poklik, go‘zallik tarzida ifodalanadi. San’at yaxshi va yomon hodisalarni ibrat qilib
ko‘rsatish orqali axloqiy poklikka, rahm – shafqatga, dardkashlikka, axloqiy
kamolotga da’vat etadi.
Ikkinchidan, estetik baholashda odatda, axloqiylik yoki axloqsizlikning har qanaqa
ko‘rinishi emas, balki eng kuchli va to‘liq ko‘rinishlari ifoda qilinadi.
Uchinchidan, estetika bilan axloqni bir-birlariga shuning uchun ham tenglashtirish
mumkin emaski, axloqiy kategoriyalar va baholarni tabiat hodisalariga nisbatan
ishlatib bo‘lmaydi. Holbuki, jonli va jonsiz tabiatning hammasi – estetika uchun
tabiiy va zaruriy doiradir.
Estetika va sotsiologiya ham bir biri bilan chambarchas bog‘liq.Ijtimoiy voqea va
hodisalar hamda jarayonlarning uslubiy asosi hisoblangan umumsotsiologiya
nazariyasi estetikaning ham ilmiy–nazariy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Sotsiologiya
ijtimoiy voqea hodisalarning xususiy, alohida, nisbiy mustaqil sohalari: ya’ni
siyosat, davlatlar, millatlar, san’at turlari va ko‘rinishlarini qamrab olgan holda
estetika va badiiy ijod jarayonlarining ayrim jabhalari bilan uzviy bog‘liqlikda
namoyon bo‘ladi. Aniq sotsiologik tadqiqotlar orqali olinadigan dastlabki ijtimoiy
axborotlar (ma’lumot, bilimlar) estetik va badiiy faoliyat jarayonlarini ham qamrab
oladi.
Estetika umumsotsiologik nazariyaga tayangan holda o‘zining g‘oyaviy
mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy yo‘nalishlari va maqsadlarini
shakllantiradi. Sotsiologiya san’at bilan jamiyat o‘rtasidagi turli tuman aloqalarni
tadqiq etadi.
Estetika va sotsiologiya o‘rtasidagi farqlar shundaki, birinchidan, estetika nafaqat
go‘zallik va san’at bilan, balki voqelikni estetik o‘zlashtirishning barcha
shakllariga taalluqli bo‘lgan sotsiologik masalalar echimi bilan ham shug‘ullanadi.
Ikkinchidan, estetik mo‘ljal hamisha san’at xususiyatlarini ochishga qaratilgan
bo‘ladi. San’at sotsiologiyasining asosiy vazifasi esa umumsotsiologik
qonunlarning san’at sohasida amal qilishidir. Masalan, san’at sotsiologiyasining
tushunchasi «Jamiyatning badiiy hayoti» tushunchasi sof estetikadan ko‘ra ko‘proq
sotsiologiyaga taalluqlidir.
Estetika va ruhiyatshunoslik. Voqelikka estetik munosabatning barcha tomonlari
estetik did, estetik his-tuyg‘u, badiiy ijod, estetik idrok qilish jarayonlarining
hammasi ruhiyat mezoni bilan o‘lchanadi. Chunki estetika u yoki bu darajada
insonning ruhiy, his-tuyg‘u holatini ifodalaydi.
Ruhiyatshunoslik estetik munosabatlarning barcha tomonlarini jumladan, badiiy
ijod va idrok jarayonlarini amaliy va nazariy jihatdan tadqiq etadi. Ayni paytda
estetika fani inson ruhiy hayotining eng murakkab va nozik tomonlarinni, qamrab
oladi. estetikaning tarkibiy qismlarini psixologiya fani erishgan yutuq va
xulosalaridan keng foydalanmasdan turib tasavvur etib bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: