. Buning guvohi qudratli kemalar va laboratoriyalarda ranglar tanlab, 
operatorlik posti signalizatsiyasini soddalashtirib, dizayner unga yangi, go‘zal 
qiyofa beradi. Dizayn bilan avtomobil, samolyot, teploxod, tsex, zavodning ichki 
salonini jihozlash mumkin. 
 


Moddiy ishlab chiqarish, ilmiy ijod va estetik faoliyat. 
Moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalarida estetik faoliyat mavjud. U mehnat 
sharoitlarini ham, mehnat samaradorligini ham qamrab oladi. 
Mehnat insonni jismoniy va ma’naviy kuch-qudratini, mohiyatini ko‘proq 
ifodalasada, uning estetik ahamiyati shunchalik ko‘proq ortib boradi. Zo‘ravonlik, 
kuch, majburlash asosida mehnat insonni nafosatdan uzoqlashtiradi.
Mehnatning estetik jihatidan to‘laqonli bo‘lishi, birinchi navbatda ob’ektiv 
omillarda, qolaversa ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining umumiy va 
estetik madaniyati darajasiga bog‘liqdir. Ishlab chiqarish muhitining estetik 
jihatlarini vujudga keltirish, unga «Ma’naviy qadriyat» maqomini berish dizayn 
(sanoat estetikasi) ga oid rasm, chizmalar, modellar, bezaklar vositasida ham 
amalga oshiriladi. Dizayn- badiiy texnik faoliyat turini yaratishdir. Inson badiiy 
texnik faoliyatining xususiyati va qonuniyatlarini ochib berish texnika estetikasi 
bo‘lmish dizaynning vazifasidir.
Har bir texnika o‘zining estetik jihatidan go‘zalligi bilan kishilarda ko‘tarinki 
kayfiyatni vujudga keltiradi. Ayni paytda texnika estetikasi ham mavjud bo‘lib, u 
asosan san’atning o‘zaro ishlab chiqarish jarayoniga ishtirokida, ya’ni ular 
o‘rtasidagi umumiylik va farqlar, texnikaning estetik jihozlanishi va estetik qiymati 
kabi muammolar tahlili bilan estetik faoliyatga amal qiladi.
Sanoat estetikasida muxandislik, ilmiy va badiiy faoliyat birgalikda namoyon 
bo‘ladi. Sanoat estetikasi moddiy ishlab chiqarish muhitini estetik qayta qurishga, 
uni insonning manfaatlari va ehtiyojlariga mos keltirishga xizmat qiladi.
Sanoat keng iste’mol mahsulotlaridan tortib, nodir dastgohlar va asboblarni 
loyihalash 
va 
yaratish 
ishida 
turli-tuman 
kasb 
egalari, 
muhandislar, 
boshqaruvchilar, ruhiyatshunoslar, jamiyatshunoslar qatnashadilar Bu erda 
dizaynchi-musavvirga estetik qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar va mehnat 
qurollarini yaratish burchi yuklangandir. Ishlab chiqarishda ishlab chiqaruvchi 
bilan iste’molchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni uyg‘unlashtirib turish 
dizaynchining eng muhim vazifasidir. Dizaynchi birinchi navbatda ishlab chiqarish 
sohasida imkon qadar iste’molchi manfaatlari tomonida turadi. Ikkinchidan u 
iste’molchi ehtiyojlarini faol shakllantirib va uyg‘unlashtirib boradi. Bu erda 
dizaynchining madaniyati, estetik didining tabiati va mazmuni hal qiluvchi 
ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin