Fojialilik va kulgililik. Yolg‘iz insonga xos his-tuyg‘u. Faqat ijtimoiy
munosabatlar jarayonida namoyon bo‘ladi. Ular bir-biriga zid tushunchalar, ayni
paytda ular bir-birining mag‘ziga singib, birinchisi ikkinchisiga o‘tib turadi. Xalq
iborasida: «fojialilikda kulgililikkacha masofa bir qadamdir» deyiladi. Shekspir
asarlarida fojiali va kulgili tomonlar, shu qadar chirmashib ketganki, ularni birini
ikkinchisisiz anglash qiyindir.
Fojialikda noqonuniy hayotning chuqur ziddiyatlari va to‘qnashuvlari: hayot va
o‘lim, ozodlik va zarurat, aql va tuyg‘u, qonun va burch, shaxsiy va ijtimoiy
xususiyatlar namoyon bo‘ladi. M.Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi»,
«Mirzo Ulug‘bek» asarlari fojiaviy asarlardir.
Arastu: fojiali his-tuyg‘u murakkab tarkibga ega bo‘lib, u achinish, qo‘rquv va
shodlikning o‘ziga xos qorishmasidan iborat. Bu erda qahramon azob-uqubatlariga
achinish uning mudhish taqdiridan qo‘rquv, ruhiy poklanishidan shodlanish ko‘zda
tutiladi. Agar shunday holat (poklanish) sodir bo‘lmasa, tomoshabin dilxasta bo‘lib
chiqib ketsa, demak poklanish amalga oshmagan bo‘ladi.
..Halokat bilan tugallansa ham, bari-bir qayg‘u va tushkunlik emas, balki yashash
va kurash istagi, bu kurashda o‘zining halok bo‘lishini bilib turgan insonning
mag‘rur qiyofasi gavdalanadi.
Inson ulug‘vorligini tarannum etish hammadan ham ko‘proq va yorqinroq san’at
fojia turida o‘z ifodasini topadi.
Kulgililik. Arastu kulgulilikni xunuklik va go‘zallik o‘rtasidagi ziddiyat ifodasi
desa, Kant : - kutilayotgan voqeaning ahamiyatliligi va natijaning arzimasligi deb
ta’kidlaydi. Gegel: - mohiyati jihatidan pastkash, soxta, ahamiyatsiz va shakli
jihatining ahamiyatli jarayonini kulgulilik desa, Bergson: - bexosdan sodir bo‘lgan
va jonli muloqot natijasini kulgu deb ataydi.